Iqtisodiy sohada — bu:
milliy boylikning ko'payishini ta'minlaydigan barqaror, rivojlanib boruvchi
iqtisodiyotni barpo etishni;
ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich
shakllantirishni;
mulk egalari huquqlarining davlat yo'li bilan himoya qilishini ta'minlash va
barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
iqtisodiyotni o'ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashkilotlarning mus-
taqilligini kengaytirishni, davlatning xo'jalik faoliyatiga bevosita aralashuvi-
dan voz kechishni bildiradi.
Ijtimoiy va ma'naviy sohada — bu:
Sovet davrida qattiq zarbaga uchragan milliy ma'naviyatni qayta tiklashni;
o'zbek tilini rivojlantirishni;
hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror topdirishni;
ijtimoiy adolat qoidalarini ro'yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlam-
lari — keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko'p bolali oilalar, o'quvchi-
yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo'lgan kafolatli
huquqlarini ta'minlashni;
odamlarning iste'dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma'naviy mulkni himoya qilishni bildiradi.
29. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyili to`g`risida ma`lumot bering?
1993 yilda Islom Karimovning «O'zbekiston — bozor munosabatlariga o'tishining o'ziga xos yo'li» risolasi nashr qilindi. Unda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish haqida shunday deydi: “O'zbekiston o'zi uchun tanlab olgan yo’l ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko'p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir. Ayni mana shunday yo'l O'zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an'analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma'naviy axloqiy kamol topishini ta'minlashi mumkin”
Dostları ilə paylaş: |