28. Taraqqiyotning “O'zbek modeli” to`g`risida nimalarni bilasiz?
О‘zbekistonda ijtimoiy yо‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga о‘tish modeli Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Besh tamoyilini о‘z ichiga olgan bu modelning mazmuni va mohiyati Prezidentning 1993 yilda nashr etilgan «О‘zbekiston — bozor munosabatlariga о‘tishning о‘ziga xos yо‘li» nomli asarida asoslab berildi. Bu yо‘l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «о‘zbek modeli» deb qabul qilindi.О‘zbek modelini ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xо‘jalik imkoniyatlari, shart – sharoitlari, eski tuzumdan meros bо‘lib qolgan muammolar hisobga olindi.
Mamlakat prezidenti l.Karimov o'zining «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» asarida yangilangan jamiyatda yashovchi kishining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo'llarni ko'rsatib berdi.
Siyosiy sohada — bu:
xalq ham bevosita, ham o'z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to'liq ishtirok etishi lozimligini;
hokimiyat bo'linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;
Sovet davridan qolgan jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni;
barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini ta'minlashni;
-bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
-demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida ko'ppartiyaviylikni shakllantirishni;
-O'zbekistonda tug'ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligi va e'tiqodidan qat'iy nazar respublikaning fuqarosi bo'lishga erishishni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |