O`zbekistonning eng yangi tarixi


O‘zbekistonda parlament tizimi islohotlar to`g`risida ma`lumot bering



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə25/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
TARIX SESSIYA

37. O‘zbekistonda parlament tizimi islohotlar to`g`risida ma`lumot bering.

Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr – 1991–1994-yillar, ikkinchi davr – 1995–2004-yillar, uchinchi davr – 2005-yildan hozirgi paytgacha.


- Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik palatasida 150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi.
- Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 nafar el-yurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi.

  • Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan,

  • «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan,

  • «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan,

  • «Milliy tiklanish» partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari tashkil etildi.

  • 2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning strukturasi va funksiyalari.
1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
- Unga muvofiq ravishda O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi.

  • Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi.

  • 1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi.

  • Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 1993-yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi (yangi tahriri 2003-yil) Qonuni asosida olib boradi.

  • Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati Oliy Majlisning qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.

- 2003-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» degan ikkinchi qismi olib tashlandi.
- O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladigan bo’ldi. Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydigan bo‘ldi.

  • Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari nomzodlari avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi.

  • Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

  • Hozirda Vazirlar Mahkamasining tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi kiradi.




Yüklə 179,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin