19. O‘zbekistonda milliy, huquqiy va demokratik davlatga zamin yaratilgan muhim qadamlarni izohlab bering.
O‘zbekistonda milliy, huquqiy va demokratik davlatga zamin yaratilgan muhim qadam O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq birinchi sessiyasida (1990 yil 24-mart) ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Deputatlar I.Karimovni O‘zbekiston SSRning Birinchi Prezidenti qilib sayladilar. 1990 yili 20-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq 2-sessiyasida “Mustaqillik deklaratsiyasi” qabul qilindi. Bu deklaratsiya O‘zbekistonning mustaqillik uchun tashlagan muhim va zurur qadami bo‘ldi. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning kirish qismida “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat maqsadi, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”, - deb yozib qo‘yildi. Mazkur hujjat O‘zbekiston SSR qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Ayni paytda, O‘zbekiston Konstitutsiyasini tayyorlash maqsadida 64 kishidan iborat komissiya tuzildi. Komissiya oldiga bir qator vazifalar qo‘yildi.
20. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning kirish qismida keltirilgan so`zlarning mazmunini aytib bering.
1990 yili 20-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq 2-sessiyasida “Mustaqillik deklaratsiyasi” qabul qilindi. Bu deklaratsiya O‘zbekistonning mustaqillik uchun tashlagan muhim va zurur qadami bo‘ldi. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning kirish qismida “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat maqsadi, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”, - deb yozib qo‘yildi. Mazkur hujjat O‘zbekiston SSR qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi.
Dostları ilə paylaş: |