46. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini takomillashtirish to`g`risida nimalarni bilasiz?
1992-1996 yillarda non va go‘sht mahsulotlari, sut, qand-shakar, o‘simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transnort xizmatlari uchun dotatsiyalar qisman saqtab qolindi. Shu tufayli daromad darajasi turlicha bo‘lgan oilalar bulardan bir qadar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ayni vaqtda respublikada iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimiga o‘tishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Yangi tizimning mohiyati ichki narxlarni jahon narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholining daromadlarini shunga muvofiq ravishda oshirishni ko‘zda tutadi.
Milliy valyutani muomalaga kiritish, uning ichki almashuvini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlarning ko‘rilishi ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Nogironlar va qariyalarni sog‘lomlashtirish ularning sanatoriya va kurortlarda dam olishlarini tashkil etish borasida ham ma’lum ishlar amalga oshirildi. Masalan, keyingi yillarda shu toifadagi 35 ming kishi yiliga dam olish uydaridan va sanatoriyalarda davolanib qaytmoqdalar.
1995 yilda ijtimoiy qimoyaga ajratilgai mablagning 51 foizi oilalarga ularning farzandlariga ikki yoshga to‘lgunlaricha parvarish qilish uchun ajratildi. 1996 yil 1 apreldan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalar uchun nafaqalar ota-onasining va umuman oilaning daromadlari miqdoridan qat’i nazar, barcha oilalarga to‘lana boshladi.
1997 yil sentabr oyidan boshlab, har yili 1 sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi kam ta’minlangan oilalarning boshlangich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi.
1998 yilda 36 % bolali oilalar nafaqa olishdi. O‘rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga deyarli 1483 so‘mga to‘gri keladi yoki (1996 yilga nisbatan) besh barobar o‘sdi. 1998 yilda mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari orqali Respublikadagi 700 ming yoki umumiy oilalarning 11,8 foiziga kam ta’minlangan uchun moddiy yordam ko‘rsatildi. Ko‘rsatilgan moddiy yordam miqdori har oilaga xisoblaganda har oyda 1730 so‘mdan ortiq tashkil etadi.
1995 yil, 20 dekabrda qabul qilgan «Aholining omonatlardagi va davlat sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish to‘g‘risida»gi Farmoni ana shunday insonparvar siyosatning yorqin dalili bo‘ldi. Farmonga binoan 1992 yilning yanvariga qadar jamg‘arma bankiga pul qo‘ygan millionlab fuqarolarning mablag‘lari yana qadrlandi. Farmon asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur Farmon va qaror vatanimizda yashayotgan bironta keksayu yoshni befarq qoldirmadi. 5 milliondan ortiq omonatchilar, o‘z pullarini qaytarib oladigan bo‘ldi.
«2007–2010-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qaror.
«Nuroniy» jamg‘armasi hisobidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga, faxriylarning davolash maskanlariga, «Saxovat» va «Muruvvat» uylariga dori-darmon vositalari yetkazib berildi
Viloyat shifoxonalari qoshidagi kasalxonalarda jamg‘armaning viloyat bo‘limlari hamda mahalliy hokimliklarning amaliy yordami tufayli tashkil etilgan nogironlarni bepul davolovchi «Nuroniylar xonalari» faoliyat ko‘rsatmoqda.
2015-yilda Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2015-yil «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilindi.
I.Karimov aholini uy-joyli qilish masalasining yechimini toppish maqsadida 1989–1990-yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa yerlari berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009yil 3-avgustdagi «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: |