O`zbekistonning eng yangi tarixi


Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar – jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlar to`g`risida ma`lumotlar bering



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə37/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
TARIX SESSIYA

50. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar – jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlar to`g`risida ma`lumotlar bering.

BIZ XALQNI NOMI BILAN EMAS, BALKI MADANIYATI, MA’NAVIYATI ORQALI BILAMIZ, TARIXINING TAG TOMIRIGACHA NAZAR TASHLAYMIZ” I.A.KARIMOV


HAR BIR SUVEREN DAVLAT O‘ZINING BETAKROR TARIXI VA MADANIYATIGA EGADIR. BU TARIX, BU MADANIYATNING HAQIQIY IJODKORI, YARATUVCHISI ESA XAQLI RAVISHDA SHU MAMLAKAT XALQI HISOBLANADI” SH.M.MIRZIYOEV.
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining muhim sharti va kafolati hisoblanadi. Mustaqillikka erishganimizning dastlabki kunlaridanoq jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi deb belgilandi.
Boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan bobolarimiz milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat bo‘yicha nishonlandi.
Bobokalonlarimizning ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari mamlakat va xalqaro miqyosda keng nishonlandi:
1991 yil ― Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
1993 yil ― Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi;
1993 yil ― Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi;
1994 yil ― Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;
1995 yil ― Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi;
1996 yil ― Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
1998 yil ― Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi;
1998 yil ― Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999 yil ― Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi;
2000 yil ― Burhoniddin Marg‘inoniyning 910 yilligi;
2000 yil ― Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi;
2000 yil ― Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
2003 yil ― Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligi;
2004 yil ― Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi Prezident Farmoni bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi.

  • Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yilligi

  • 1999 yilda “Alpomish” eposining 1000 yilligi,

  • 2001 yilda “Avesto” yaratilganining 2700 yilligi,

  • 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi,

  • 2002 yilda Shahrisabz shahrining 2700 yilligi,

  • 2006 yilda Qarshi (Nasaf) shahrining 2700 yilligi,

  • 2006 yilda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi,

  • 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi,

  • 2007 yili Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi,

  • 2009 yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi keng miqyosda nishonlandi.

Bugungi kunda respublikada 7476 ta moddiy madaniy meros ob’ekti mavjud. SHundan, 7123 tasi davlat mulki, 353 tasi xususiy mulk hisoblanadi. Jumladan, 4308 ta arxeologiya, 2079 ta arxitektura ob’ekti, 694 ta mahobatli san’at asari, 395 ta diqqatga sazovor joy bor. Milliy fondlarimizda esa 2,5 milliondan ziyod muzey ashyolari, 100 mingdan ortiq yozma asarlar saqlanadi.
Madaniy meros bo’ektlarini muhofaza qilish maqsadida 2018 yil 19 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinmoqda.



Yüklə 179,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin