O`zbekistonning eng yangi tarixi


Harakatlar strategiyasining dastlabki natijalari to`g`risida fikringizni bildiring



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə45/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
TARIX SESSIYA

Harakatlar strategiyasining dastlabki natijalari to`g`risida fikringizni bildiring.



2019-yilda Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Hukumat hisobotlarini har chorakda eshitish amaliyoti joriy etildi.Byurokratiyaga qarshi kurashish natijasida davlat xizmatlarini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar soni 2 baravar (167 tadan 79 tagacha) qisqartirildi. 4 yil ichida “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar soni 10 baravar (16 tadan 157 tagacha) oshirildi.
“Iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish” yoʻnalishida amalga oshirilgan islohotlar bir qator soliqlar stavkalarini kamaytirish imkonini berdi. Shuningdek, davlat fondlariga ajratmalar va sugʻurta badallari ham bekor qilindi, soliq tekshiruvlari turlari esa 13 tadan 4 tagacha qisqartirildi. 2017-2020-yillar mobaynida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 1,4 barobar oshdi, inflyatsiya darajasi 18,8 foizdan 11,1 foizga pasaytirilgani taʼkidlandi.
Aholi turmush darajasi oshdi, sogʻliqni saqlash tizimi mustahkamlanmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimida katta oʻzgarishlar roʻy berdi. 2016-yilda 5,2 mingta bolalar bogʻchasi faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2020-yilda ularning soni 18,3 mingtaga yetdi. 2020-yilda maktabgacha taʼlim bilan bolalarni qamrab olish darajasi 2016-yildagi 27,7 foizdan 61 foizga oshdi.Oliy taʼlim tizimida ham katta natijalar qoʻlga kiritildi. 80 dan ortiq yangi oliy oʻquv yurti tashkil etildi, xorijiy oliy oʻquv yurtlarining 20 ga yaqin filiali ochildi, 10 ta xususiy oliy oʻquv yurti oʻz faoliyatini boshladi. Pedagog va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etish amaliyotiga barham berildi.Mamlakatda qashshoqlikni kamaytirish boʻyicha ham faol ish olib borilmoqda: uning darajasi 2000-yildagi 28 foizdan 2020-yilda 11 foizgacha pasaydi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar kasb-hunarga oʻqitish, ishga joylashish va moliyaviy yordam shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.Yalpi majlis ishtirokchilari “Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish” yoʻnalishi xususida Oʻzbekiston birinchi marta diniy masalalar boʻyicha “alohida tashvish uygʻotuvchi” mamlakatlar roʻyxatidan chiqarilganini, qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstona va oʻzaro manfaatli aloqalar mustahkamlanganini, chegaralar va suv-energetika resurslaridan foydalanish masalalari hal etilganini taʼkidladilar.Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 86 ta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim amal qilmoqda (2016-yilda bu koʻrsatkich 9 tani tashkil etgan), respublika xalqaro reytinglarda bir necha pogʻonaga koʻtarildi.




  1. Yüklə 179,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin