Beshta tashabbus va ularning yuksak ma'naviy madaniyatni ta'minlashdagi o'rni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 3 aprel kuni yoshlar talim-tarbiyasi uchun qoshimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora- tadbirlarni oz ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari boyicha yigilish otkazdi.Jumladan,uchinchi tashabbus aholi va yoshlar ortasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019-2020 yillarda tuman va shaharlarda Raqamli texnologiyalar oquv markazi tashkil etish va ularda bepul talim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha obektini yuqori tezlikdagi internet tarmogiga ulash kozda tutilmoqda.Yigilishda aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarni togri tarbiyalab, ularni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish boyicha korsatmalar berildi.Yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ular ortasida kitobxonlikni keng targib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasi tortinchi tashabbus maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan. Unga kora, har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar yetkazib berish kozda tutilgan. Shuningdek, axborot-kutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalari ochish ham belgilangan.Beshinchi tashabbus boyicha hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini taminlash chora-tadbirlari dasturi loyihasi tayyorlangan.
O'zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bo'yicha davlat siyosati.
1989-yilda Madaniyat vazirligi qoshida mamlakat millatlararo Madaniyat Markazi tashkil etildi. Uning tarkibida 12 ta, jumladan Qozoq, Koreys, Arman, Ozarbayjon, Tojik madaniyat markazlari fa-oliyat ko'rsata boshladi.
Vaqt o'tgani sayin ularning soni orta bordi. Xususan, 1995-yilga kelib mamlakatda ularning soni 80 tadan oshdi.
Mustaqillik yillarida Baynalmilal madaniyat Markazi tomoni-dan amalga oshirilgan ishlarning yana bir yo'nalishi bu 1994-yili boshlangan birinchi «Xalq ijodiyoti» festivali bo'ldi. Bu festival O'zbekiston Mustaqilligining uch yilligi munosabati bilan tashkil etildi va uni har ikki yilda bir marta o'tkazishga qaror qilindi. 2008-yilga kelib yurtimizda turli millat va ellatlarni birlashtirgan 140 dan ziyod milliy-madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Ulardan 13 tasi respublika miqyosidagi tashkilot maqomiga ega. Rus, ukrain, koreys, turkman, qozoq, uyg'ur, nemis, polyak markazlarining hudu-diy bo'linmalari ham ishlab turibdi.
O'zbekistonda aholining ko'p millatli bo'lishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omili sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.
Xususan, mamlakatimizdagi davlat ta'lim muassasalarida o'qitish etti tilda olib boriladi. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o'z ko'rsatuvlarini o'n ikki tilda namoyish etmoqda, o'ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi qoshida 138 ta milliy madaniy markaz, bundan tashqari, 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi.