O`zbekistonning eng yangi tarixi


O`zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillarning o`rni



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə44/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
TARIX SESSIYA

59. O`zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillarning o`rni.

O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati xalq manfaatlari yo`lida xizmat qilishga, xalq turmushi, farovonligini yaxshilashga yo`naltirilgan. Shuning uchun xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarda iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikamizga ilg’or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, qo`shma korxonalar qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha qabul qilingan HARAKATLAR STRATЕGIYASI ni qabul qildi.


Prezidentimizning mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi, davlatning tashqi siyosatini aniq belgilab beruvchi g’oyalaridan iborat bo`lgan Harakatlar strategiyasining beshinchi bo`limi muhim rol o`ynaydi. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, vazmin, o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar. Demak bunga ko`ra, Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash sohasidagi ustuvor yo`nalishlar quydagicha:

  • O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;

  • axborot xavfsizligini ta`minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o`z vaqtida va munosib qarshilik ko`rsatish;

  • fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;

  • davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;

  • atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;

  • favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.

Chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo`nalishlar:

  • davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o`rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O`zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo`shnichilik muhitini shakllantirish;

  • O`zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to`g’risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish;

  • O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

  • davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.




  1. Harakatlar strategiyasi”ning ustuvor yo`nalishlari.

2017-2021 yillarda O’zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar stratеgiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirildi:


- aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kеlayotgan fuqarolar va uy- joy sharoitini yaxshilashga muxtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipotеka krеditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish;
- aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqdarini qurish, tеjamkor va samarali zamonaviy tеxnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda;
- aholiga transport xizmati ko’rsatishni tubdan yaxshilash, yo’lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostantsiyalarni qurish hamda rеkonstruktsiya qilinmoqda;
- yo’l infratuzilmasi qurilishi va rеkonstruktsiya qilinishini davom etgirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish, xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlashdan chiqarilmoqda;
- yangi elеktr enеrgiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modеrnizatsiya qilish, past kuchlanishli elеktr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elеktr enеrgiyasi hamda boshqa yoqilg’i- enеrgiya rеsurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdеk, qayta tiklanadigan enеrgiya manbalaridan foydalanishni kеngaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda;
Harakatlar stratеgiyasida maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlari ham bеlgilangan.




  1. Yüklə 179,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin