O`zbekistonning eng yangi tarixi


Milliy istiqlol g'oyasi va uning asosiy g’oyalari



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə46/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
TARIX SESSIYA

Milliy istiqlol g'oyasi va uning asosiy g’oyalari.



Istiqlol mafkurasi – millat va davlatning mustaqil rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan gʻoyaviynazariy qarashlar tizimi. I. m. istibdod mafkurasi va amaliyotiga qarshi, ozodlikka intilish zarurati tufayli paydo boʻladi. Uning asosiy vazifasi ozod va erkin taraqqiyot yoʻlidagi olijanob maqsadlar atrofida xalqni birlashtirish, ulkan bunyodkorlik ishlariga safarbar etish, unda gʻoyaviy immunitet, mustaqillikka erishguncha xalqning orzu, maqsadini ifodalash, keyin esa mustaqillikni mustahkamlash omili hisoblanadi. Ozodlik yoʻlidagi intilishlar qonga botirilganini koʻrsatuvchi misollar jahon xalqlari tarixida koʻplab topiladi. I. m. olgʻa surgan hayotbaxsh qarashlar hech qachon izsiz ketmagan, bu qarashlar yangi sharoit va vaziyatlar vujudga kelganda mustaqillik uchun kurashni tay-yorlashga xizmat qilgan. Mustaqillik-ka erishgandan keyin I. m.ning maz-muni mustaqillik davri oldida turgan yangicha vazifalarda yorqin namoyon boʻladi. Bu davrda u mustaqillikning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, huqu-qiy va maʼnaviy asoslarini mustah-kamlashni gʻoyaviy jihatdan taʼminlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Mamlakatimiz xalqi ongida "Oʻzbekiston — yagona Vatan" degan tushunchani qaror toptirish I. m.ning muhim va-zifalaridan biridir. I. m. yurtimizda istiqomat qilayotgan turli xalq va millat vakillarida yagona vatan farzandi ekanligi bilan faxrlanish tuygʻu-sini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekistonning I. m. istibdod illatlariga barham berish, mustaqillik, ozodlik va bunyodkorlik kabi qad-riyatlarning maʼnosini chuqur anglab yetish, uni odamlarning qalbi va ongiga singdirish, jamiyat hayotida ogohlik, hamkorlik, milliy totuvlik muhitini taʼminlashni oʻzida ifodalaydi



  1. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarni tiklanishi.



Istiqlol sharofati bilan xalqimizning milliy-ma’naviy merosini tiklash va yangilash hamda xalqimiz ongiga yetkazish va turmushiga singdirish muhim vazifalardan biri sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish “Navro‘z” bayramining xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo‘ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda Prezident farmoniga ko‘ra, 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Qadimiy xalq bayrami – Navro‘zning tiklanishini respublikamizning butun aholisi mamnuniyat bilan ma’qullab, ko‘tarinki ruhda kutib oldi va hozirda ham ardoqli bayram sifatida nishonlamoqda. «Navro‘z» bayrami shodiyonalari
O‘zbekiston hali sovetlar qaramog‘ida turgan og‘ir kunlarda Islom Karimov xalq xohish-irodasiga quloq tutib, unutilmas tarixiy hujjatga imzo chekdi. 1990-yil 2-iyun kuni “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi to‘g‘risida”gi farmonini e’lon qildi.
Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma’naviy va madaniy qadriyat sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko‘rildi. Jumladan, 1990-yilda musulmonlarning Haj ziyoratiga borishini kafolatlaydigan Prezidentning maxsus farmoni qabul qilindi. 1992-yil 27-martda O‘zbekiston Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish
kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra musulmonlar hayotidagi qutlug‘ sanalar – Qurbon va Ramazon hayit kunlarini doimiy ravishda bayram qilish va ularning
dam olish kunlari deb e’lon qilinishi ham aynan xalqimiz ko‘nglidagi ish bo‘ldi.
Mustaqillik sharofati bilan “Islom nuri” haftanomasi, “Hidoyat” jurnali dunyoga keldi, ko‘plab diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi. Jumladan, Imom Buxoriyning to‘rt jilddan iborat, Imom Termiziyning bir jildli hadis kitoblari, boshqa allomalarning qator asarlari yuz minglab nusxalarda chop etildi. Qur’oni Karim sakkiz marta, jami bir million nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob yurtimizda ilk bor 1992-yil Alouddin Mansur tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va uch marta, jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi.




  1. Yüklə 179,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin