O`zbekistonning eng yangi tarixi


O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi to`g`risida ma`lumot bering



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə43/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
TARIX SESSIYA

58. O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi to`g`risida ma`lumot bering.

O`zbekiston Respublikasi o`z tarixida birinchi marta 1992 yil 2-martda jahon hamjamiyatining to`la, teng huquqli sub`ekti sifatida BMTga qabul qilindi. O`zbekiston BMT Nizomi, xalqaro huquqiy me`yorlar, davlatlararo muomala qoidalari, shuningdek, BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlarning talablariga rioya qilishini bildirdi. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Asambleyasining 1993 yilda bo`lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma`ruzalari O`zbekistonni jahonga ko`hna va navqiron yosh davlat sifatida namoyon etdi. 1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ta`sis etildi


va ish boshladi.
O`zbekiston Respublikasi va BMT raxbarlarining sa`y-harakatlari natijasida bugungi kunda respublikamizda BMT vakolatxonasi, mamlakatimizda BMTning taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bo`yicha oliy qo`mita komissari, jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, aholi joylashish jamg`armasi, narkotiklarni nazorat qilish dasturi, bolalar jamg`armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni o`z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo`ldi. O`zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustaxkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo`yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot - Yevropada Xavfsizlik va hamkorliklik tashkilotiga a`zo bo`lib kirdi.
I.A.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo`lib o`tgan YEXHT majlisida ishtirok etishi, unda nutq so`zlashi va Kengashning 10 iyulda bo`lgan majlisiga raislik qilishi O`zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallayotganligining dalilidir.
O`zbekiston Respublikasi ham o`zining tashqi siyosatida milliy, mintaqaviy xavfsizlik masalalariga jahon xavfsizligining tarkibiy qismi sifatida alohida e`tiborini qaratib kelmoqda. Ma`lumki, 1991 yil 7 dekabrda Belovej o`rmonida bo`lib o`tgan uchrashuvda SSSR o`rniga Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) tuzilgan edi. Boshqa mustaqil respublikalar boshliqlari singari, O`zbekiston rahbariyati ham ish bitib bo`lganidan keyin undan xabardor qilindi. Shunday bo`lsada, O`zbekiston rahbariyati MDHga kirishga qaror qildi.
MDH davlatlari boshliqlarining 1992 yil may oyida Toshkentda bo`lib o`tgan uchrashuvida O`zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan kollektiv xavfsizligi to`g’risida shartnoma to`zildi. Bu shartnomani olti mamlakat rahbarlari imzoladilar. MDH davlatlari o`rtasida davlatlararo iqtisodiy qo`mitaning tuzilishi bu mamlakatlar o`rtasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirishda muhim bosqich bo`ldi.



Yüklə 179,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin