63
XULOSA
Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o`zgarishlarni
amalga oshirish
jarayonida, jamiyat a`zolarini, demokratik tafakkur va milliy g’oya ruhida
tarbiyalash vazifalarini bajarishda biz yuqorida ko`rib chiqdik, muzeylarning
ahamiyati ortib bormoqda. Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma`naviyatini
uning tarixi o`ziga xos urf-odat va an`analari, hayotiy qadriyatlardan ayri holda
tasavvur etib bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasidagi
muzeylar va tarixiy
me`moriy yodgorliklar millatning madaniy uyg’onishi, milliy g’oyani targ’ib etish,
xalq ongida milliy g’urur va qadriyatlarni kuchaytirishda, mustaqillik g’oyalariga
sodiqlik hissiyotini, demokratiya va taraqqiyotga ishonchni mustahkamlashda
muxim rol o`ynaydi.
Bu borada prezident Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz barkamol kishi
bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi”, “Tarix-
xalq ma`naviyatining asosidir”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”, “O`zlikni anglash
tarixni bilishdan boshlanadi”, “Inson uchun tarixdan judo bo`lish-hayotdan judo
bo`lish demakdir” degan ahamiyatga molik so`zlari muzeylar va muzey xodimlari
uchun dasturamal bo`lib xizmat qilmoqda
35
.
Ajdodlarimizdan meros qolgan nodir-noyob eksponatlarni asrab –
avaylashimiz, asrlar osha salobat to`kib bizgacha etib kelgan me`moriy
obidalarimizni, arxeologik yodgorliklarimizni
himoya qilishimiz, shuningdek,
ikkinchi jahon urushi davri, azob-uqubatlari, xalqlarimizni
matonatli jasoratlari
bosib o`tgan hayot yo`llarini atroflicha o`rganishimiz hamda kelajak avlodlarga
etkazishdek muqaddas ishlarni amalga oshirishimiz zarur.
Mustaqilligimiz sharofati tufayli mamlakatimizda insonni e`zozlash, milliy va
ma`naviy qadriyatlarimizni tiklanishiga katta e`tibor qaratilmoqda. Shu jumladan
Namangan viloyat hokimligining bevosita rahbarligi ostida viloyatning “Ikkinchi
jahon urushi”ga, “Qatog’on qurbonlarini yod etish”ga oid yo`nalishlarni o`rganish,
urush ishtirokchilarining hayot yo`lini jangovor ishlarini umumlashtirish,
tiklash
35
Karimov.I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va tarqqiyot yo`li. -T.: O`zbekiston, 1992. -B.71.
64
bo`yicha keng ko`lamli, xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda ayniqsa
viloyat “Xotira va qadrlash uyi” ilmiy xodimlari O`zbekiston Respublikasi
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi bilan hamkorlikda olib
borayotgan ishlari diqqatga sazovordir.
Vatan tarixi, xotirasi aynan muzeylarda aks etadi. Respublikamizda faoliyat
olib borayotgan 80 dan ortiq davlat muzeylari turli toifalarda va turli yo`nalishlarda
bo`lib, bugungi kunda xalqimiz va turli mamlakatlardan
tashrif buyurgan
ziyoratchilarning ham ma`naviy, ham ma`rifiy jihatdan ongini, ruhiyatini
boyitishda muhim amaliyot kasb etmoqda
36
.
2008 yil “Muzeylar to`g’risida”gi Qonun qabul qilindi.
Bu esa muzey
xodimlari faoliyatini yanada jonlantirish bilan birga mas`uliyatini ham oshirdi.
Muzey xodimlari faoliyati, muzeylarga oid bukletlar, kitoblar, suratlar ko`rgazmasi
tashkil etib borilmoqda. Umuman axolini, o`quvchi yoshlarni tarbiyalashda
muzeylarning roli beqiyosdir. Chunki barcha eksponatlarda tarixiy jarayon,
ajdodlar nafasi bor. Ular qoldirgan ma`naviyat,
boy merosni avaylab-asrash,
avlodlarga etkazish esa muqaddas burchimizdir.
Ushbu bitiruv ma`naviy ish mavzusining tahlili, shunday xulosalarga
kelishimizni va shu yuzasidan quyidagi taklif va istaklarni keltirib chiqardi:
- Mustabid- sovet davrida muzeylarining ijobiy jihatlaridan tashqari salbiy
tomonlari ham kuzatildi. Muzeylarning rivojidagi etakchi o`rin mutaxasislar emas,
kompartiya va uning rahbarlari egalladi. Muzeylarning asosiy yo`nalishlari xalqni
kommunistik ruhda tarbiyalashdan iborat bo`ldi. Ma`muriy yodgorliklar (masjid va
madrasalar) ombor, yotoqxonalar va boshqa narsalarga aylantirildi va hakazo.
- O`zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishgach, muzey ishiga davlat
siyosati darajasida e`tibor qaratildi.
- Muzeylarni ixtisoslik bo`yicha malakali kadrlar bilan ta`minlash zarur;
36
Baxriddinov O. Muzeylar-tariximiz guvohi // Namangan haqiqati. 2004, 10 mart.
65
- ba’zi viloyatlardagi muzeylarning moddiy texnika bazasi eski holatda
ekanligi achinarli. Hozirgi zamon muzeylari rivojidan orqada qolgan. Uning
iqtisodiy holatini mustahkamlash zarur.
- O`quv yurtlari yoshlari bilan muzeyda aniq maqsadli
tadbirlar risolalari
ishlab chiqilishi va uni amalga oshirish zarurdir.
- Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari hayotini aks ettiruvchi suratli risolalar,
bukletlar tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir.
- Muzeyda o`quvchi yoshlar uchun alohida to`garaklar joriy etilsa o`zining
ijobiy natijasini berishi hozirgi kun talabidir.
Dostları ilə paylaş: