56
bitta umumiy belgiga ega – ular yagona metodik asos-ekskursion metod asosiga
quriladi.
Muzeyga kelgan guruh bilan ekskursovodning bevosita muloqoti ekspozitsion
metodning asosiy xususiyati hisoblanadi. Bu muloqot jarayonida, muzey
ekspozitsiyasi bazasida muzeyning ta`limiy va tarbiyaviy vazifasi amalga
oshiriladi.
Ekskursion metod asosida ko’rgazmali idrok, muzey ob`ektining jonli ifodasi
yotadi. Muzeyda qo’llaniladigan «qarash bu xali ko’rish degani emas» degan
aforizm bor. Bu aforizm ekspozitsion metodning asosiy vazifasini eslatib turadi.
Bu vazifa «ko’rishga» o’rganish, ya`ni tomoshabin bilan ekspozitsiyani va uning
aloxida elementlarini tomosha qila turib uning asosiy xususiyatlarini ajrata olishga,
undagi axborotni egallay bilishga o’rgatishdir.
Ekskursiya ekskursovod va tomoshabinlar guruhining hamkorlikdagi ishidir.
Guruhlarning qanday tarkibda bo’lishidan qat`iy nazar ekskursovodning vazifasi
guruhning har bir asosini muzey ostonasidan qadam bosib o’tgandan so’ng o’ziga
xos dunyoga, o’zining unsiz tilida buyuk tarixiy voqealar haqida hikoya qiluvchi
tarixiy manbalar va yodgorliklar dunyosiga tushib qolganligiga ishontirish kerak.
Ekskursovod bilimli, e`tiqodlili, nutq madaniyatini yaxshi egallagan va tashqi
ko’rinishli bo’lishi lozim.
Muzey tomonidan o’tkaziladigan ekskursiyalar turli-tumandir. Ekskursiyalar
quyidagilarga qarab ajratiladi: o’tkazish joyi va ko’rsatish ob`ektiga qarab,
tematikasining xarakteri; maksadli vazifasiga qarab; ekskursion guruhlar tarkibiga
qarab.
O’tkazish joyi va ko’rsatish ob`ekti:
a) muzey ichida: ekspozitsiya, vistavka, fond saklovi.
b) me`morchilik, tarixiy, madaniy yodgorliklar.
v) kompleks ekskursiyalar.
Dostları ilə paylaş: