O‘zbekistonning ma'naviy yangilanishida muzeylarning tutgan o‘rni


Mustaqillik davrida O‘zbekistonda muzeylar va muzey ishi



Yüklə 456,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix16.12.2022
ölçüsü456,84 Kb.
#75717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ui5rRzYqgaHdwB6CngKZ1EtZlUJi3Gp5t7iPkYdv

1.2. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda muzeylar va muzey ishi. 
Xalqimiz qadim zamonlardan beri o‘z tarixining shonli sahifalariga oid noyob 
osori atiqalarini asrab-avaylab keladi. Ulug‘ insonlar, tabarruk allomalar hamda 
xalq qahramonlaridan esdalik bo‘lib qolgan buyumlar, tarixiy manbalar 
afsonalarga aylanib, avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyinchalik, masalan, 
temuriylar davrida saroylarda, boshqa xazinalarda shunday noyob buyumlarni bir 


24 
joyga to‘plab, aziz mehmonlarga namoyish etish odat tusiga kira borgan. 
Tarixchilarning asarlarida hazrat Sohibqiron Amir Temur vafotidan so‘ng uning 
qurol-aslahalari, sovg‘alar va qator harbiy o‘ljalari maqbara ichiga qo‘yilganligi 
hamda bu narsalar haqida ziyoratchilarga so‘zlab berilganligi qayd etiladi. 
Maqbaraga qo‘yilgan har bir buyum nodir tarixiy va madaniy yodgorlik hisoblanar 
edi. Mamlakatimiz madaniy hayotida shu davrdan boshlab muzeylar faoliyati 
shakllana boshlagan desak bo‘ladi. Buxoro amiri Abdul Ahadxon saroyida tarixiy 
buyumlarni mehmonlarga namoyish etadigan maxsus xonalar bo‘lgan. Bu xonalar 
“Moziygoh” deb atalib, tom ma'noda hozirgi muzey tushunchasiga to‘g‘ri keladi. 
Shuningdek, Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz saroyida ham shunday 
“Ajoyibxona” bo‘lgan.
“Mamlakatimizning uzoq uch ming yillik buyuk davlatchilik tarixi shundan 
dalolat beradiki, har doim ham o`zbek yurti o`zining betakror iqtisodiy salohiyati 
bilan tabiiy ravishda ko`plarni o`ziga rom etib kelgan. Keyingi bir yarim asr 
mobaynida xalqimiz o`zining behisob iqtisodiy-moddiy, madaniy-ma`rifiy 
boyliklaridan judo bo`ldi”
16
. Biroq, mazkur tazyiqlarga, yo`qotishlarga 
qaramasdan, o`zbek xalqi asl o`zligini saqlab qola bilganligiga ham tarix guvohlik 
beradi. Shu davrlarda xalqimiz tarixini aks ettiruvchi ko`plab noyob osori 
atiqalarimiz talon-taroj qilinib, yurtimizdan tashqariga tashib ketildi. Sho`rolar 
davriga kelib muzeylarimiz kommunistik mafkurani targ`ib etadigan siyosiy 
o`choqlarga aylantirildi. 
Mustaqillik tufayli o`zbek xalqi o`z qaddini rostladi, uning xalqaro nufuzi kun 
sayin ortib bormoqda. Dunyo mamlakatlarining turli millat va xalqlarning 
O`zbekistonga, o`zbek xalqiga munosabatining o`zgarishi bu – ildizlari asrlar 
qa`riga, ko`hna tarixiga tutashgan taqdirimizga bo`lgan ehtiromdir. 
Mamlakatimiz mustaqillik davriga qadam qo`ygandan beri hayotimizning 
barcha sohalari kabi muzeylar faoliyatida ham katta tarixiy o`zgarishlar sodir 
bo`ldi. 
16
Kuryazova D. O`zbekistonda muzey ishi tarixi. -T.: San’at, 2010. –B.72. 


25 
O`zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha 
jabhalarida bo`lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o`tmish merosimizni 
o`rganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targ`ib etish borasida ham tub 
burilish yasadi. Mustaqillik yillarida diyorimizda bunyod etilgan turli muzeylar 
shubhasiz ana shu ezgu niyatlarni ro`yobga chiqarish borasida muhim qadam 
bo`ldi, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. 
Mustaqil vatanimizda milliy o‘zlikni tiklashga alohida e'tibor berilmoqda. 
Zero, bizning yurt ajdodlarining tarixda ko‘rsatgan buyuk xizmatlarini xolis 
o‘rganish va targ‘ib etish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Sobiq sho‘rolar davrida faqat «Qizil imperiya» mafkurasiga xizmat qilgan 
muzeylar endilikda milliy o‘zlikni anglashga xizmat qilib kelmoqda. 
Mustaqillik davrida muzeylar ishiga alohida e'tibor berilmoqda. Buning bir qancha 
omillari bor: 
Birinchidan, mustamlakachilik yillarida ongimizdan o‘chirib tashlangan milliy 
tuyg‘ularni qayta tiklash; 
Ikkinchidan, milliy g‘urur, milliy ongni yuksaltirish uchun unutilgan 
tariximizni qayta tiklash; 
Uchinchidan, ajdodlar xurmatini joyiga qo‘yish, yosh avlodni ajdodlar nomi 
va merosi bilan faxrlanishga o‘rgatish, milliy g‘ururini yuksaltirish, buyuk 
an'analarning davomchisi etib tarbiyalash; 
To‘rtinchidan, milliy qadriyatlarimiz bizga demokratik, xuquqiy, qudratli 
O‘zbekiston davlatini barpo etish uchun «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat» 
g‘oyasini ro‘yobga chiqarish uchun kerak; 
Beshinchidan, 
milliy 
qadriyatlarimiz 
mamlakatimizning 
jahon 
hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod Vatan 
qoldirish uchun kerak. 
Ushbu yo‘nalishlarga Prezidentimiz asarlarida qayta-qayta to‘xtalib 
o‘tilmoqda. Ana shu maqsadlar hukumat siyosiy tadbirlarida o‘z ifodasini 
topmoqda. 1998 yil 12 yanvarda «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va 


26 
takomillashtirish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni e'lon qilindi. Farmonda asosan O‘zbekiston hududida qadimdan 
shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning 
xalqning ma'naviy - axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini oshirish, muzey 
fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimizning boy tarixini mustaqilligimizning 
odimlarini aks ettiruvchi, noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o‘rganish, 
boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ‘ib qilish, ulardan xalqimizning 
ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini 
kuchaytirish yo‘lida keng foydalanish, muzeylarning zamon talablariga mos yuqori 
malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, moddiy 
— texnika bazasini 
mustahkamlab, jahon muzeyshunosligi tajribalarini qo‘llashga zarur sharoitlar, 
chora-tadbirlar — Madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshida muzeylarni qo‘llab 
quvvatlovchi «O‘zbekmuzey» jamg‘armasi tashkil etildi. Bu jamg‘arma muzeylar 
fondlarida yillar davomida saqlanib kelayotgan xalqimizning boy tarixidan 
guvohlik beruvchi noyob nodir eksponatlarni avaylab asrash, ularni ilmiy 
tomonlarini o‘rganish, ta'mirlash, yangi eksponatlar bilan muzey zallarini boyitish 
bilan shug‘ullanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli 
muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv 
xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta'limi tizimida 
1200 dan ortiq muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari poytaxtimizda joylashgan. 
Shu bilan birga, o‘nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san'at 
arboblari uy muzeylari mavjud. 
Bu muzeylar xalqimizning uzoq tarixidan hikoya qiluvchi, moziydan sado 
beruvchi ma'naviyat maskanlari bo‘lib, milliy mafkura va tafakkurni 
rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g‘urur va iftihorni yuksaltirishda ulug‘ 
qadamjolar bo‘lib qolmoqda
17

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Muzeylar faoliyatini tubdan qo‘llab 
quvvatlash masalalari to‘g‘risida»gi 5 mart 1998 yil 98-sonli qarori 
17
Kuryazova D. O`zbekistonda muzey ishi tarixi. -T.: San’at, 2010. –B.91. 


27 
«O‘zbekmuzey» jamg‘armasiga, O‘zbekiston muzeylar jamoatchilik kengashining 
xalqaro muzeylar kengashi — IKOMga a'zo bo‘lganligini hisobga olib, 
O‘zbekiston muzeylariga har tomonlama yordam ko‘rsatish vazifasi topshirildi. 
Ushbu qarorda mamlakat muzeylarini ta'mirlash, zarur texnik vositalar va 
zamonaviy asbob —uskunalar bilan jihozlash hamda mablag‘ bilan ta'minlash 
vazifalari yuklatilgan. 
Mazkur qarordan ilhomlangan «O‘zbekmuzey» xodimlari qator ishlarni 
amalga oshirmoqdalar. Mavjud barcha o‘zbek muzeylari fondidagi eksponatlarni 
yagona ro‘yxatini tuzish, eksponatlarni doimiy himoya qilish sharoitlarini 
yaxshilash, saqlanayotgan eksponatlarning qat'iy nazoratini ta'minlash, 
ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlardagi muzeylarda 
saqlanayotgan tariximizga va ma'naviy boyligimizga oid osori-atiqalarni, 
shuningdek, qadimiy qo‘lyozmalarni ro‘yxatga olish, ularni xalqimizga 
tanishtirish, shuningdek, muzeylardagi nodir eksponatlarni dunyoga olib chiqish, 
jahon xalqlariga tanishtirish sohasida tegishli tashkilotlar bilan hujjatlar ishlab 
chiqish, shartnomalar tuzish ishlarini olib bormoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining «Ijtimoiy va ma'naviy muxitni yanada sog‘lomlashtirish 
to‘g‘risida»gi hamda «Ma'naviy va ma'rifiy islohotlarni samaradorligini yanada 
oshirish chora tadbirlari to‘g‘risi»dagi qarorlariga javoban qator tadbirlar ishlab 
chiqildi. Shunga ko‘ra, mamlakatdagi barcha muzeylarda har oyning bir kuni 
«Ochiq eshiklar kuni» deb e'lon qilindi. Shu kuni muzeylarga o‘quvchilar, talabalar 
va boshqa tomoshabinlarga muzey xodimlari bepul xizmat ko‘rsatmoqda. 
Shuningdek, tariximizning yorqin iz qoldirgan allomalarga bag‘ishlab, muzeylarda 
«Barhayot siymolar» mavzusida adabiy kechalar, «Istiqlol, ma'naviyat va muzey» 
mavzusida tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ayniqsa, Imom al-Buxoriy, Ahmad al-
Farg‘oniy, Kamoliddin Behzod, Jaloliddin Manguberdi, Ogaxiy, Boborahim 
Mashrab va boshqa allomalarga bag‘ishlab muzeylarda o‘tkazilayotgan tadbirlar 
yoshlarni ajdodlar me'rosiga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. Ajdodlarimiz qoldirgan ma'naviy, madaniy, tarixiy merosni 


28 
o‘rganish orqali Al-Farg‘oniy, Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Mirzo 
Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Amir Temur, Muhammad Rahimxon – Feruz, 
Najmiddin Kubro kabi allomalar qomusiy bilimga ega, yuksak insoniy fazilatli 
siymolar bo‘lganligini anglaymiz. 
Mamlakatimiz hayotida o‘rta asr uyg‘onish davri faoliyati, fan va 
madaniyatning yuksak cho‘qqiga erishgan davri sifatida e'tirof etiladi. Jumladan, 
Amir Temur va uning ajdodlari hukmronlik qilgan davrda joylarda juda katta 
ma'naviy o‘sish, yuksalish, madaniy taraqqiyot ko‘zga tashlanadi. Shu davr 
tarixidan hikoya qiluvchi muzeyning tashkil etilishi esa u haqdagi tarixiy hujjatlar 
hamda asarlarda aks etgan hayot haqiqatlaridan atroflicha ma'lumot beradi, kelajak 
avlodga yangi va farovon hayot qurish ishlarida katta ahamiyat kasb etadi. 
Tarixizdan ma'lumki, Turon Movaraunnaxr, Turkiston deya atab kelingan, 
«Buyuk ipak yo‘li»da joylashgan O‘zbekiston Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi, 
ularni iqtisodini, madaniyatini, san'atini, taraqqiyotini bog‘lab turadigan bir makon 
bo‘lgan. 
«Buyuk ipak yo‘li»ning vorisi sifatida O‘zbekistonga ko‘plab mamlakatlar 
AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va Italiya kabi davlatlar juda katta qiziqish 
bilan qaramoqda. Ular ajdodlarimiz me'ros qilib qoldirgan muzeylarimizada 
saqlanayotgan noyob osori — atiqalarni ko‘rish, qadimiy — tariximiz, boy 
madaniyatimiz bilan tanishish istaklarini bildirmoqdalar
18

«Amerika Qo‘shma Shtatlarida qadimiy «Buyuk ipak yo‘li» da joylashgan
uyg‘onish davrida ham, o‘rta asrlarda ham jahon taraqqiyotining, ilm —fan 
rivojining o‘chog‘i, buyuk allomalar makon topgan, boy tarixi, madaniyatga ega 
bo‘lgan bugun ham katta ilmiy — iqtisodiy taraqqiyot imkoniyatlariga ega bo‘lgan 
sizning O‘zbekiston Respublikangizga xurmat, qiziqish juda kattadir»,— deb 
yozibdi Islom Karimovga yo‘llagan xatida AQShdagi Markaziy Osiyo muzeyi 
direktori, Pensilvaniya universitetining professori, doktor Fredrik Xiberg. Shu 
mazmundagi xatlar Yaponiyadan, Fransiyadan, Germaniyadan, YuNeSKOdan, 
18
O`ljayeva Sh Muzeyshunoslik (o`quv qo`llanma). -T.: 2002. –B.100. 


29 
Xalqaro muzeylardan tashkiloti IKOMdan tez —tez kelib turibdi. Gap shundaki, 
hammasi ham o‘z mamlakatlarida muzeylarimizdagi eksponatlarni ko‘chma 
ko‘rgazmasini tashkil etishni taklif etmoqdalar. Mustaqillik davrida yurtimizda 
buyuk tarixiy siymolarga atalgan xaykal va muzeylar soni ko‘payib bormoqda. 
Mustaqillik davrida buyuk tarixiy siymolarga atalgan xaykal va muzeylar 
qurildi. Jumladan, Toshkentda 1993 yilda Amir Temur Xiyoboni o‘rtasida 
Sohibqiron Amir Temurga Suvoriy haykal o‘rnatildi. 
1996 yilning 18 oktyabr kuni mamlakatimiz poytaxti Toshkentda buyuk 
sarkarda va davlat arbobi Amir Temurga atab Sharq Milliy me'morchiligining 
noyob va mo‘jizaviy namunasi sifatida bunyod etilgan Temuriylar tarixi davlat 
muzeyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Prezident I.Karimov muzey ochilish marosimida so‘zlab «Bugun zo‘r 
shodiyona— bilan ochilayotgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi sohibqiron 
shaxsiyatiga nisbatan yurtimizdagi tarixiy adolat tantana qilganing yana bir amaliy 
isbotidir. 
Aytish mumkinki, Amir Temur hiyoboni go‘zal bir uzuk bo‘lsa, bu muzey shu 
uzukning yoqut ko‘zidir. Muzeyni ziyorat qilgan har bir inson mening bu so‘zlarim 
shoirona tashbeh yoki mubolag‘a emasligiga ishonch xosil qiladi. Bu muzeyda 
bizning o‘tmishimiz ham, bugungi kunimiz va buyuk istiqbolimiz ham bamisoli 
ko‘zguda aks etgandek namoyon bo‘ladi. Kimki O‘zbek nomini, o‘zbek millatini 
kuch qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat 
rivojiga qo‘shgan xissasini, shu asosda kelajakka ishonchini eslash kerak. 
Amir Temurning bashariyat oldidagi o‘lmas hizmatlarini ma'rifatli jahon 
munosib baholamoqda. Sohibqiron yubileyining YUNESKO tomonidan 
xalqaro miqiyosida keng nishonlanganligi ana shu e'tirofning yorqin dalilidir. 
Shunday quvonchli va hayajonli damlarda Amir Temurdek buyuk zot 
mansub bo‘lgan millat farzandlari ekanimizni, tomirlarimizda Amir Temur 
shijoati jo‘sh urayotganini o‘ylasak, anglasak, qalbimizni chinakam iftixor 
tuyg‘ulari qamrab oladi. Amir Temur hayotining mazmuni, betakror faoliyatining 


30 
asosiy ma'nosi — Vatan ozodligi, vatanga muhabbat degan oliy qadriyatlardan 
iboratdir. Chuqurroq o‘ylab qaralsa, bu vasiyat aynan yoshlar uchun— buyuk 
sohibqironning bugungi avlodlari uchun aytilgan. Bu dunyoda xalqimiz, 
millatimiz, O‘zbekistonimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayot!
19
» 
Amir Temur va uning ajdodlari hayoti va faoliyatidan xabar beruvchi ulkan, 
hashamatli muzey nafaqat xalqimiz, millatimiz vakillarini, balki boshqa qardosh, 
horijiy mamlakatlar fuqarolarini ham o‘ziga jalb qilib, ularda juda katta taassurot 
qoldirmoqda. Shahar markazining eng so‘lim go‘shasida joylashgan muzey imorati 
o‘zining talqi viqori, muhtasham ko‘rinishi, atroflaridagi favvoralar, yam-yashil 
manzaralar bilan birgalikda shahrimiz chiroyiga chiroy qo‘shib, kishilar 
ma'naviyatini yuksaltirish, iftixor va milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish ishida 
ham beqiyos vazifani amalga oshirmoqda. Zero, Amir Temur hayotining mazmuni, 
betakror faoliyatining asosiy ma'nosi – Vatan ozodligi, Vatanga muhabbat degan 
oliy qadriyatlardan iboratdir. 
Umumiy maydoni besh ming kvadrat metrni tashkil ettan bu muzey 6 oy 
davomida qurilib bitkazilgan. Muzey qurilishida butun mamlakat mutaxassislari 
ishtirok etgan. Toshkentlik qo‘li gul quruvchilar, chinnisozlik va keramika, 
«Mikond» korxonalarining mohir hunarmandlari, «Usta» birlashmasi, 
Yugoslaviyaning «Torevik» firmasi va boshqa o‘nlab mehnat jamoalari bu ishga 
munosib hissa qo‘shganlar. 1996 yil 1 sentyabrda davlatimiz mustaqilligining 5 
yillik to‘yida Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov 
va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) raisi X. A. Samaranch Olimpiya shon — 
shuhrat muzeyining tantanali ravishda ochdilar. Muzeyni ochilish marosimida 
sportchilar, murabbiylar, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston 
Olimpiya qo‘mitasi, sport klublari va jamiyatlari vakillari ishtirok etishdi. 
Muzeyni bezash ishlarida eng iqtidorli rassomlar va haykaltaroshlar, 
O‘zbekiston xalq ustalari qatnashdilar. Muzeydagi eng asosiy mavzu — hozirgi 
zamon Olimpiya o‘yinlari. Eksponatlardagi Olimpiya harakati qachon paydo 
19
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: хavfsizlik, taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafalotlari. 
-T.: O`zbekiston. 1997. 


31 
bo‘lgani, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining barpo etilganligi
mamlakatimizda olimpiya g‘oyalarining taraqqiy etganligi, Olimpiya o‘yinlarining 
o‘tkazilishi va shu o‘yinlarda g‘olib sovrindor bo‘lib chiqqan O‘zbekiston 
sportchilarining ishtirok etayotganligi haqida hikoya qilinadi. Muzeyga tashrif 
buyurganlar XX asr Olimpiya o‘yinlarining shonli tarixida o‘z nomlarini qoldirgan 
bir qator sportchilar bilan tanishadilar. G. Shamray (gimnastika), S. Babanina, N. 
Ustinova (suzish), V. Duyunova, L. Pavlova (valeybol), R. Kazakov, A. Fadzaev, 
aka - uka Xadarsevlar (kurash), R. Risqiev (boks), S. Ro‘ziev (qilichbozlik), R 
Gataulin (langarcho‘p bilan sakrash), L. Axmedov, A. Xan (chim ustida xokkey), 
R. Yambulatov(miltiqdan otish), N. Muhammadiyorov (og‘ir atletika), O. 
Chusovita, R. G‘aliev (gimnastika), L. Cheryazova (fristayl) shular qatorida o‘rin 
olgan. 
Ekspozitsiyalarda mustaqil O‘zbekiston terma jamoasining 1996 yili Atlanta 
shahrida (AQSh) Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgani to‘g‘risidagi qiziqarli 
ma'lumotlar alohida o‘rin tutadi. 
Horijiy mutaxassislarning e'tirof etishlariga ko‘ra mamlakatimizning 
sportchilarining musobaqalarda birinchi marta ishtirok etganliklari muvaffaqiyatli 
chiqqan; A. Bagdasarov (dzyudo) kumush medaliga, K. To‘laganov (Boks) bronza 
medaliga sazovor bo‘lishdi, O. Chusovitina (gimnastika), R. Galiev (yengil 
atletika), R. Islamov, A. Ochilov (kurash) o‘z yuksak mahoratlarini qo‘rsatishdi. 
Har qanday muzeyda bo‘lgani kabi, katta qiziqish uyg‘otgan eksponatlar bu 
yerda ham mavjud. Bu avvalo, O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov taqdirlagan 
Olimpiya oltin nishoni va Osiyo Olimpiya Kengashi nishoni, shuningdek, turli xil 
boshqa mukofotlar, sovrinlar, medallar, fristayl bo‘yicha jahon chempioni L. 
Cheryazovaning shaxsiy sport jihozlari, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Prezidanti 
X.A.Samaranchning muzey ochilishida topshirgan esdalik sovg‘alari, rang —
barang nishonlar, ayniqsa, diqqatga sazovardir. 
Olimpiya shon —shuhrat muzeyi faqatgina o‘z faoliyati bilan cheklanib 
qolmasdan, balki O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, hamda 


32 
O‘zbekiston Olimpiya Qo‘mitasi bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi: matbuot 
konferensiyalari, anjumanlar o‘tkazish, sportchilarni musobaqalarga kuzatish, har 
xil turnirlar va musobaqalarning g‘oliblari bilan uchrashuvlar uyushtirish kabi 
tadbirlarni amalga oshiradi. Ko‘pincha, aynan ana shu uchrashuvlardan keyin 
sportchilar o‘zlari qo‘lga kiritgan sovrin va kuboklarni mukofot tariqasida 
muzeyga topshirib ketadilar. 
Muzey zamonaviy video texnikasi bilan jihozlangani tufayli, bu yerda 
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan turli xil sport musobaqalari shuningdek, muzeyda 
o‘tkaziladigan matbuot konferensiyalari, anjumanlar, qutlovlarni tasvirga tushirish 
va keyin ommaga namoyish etish imkoniyati yaratilgan. Bu lavhalardan sport 
mutaxassislari, televidenie va ommaviy axborot vositalaridan sport tahririyatlari 
foydalanadilar. Muzeydagi texnik jihozlar, eksponatlar va jamg‘armalar, video 
mahsulotlari, maxsus adabiyotlar har xil sport turlari mutaxassislari, O‘zbekiston 
Davlat 
jismoniy 
tarbiya 
instituti 
talabalari, 
malaka 
oshirish 
kurslari 
tinglovchilarining ilmiy, uslubiy tadqiqotlar o‘tkazishlariga katta imkoniyatlar 
yaratib beradi. 
Muzey Lozannadagi XOQ MOK bosh qarorgohi huzuridagi Olimpiya shon — 
shuhrati muzeyi bilan aloqalar o‘rnatish va hamkorlik qilish to‘g‘risidagi ikki 
tamonlama shartnoma imzolagan, ekspozitsiyalar va adabiyotlar soni shu yo‘l bilan 
ham ko‘payib boradi. Olimpiya shon — shuhrati muzeyi xalqaro Olimpiya 
Qo‘mitasi Prezidenti X.A.Samaranch tomonidan yuksak baholangan, u muzeyga 
«Muzey jahonda ikkinchi o‘rinda turadi», baho bergan edi. 
Qariyb yigirma ikki yillik davr mobaynida respublikamizda muzeylar faoliyati 
yaxshilandi va hozirgi kunlarda takomillashtirilmoqda. Shu o’rinda muzey ishi 
haqida ham to’xtalib o’tsak. Muzey jamiyatning real dunyoning predmetlarini 
tarixiy xotira, ijtimoiy axborotning xujjatli vositalari, estetik predmetlar shaklida 
saqlash ehtiyojini qondiruvchi maxsus muassasa hisoblandi. 
Muzeyning asosiy belgisi – ilmiy asosda tashkil etilgan va hisobga olish lozim 
bo’lgan muzey predmetlarini to’plash, saqlash, konservatsiyalash, muzeyshunoslik 


33 
va sohaviy fanlarning ilmiy metodlari bazasida tadqiq qilish va ilmiy, ta`limiy-
tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishlardan iborat. Umumlashgan formada 
muzeyning zamonaviy tushunchasini quyidagicha ta`riflash mumkin. 
Muzey – bu madaniy-tarixiy, tabiy-ilmiy qadriyatlarni aniqlash, muzey 
predmetlari vositasida axborotni to’plash va tarqatish uchun mo’ljallangan tarixiy 
belgilangan, ko’pqirrali ijtimoiy axborot muassasadir
20

Ma`lum tarxiy sharoitda muzeylar faoliyati ijtimoiy faoliyatning alohida 
qatlami sifatida – muzey ishining mavjud bo’lishi bilan belgilanadi. Uning 
tarkibiga muzeylarning amaliy faoliyati va yodgorliklarni asrash, muzeylar tizimi, 
muzey siyosati va qonunchiligi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi, 
soxaviy ilmiy, ilmiy – metodik va o’quv markazlari, maxsus davrlashtirish va 
nihoyat maxsus ilmiy fan muzeyshunoslik fani kiradi. Muzeyshunoslik ijtimoiy fan 
bo‘lib, ijtimoiy ma'lumotlar, bilimlari saqlash jarayonlarini, hamda bilimlar va 
xissiyotlarni muzey predmetlari vositasida yetkazib berish masalalarini o‘rganadi. 
Muzeylar — moddiy va ma'naviy madaniyat yodgorliklarini, shuningdek 
tabiat va insoniyat jamiyati taraqqiyoti xaqidagi bilimlarning ilk manbalari 
xisoblanadigan tabiiy — tarixiy kolleksiyalarni to‘plash, saqlash, o‘rganish, 
ko‘rgazma qilish va ommaga yetkazish bilan shug‘ullanadi. 
Muzeylar madaniyatning asosiy davlat omborxonalaridir. Muzeylar 
faoliyatining xarakteriga ko‘ra ilmiy — tadqiqot va ilmiy — ma'rifiy muassasalar 
hisoblanadi. Ilmiy — tadqiqot muassasasi sifatida muzeylar madaniyat va tabiiy - 
tarix yodgorliklarini, shuningdek tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar bo‘yicha 
boshqa ilk manbalarni to‘playdilar, o‘rganadilar, saqlaydilar. Ilmiy - ma'rifiy 
muassasalar sifatida esa muzeylar o‘zlarining tadqiqot ishlari natijalarini 
ko‘rgazma va nashr qilish singari ilmiy - ma'rifiy faoliyatlarida namoyish qiladilar. 
Boshqa fanlar qatori «muzey», «muzey ishi» terminining o‘ziga xos boshqa 
fanlardan farqlantirib turuvchi xususiyati ham bor. 
20
Davlatov.B. Ibragimov O. Muzeyshunoslik atamalarining izoxli lug’ati. – T.: 2005. –B.117. 


34 
Muzeylarni rivojlantirish, ularning ijtimoiy funksiyalari, ichki strukturasi, 
boshqa fanlar, madaniyat, o‘quv, tarbiyaviy, tashviqot sohalari bilan aloqadorligi 
o‘ziga xos ilmiy analizni talab etadi. 
Muzeyshunoslik rivojlanishning barcha pog‘onalarida muzey fenomenini 
to‘liqroq sharhlashga, uning jamiyatdagi o‘rnini ko‘rsatishga intiladi. 
Muzeylarni boshqa institutlardan farqlantirib turuvchi xujjatlar xususiyatlari 
bor. Masalan, arxiv kabi ma'lum davrga tegishli hujjatlar bilan shug‘ullanish, 
kutubxonalar kabi ma'lum informatsiyalarni yetkazib berish bu institut zimmasiga 
kirmaydi. Uning zimmasiga saqlash, tadqiqotchilik, o‘quv — tarbiyaviy masalalar 
kirishi bilan birga qisqa vaqt ichida uzluksiz tarixni yoritib bera olishdek 
mas'uliyatli vazifa yuklangan. Shuningdek madaniy xordiq chiqarish muassasasi 
bo‘lish masalasi ham uni boshqa institutlardan farqlantirib turadi. 
Demak, muzey ijtimoiy talab — ehtiyojni qondirishga, tarixiy xotirani hujjat - 
ma'lumotlari asosida jonlantirishga, kishilarga estetik zavq bag‘ishlashga xizmat 
qiladi. 
Muzey ashyolarini yig‘ish, ularni ilmiy asosda hisobga olish, saqlash, 
ta'mirlash muzeyshunoslikning o‘ziga xos ilmiy uslublari asosida tadqiq etish, 
ilmiy, o‘quv - tarbiyaviy masalalar muzeyning maxsus belgilaridir. 
Muzeylar tomonidan ma'lumotlar berib borilishi o‘zaro aloqadorlikning o‘ziga 
xos ko‘rinishidir. Uning farqlantiruvchi o‘ziga xosligi bu — ekspozitsiya va 
ko‘rgazma sifatida faoliyat olib borishdir. 
Muzey — madaniy-tarixiy, tabiiy-ilmiy qadriyatlarni yig‘uvchi va ular 
haqidagi ma'lumotlarni muzey ashyolari vositasida, targ‘ib qiluvchi ijtimoiy 
institutdir
21

Tabiat va jamiyatning muxim o‘zgarishlarini hujjatlashtirib muzey ashyolarni 
to‘ldiradi, saqlaydi, muzey ashyolari kolleksiyalarini tadqiq qiladi, hamda ulardan 
ilmiy, o‘quv — tarbiyaviy va tashviqot maqsadida foydalanadi. Muzey ishi 
amaliyot, yodgorliklarni saqlash, muzey tarmoqlari, muzey siyosati qonunchiligi, 
21
Davlatov.B. Ibragimov O. Muzeyshunoslik atamalarining izoxli lug’ati. – T.: 2005. –B.118. 


35 
kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, ixtisoslashgan ilmiy - uslubiy va o‘quv 
markazlari, maxsus davriy matbuot, muzeyshunoslik kabi masalalarni qamrab 
oladi. 
Muzeyshunoslikda muzeylarning kelib chiqishi, tarixi, ijtimoiy tizimda 
ularning o‘rni, guruhlashtirish, muzeylarni turlashtirish, kabi masalalar o‘rganiladi; 
— muzeylarning ichki tashkil etilishini, muzeylarning ijtimoiy funksiyasini, 
maxsus fanlar rivojlanishini o‘rganadi; 
— muzeylarning o‘ziga xos harakatlarini o‘rganadi; 
— muzey ishi rivojlanishining qonuniyatlarini, uni tashkil etish va 
boshqarish masalalarini o‘rganadi; 
— muzey tarmoqlari, tashkil etilish jarayoni va rivojlanishi, tarmoqlarni 
loyixalash masalalarini o‘rganadi; 
— muzeyshunoslik fanini maxsus fan sifatidagi xolatini, uning o‘ziga xos 
xarakterini va fanlar tizimidagi o‘rnini o‘rganadi. 
Mustaqillik yillarida muzeylar rivojlanib bormoqda. «O‘zbekiston xalqlari 
tarixi» muzeyining yangicha asosda qurilishi, uning ekspozitsiyalarining qaytadan 
ko‘rilib chiqishi shuningdek shahidlar xotirasiga bag‘ishlab alohida muzey tashkil 
etilishi fikrimizning isbotidir
22

Keyingi yillarda Prezidentimiz Farmoniga binoan muzeylarda fundamental 
ilmiy muammolarni tadqiq qilish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada bir 
qator ishlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Muzeylar 
ekspozitsiyalarini boyitish, ularni ro‘yxatga olish, fond boyliklarini ilmiy tahlil 
qilib, muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga va 
yurtimiz mehmonlariga yetkazish – asosiy vazifalardan hisoblanadi. Muzeylar 
faoliyatini zamonaviy, jahon talablariga to‘la javob bera oladigan darajaga 
ko‘tarish maqsadida o‘zbek, rus va ingliz tillarida muzey yo‘l ko‘rsatgichlarini 
chop etish ko‘zda tutilgan. Shubhasiz, bunday ezgu ishlarning amalga oshirilishida 
muzey fondiga moddiy–texnika va mablag‘ ajratish to‘g‘risida qarorlar qabul 
22
O`ljayeva Sh Muzeyshunoslik (o`quv qo`llanma). -T.: 2002. –B.87. 


36 
qilinganligi 
muhim 
omil 
hisoblanadi. 
Shuningdek, 
respublikamizda 
«O‘zbekmuzey» jamg‘armasi hamda tarixiy mavzuda vaqtli nashrlar tashkil 
etilganligi ham muzey ishlari va bu boradagi tadqiqot natijalari targ‘ibotiga xizmat 
qiladi.

Yüklə 456,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin