O‘zbekistonning ma'naviy yangilanishida muzeylarning tutgan o‘rni



Yüklə 456,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix16.12.2022
ölçüsü456,84 Kb.
#75717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ui5rRzYqgaHdwB6CngKZ1EtZlUJi3Gp5t7iPkYdv

Mavzuning nazariy-uslubiy asosi-muzey faoliyati to`g’risida sovet mustabid 
tuzumi davrida ro`y bergan voqea hamda hodisalarga diolektik munosabat, ilmiy 
tahlil, holislik, tarixiylik-ilmiylik mavzuning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi.
Prezident Islom Karimovning asarlari, ayniqsa «Tarixiy xotirasiz kelajak 
yo`q», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz», 
«Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch» kitoblari va nutqlarida bildirilgan fikrlar 
muammoni o`rganishda nazariy asos bo`ldi. 
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi 2 bob, 4 bo`lim, 
xulosa va foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 



I BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA MUZEYLAR FAOLIYATINING 
TAKOMILLASHUVI 
1.1. O‘zbekistonning ma'naviy yuksalishi va muzeylar taraqqiyoti 
Hozirgi kunda jamiyat hayotida, xalqni fan va madaniyat bilan yaqindan 
tanishuvida, ilm-fan va madaniyat rivojida, shuningdek xalq maorifida 
muzeylarning o’rni tabora o’sib bormoqda. Mustaqillik tufayli respublikamizda 
muzeylarga bo‘lgan e'tibor yanada oshdi. Xususan, keyingi 10 yil ichida Davlat 
qarmog‘idagi muzeylar soni 140 tani tashkil etdi. Shulardan tarix muzeylari 75 ta, 
O‘lkashunoslik muzeylari 23 ta, Badiiy San'at Koshonalari 10 ta, memorial 
muassasa 20 ta, adabiyot muzeylari 8 ta, tabiat muzeylari 4 tadan iborat. Ayni 
paytda bularda 1 million 600 mingdan ortiq eksponatlar mavjud. 
Inson tinimsiz go‘zallikka intiladi, go‘zallikni ijod qilmasdan, undan 
ma'naviy-ruhiy zavq olmasdan va shu orqali o‘z turmushini bezatmasdan yashay 
olmaydi.
Dunyodagi barcha xalqlar kabi o‘zbek xalqi ham juda qadim davrlardan 
buyon xalq ruhiyati, turmush sharoitlarini o‘zida aks ettiruvchi amaliy san'at 
asarlarini yaratib kelgan. Tabiiyki, moddiy madaniyat mahsuli bo‘lgan xalq amaliy 
san'at asarlari ijtimoiy hayotning bir bosqichidan ikkinchisiga meros bo‘lib o‘tib, 
avlodlarning beqiyos madaniy boyligiga aylanib boraveradi. 
Jamiyatni ma'naviy-axloqiy kamolga yetkazishga keng aholi ommasini, 
ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda muzeylarning katta ahamiyat kasb etishini
inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, 
Madaniyat va sport ishlari va Xalq ta'limi Vazirligining 2002 yil iyun oyida qabul 
qilingan Respublika Oliy va o‘rta- maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta'lim 
muassasalari o‘quvchi va yoshlari o‘rtasida ma'naviy ma'rifiy ishlarni kuchaytirish 
to‘g‘risidagi qo‘shimcha buyruqlari va shu asosda viloyat hokimligining qaror, 
tadbir-rejalari va ko‘rsatmalari muzeylar va o‘quv yurtlari o‘rtasidagi mustahkam 
aloqa o‘rnatish, hamda madaniy ma'rifiy ishlarni hamkorlikda olib borishga keng 


10 
imkoniyatlar yaratib berdi. Respublikamiz bo‘ylab bir qator yangi muzeylar tashkil 
etildi. Jumladan, 1996 yil 18 oktyabrda Toshkentda ochilgan Temuriylar tarixi 
Davlat muzeyi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma'rifiy va ma'naviy ishlar 
borasida yirik tarixiy va madaniy yodgorlik, ilmiy tafakkur markazi bo‘lib qoldi. 
Muzey eksponatlari juda katta tarixiy qimmatga ega bo‘lib, Temuriylar davri ruhini 
beradi. Muzeyga qo‘yilgan tilla buyumlar, qurol-aslahalar, lashkarboshi va oddiy 
jangchilarning kiyim - boshlari, musiqa asboblari, o‘sha davrga xos jihozlar, Amir 
Temur, Bobur qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning astranomik qurilmalari va boshqa 
madaniy boyliklar shular jumlasidandir. 
1996 yilning 1 sentyabrida Toshkentda yana bir Osiyoda noyob va yagona 
bo‘lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochildi. Bu muzey o‘zbekistonlik 
sportchilarning turli jahon musobaqalarida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlarini, 
medallarini faqat namoyish etadigan joygina bo‘lib qolmay, balki mamlakatimizda 
sport harakatini rivojlantirish markazi ham bo‘lib qoldi. 
Bu muzeylardan oldinroq, mustaqilligimizning dastlabki yillarida bir qator 
yangi muzeylar ochilgan edi. Chunonchi, 1992 yil may oyida Namanganda ulug‘ 
o‘zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi ochildi. 1992 yil sentyabrda Xorazm 
viloyatining Xonqa tumanida milliy mumtoz musiqa va kuylarning mashhur 
ijrochisi, Xorazm hofizlar maktabining asoschisi Xojixon Boltaboev nomidagi 
o‘ziga xos noyob maqomchilar muzeyi tashkil etildi. Urganchda shu oyda esa 
qadimgi Xorazm Amaliy san'ati va tarixi muzeyi ochildi. Bu muzey 
ekspozitsiyalarini uch mingga yaqin turli eksponatlar tarixiy hujjatlar, qadimgi 
xorazmliklar foydalangan uy-joy anjomlari, tikuvchilik va gilam mahsulotlari, 
idish - tovoqlar, mehnat qurollari tashkil etadi. 
1992 yil noyabr oyida Buxoroda O‘zbekistonda birinchi marta temirchilik 
muzeyi ochildi. 1992 yil dekabrda Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida 
ochilgan xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining Uy-muzeyi birinchi 
mehmonlarni qabul qildi. 1993 yil 3 sentyabrda Toshkentda o‘zbek ayollari 
ichidan chiqqan birinchi huquqshunos olima akademik Xadicha Sulaymonova 


11 
muzeyi ochildi. 1993 yil 1 sentyabrda Toshkent Davlat texnika universiteti qoshida 
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Politexnika muzeyi ochildi. 10 sentyabrda 
Toshkentda o‘zbek raqqosasi Mukarrama Turg‘unboeva muzeyi, 21 sentyabrda esa 
Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mashhur cho‘pon, ikki marta Mehnat 
qahramoni, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining faxriy akademigi Jaboy 
Balimanovning hayoti va mehnat faoliyati haqida ma'lumot beruvchi muzey 
faoliyat boshladi. Shu yil noyabr oyida Toshkentda ochilgan O‘zbekiston Xalq 
ta'limi tarixi muzeyi o‘z muxlislarini kutib oldi.
1994 yil may oyida Toshkent shahrida Toshkent to‘qimachilik va yengil 
sanoati instituti muzeyi, oktyabrda O‘zbekiston xalq rassomi Usta Muhiddin 
Rahimov va uning o‘g‘li Akbar Rahimovlarning ko‘rgazmali muzeyi ochildi. 
Toshkentda 1996 yil mayida O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati muzeyi 
ishga tushdi. Shu yilning 30 noyabrida Toshkentda ochilgan qimmatbaho qog‘ozlar 
bozori tarixi muzeyiga tashrif buyurgan tomoshabinlar birinchi marta turli 
davrlarga sayohat qilish sharafiga muyassar bo‘ldilar.
1997 yil oktyabr oyida Buxoroda mashhur buxorolik zarb qiluvchi usta Salim 
Hamidov muzeyi ochildi. 
Ma'lumki, tarix muzeylari xalq xotirasining ifodasi hisoblanadi. 1999 yili 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
I.A.Karimov 
tashabbusi 
bilan 
mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish va “Shahidlar 
xotirasi” yodgorlik majmuasini barpo etishga qaror qilindi va bu borada ulkan 
ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Milliy mustaqillik, Vatan ravnaqi, yurt ozodligi 
uchun jonini fido qilgan el o‘g‘lonlarining qutlug‘ xotirasiga poytaxtda muazzam 
hiyobon barpo etildi. Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida bunyod etilgan va 
2002 yil 1 avgustda – qatag‘on qurbonlarini yod etish kunida ochilgan “Qatag‘on 
qurbonlari xotirasi” muzeyi quruvchilar, me'morlar va tarixchi olimlarning ulkan 
mehnati mahsuli bo‘ldi. Xalqimizning milliy qadr-qimmati tiklanishiga, o‘zligini 
qaytadan namoyon etishga istiqlol yo‘l ochdi va biz ona Vatanimiz va xalqimiz 
tarixi bilan faxrlanish, o‘tgan ajdodlarimizning qutlug‘ xotirasini e'zozlashdek 


12 
yuksak insoniy-ma'naviy imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Majmua qay tarzda dunyoga 
kelganligi va muzey aynan shu joyga mo‘ljallanganligi to‘g‘risida “Shahidlar 
xotirasi” xayriya jamg‘armasi raisi Naim Karimovning keltirgan manbalaridan 
quyidagilar ayon bo‘ladi: Bugun ko‘rkam ziyoratgoh barpo etilgan joylar XX
asrning qariyb 80-yillariga qadar Toshkentning eng pastqam, xilvat go‘shasi 
bo‘lgan. Bu yerdagi birdan-bir inshoot “Alvasti ko‘prik” deb nomlangan. Xuddi 
shu yerning 20-yillar adog‘idan boshlab mustabid davlatga qatag‘on o‘rnida 
xizmat qilgani ham tasodifiy emas. Mutaxassislarning bergan ma'lumotlariga 
ko‘ra, 20-40-yillar orasida bu yerda uchta qatlgoh bo‘lgan. Ularning biri – 
televizion minoraning Ishchilar shaharchasi tomon tushgan “oyog‘i” atrofida, 
ikkinchisi ziyoratgohning yuqori tarafida, nihoyat, uchinchisi “Abraziv” 
zavodining o‘rnida bo‘lgan. Shu tarzda Yunusobod qariyb yarim asr mobaynida 
xalqimiz tarixidagi eng dahshatli voqyealarning tilsiz guvohiga aylangan. 
Muzeyda istiqlol yillarida ma'naviy qadriyatlarimizni tiklash bo‘yicha olib 
borilgan katta va muhim ishlar alohida ekspozitsiyalarda aks etgan. Bu 
ekspozitsiyalarning joylashishi va ularni ko‘z qorachig‘iday saqlashda qanday 
texnologiyalardan foydalanilayotgani juda muhimdir
10

Shahid ketgan ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan, g‘oyat qisqa muddatda 
qad rostlagan yodgorlik majmui va muzeyi aynan shu joyda – ko‘p-ko‘p tarixiy 
voqyealarga guvoh bo‘lgan qadimiy Bo‘zsuv sohilida bejiz barpo etilgani yo‘q. 
Muzeyga kiraverishda mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning “Mustabid 
tuzum davrida million-million begunoh insonlarning umri xazon bo‘lganini, 
qancha-qancha oilalar xonavayron bo‘lib, qancha-qancha go‘daklar yetim 
qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hyech qachon unutmaydi” degan so‘zlari 
yozilgan. 
10
Bekmurodov M. Rashidova M. Muzeyshunoslik – T.: Voris Ali, 2007. –B.59. 


13 
130 yil davom etgan mustamlakachilik yillarida Vatan va xalq ozodligi 
yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasi ana shu yodgorlikda o‘z 
abadiyatini topdi
11

Shu tarixiy kundan bir yil avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
mustamlakachilik davrida milliy istiqlol va taraqqiyot yo‘lidagi intilishlari uchun 
nohaq ayblanib, turli jazo va tazyiqlarga mahkum etilgan vatandoshlarimiz 
xotirasini abadiylashtirish yuzasidan amaliy ishlar olib borish uchun Jamoatchilik 
komissiyasi tuzilgan edi. 1999 yil 22 iyul kuni esa O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining “Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish 
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib va unda Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv 
qirg‘og‘ida Mustamlakachilik davri qurbonlari yodgorlik majmuini barpo etish 
hamda “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi tuzish lozimligi qayd etilgan edi. 
Qatag‘onlarni xotirlash va e'zozlash, xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan 
ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida 2002 yil 31 avgust kuni 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan “Qatag‘on 
qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. Bu ham bo‘lsa tarixiy o‘tmishimizga bo‘lan 
hukumatimizning e'tibori va Prezidentimizning tashabbuslari edi. 
Bugungi kunda respublikaning katta va kichik shaharlarida, tumanlarida 
xalqning boy tarixiy-madaniy xazinalarini namoyish qiluvchi 510 dan ziyod 
muzeylar ishlab turibdi. Jamiyatni ma'naviy-axloqiy kamolga yetkazishda, keng 
aholi ommasini, ayniqsa, yosh avlodni ma'rifatli qilishda muzeylarning roli katta 
ahamiyat kasb etmoqda. 
Qariyb 23 yil muqaddam mustaqillikni qo‘lga kiritgan xalqimiz o‘zanini 
topgan daryo misoli ruhan to‘lqinlanib, istiqlol yo‘lidan olg‘a intilmoqda. O‘z 
davlatiga, taqdiriga, tarixiga ega bo‘lgan yurt qisqa vaqt ichida asrlarga tatigulik 
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligini jahon hamjamiyati e'tirof etmoqda, 
mamlakatimiz fuqorolari har kunlik hayotida o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib g‘urur to‘la 
qalblari ila sezib turishibdi.
11
Mirzaaliyev E. Axmadaliyeva L. Millat qiyofasining ko`zgusi // Iqtisodiyot va soliq. 2009 yil. 20 may. 


14 
Darhaqiqat, boy tabiiy-iqtisodiy, tarixiy-ma'naviy, aql-zakovat salohiyati, eng 
muhimi sabr-bardoshli, diyonatli, vatanparvar va millatparvar, mehnatkash va 
bag‘ri keng, diyonatli xalqi bo‘lgan mustaqil O‘zbekiston bugun rivojlangan 
davlatlar orasida munosib o‘rin egallamoqda. Bu hayratomuz yutuqlarga eng 
avvalo xalqning azaliy orzu-umidlari, maqsad-intilishlarini tom ma'noda 
ifodalovchi va har tomonlama himoya qiluvchi, ajdodlarimiz qoldirgan boy tarixiy 
tajriba va ma'naviy merosga tayangan mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanish tamoyillari mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta'kidlaganidek, «...tarix 
xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy 
tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta'bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va 
o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi»
12
.
Shundan 
kelib 
chiqib, 
mustaqilligimizning 
dastlabki 
kunlaridanoq 
O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, xalqimizning boy merosini o‘rganish, 
buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlari va obro‘-e'tiborini qayta tiklash va shu 
negizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish masalasi davlat siyosatining 
ustivor yo‘nalishi va vazifasi darajasiga ko‘tarildi.
Ma'lumki, diyorimiz jahon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy 
maskanlari va markazlaridan biridir. Respublika hududida saqlanib qolgan yuzlab 
bebaho arxeologik me'moriy va yozma yodgorlik, amaliy san'at va xalq ijodiyoti 
namunalari - bularning barchasi xalqimizning boy va betakror tarixiy ma'naviy 
merosidir. Ana shu merosni o‘rganish, uni avaylab asrash va kelajak avlodlarga 
benuqson yetkazish biz, zamondoshlarning sharafli va ma'suliyatli burchimiz va 
vazifamizdir.
«O‘zbek xalqi yaratgan va milliy bisotimiz bo‘lib qolgan noyob tarixiy 
yodgorliklarni saqlab qolish va ta'mirlash- ma'naviy dasturimizning juda muhim 
qismidir. Ushbu milliy boylik bizga ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan, 
binobarin, biz uni ko‘z qorachig‘idek avaylab asrashimiz va kelajak avlodlarga 
12
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. -T.: O`zbekiston. 1998. 


15 
topshirishimiz lozim», - dedi Prezident I.Karimov Oliy Majlisning birinchi 
sessiyasida so‘zlagan nutqida. 
Darhaqiqat, respublikamizda 7 mingdan ko‘proq yodgorlik, shu jumladan, 
2500 me'moriy obida, 2700 dan ziyod arxeologiya yodgorligi, 1800 dan ko‘proq 
monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. Hozirgi vaqtda 
O‘zbekistonning barcha mintaqalarida, hatto olis tumanlarida ayrim yodgorliklarni 
nurashdan saqlash va ta'mirlashdan ilmiy tadqiqot ishlari asosida butun-butun 
me'moriy majmualarni va ko‘hna shaharlarning tarixiy markazlarini qayta 
tiklashga o‘tildi.
Mamalakatimiz madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish sohasining
huquqiy asoslari yaratilgan – «Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish 
hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida», «Me'morchilik va shaharsozlik 
to‘g‘risida» gi qonunlar amal qilmoqda. Bu yodgorliklarning taqdiri bilan bog‘liq 
barcha masalalar mazkur qonunlarga asosan tartibga solib turiladi. Noyob 
me'morchilik – shaharsozlik merosini saqlab qolish va avaylab asrash maqsadida 
2000 yil 26 aprelda «O‘zbekiston Respublikasida me'morchilik va shaharsozlikni 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul 
qilindi.
O‘tgan yillar davomida olib borilgan me'moriy-tiklash ishlari natijasida 
Samarqandning Registon maydonidagi majmua yodgorliklari, Shohizinda, 
Bibixonim me'moriy majmualari, Amir Temur maqbarasi, Ruhobod majmuasi, 
Imom al-Buxoriy yodgorligi, Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mirarab 
madrasasi, Labihovuz majmuasi, Ulug‘bek va Abdulazizxon madrasalari, avdo 
gumbazlari, shahar tashqarisidagi Sitorai Mohixosa ansambli va Bahouddin 
Naqshband majmuasi, Xivaning Ichan qal'asidagi barcha me'moriy yodgorliklar, 
shu jumladan Ko‘hna ark, Muhammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo‘ja 
minorasi, Dor-us-tilovat ansambllari va Temurning mashhur Oq saroyi, 
Termizdagi Hakim at-Termiziy me'moriy yodgorligi va boshqa obidalar saqlab 
qolindi.


16 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Xiva ichki shahri «Ichan qal'a» ni 
Davlat me'moriy qo‘riqxonasi deb e'lon qilish haqidagi qarori yodgorliklarni 
muhofaza qilish va ular atrofidagi muhitni saqlash ishi muhim voqyeadir. 
Qo‘riqxona hududi hozirgi mavjud qal'a devorlari doirasida belgilanib, tarixiy, 
badiiy va me'moriy qimmatga ega bo‘lgan barcha majmualarni o‘z ichiga oladi. 
Xivadagi ijobiy tajribadan foydalanib, Buxoro va Samarqand shaharlarining 
tarixan tarkib topgan markazlari ham tarixiy-me'moriy qo‘riqxonalar deb e'lon 
qilindi. Zamonaviy yangi shaharlar gurkirab o‘sib borayotganligi munosabati bilan
O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab 
chiqish zarurati tug‘ildi. Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Toshkent 
shaharlari uchun shunday loyihalar ishlab chiqilib, muhofaza qilinadigan, tartibga 
solinadigan hududlarning chegaralari aniq belgilab qo‘yildi. Respublikadagi 
mutaxassis olimlar va xalq ustalarining yuksak ilmiy salohiyati va mohirona 
mehnati tufayli shunday ishlarni amalga oshirish imkoniyati tug‘ildi.
O‘zbekistonning me'moriy yodgorliklarga boy o‘nta shahri tarixiy shaharlar 
ro‘yxatiga kiritilgan. «Ichan qal'a» qo‘riqxonasidagi yodgorliklar 1991 yildan, 
Buxoro markazidagi yodgorliklar esa 1993 yildan Jahon Xalqaro Madaniy Merosi 
Ro‘yxatida turadi. Hozirgi vaqtda Jahon Merosi qo‘mitasiga Shahrisabzdagi 
Temuriylar davri me'morchilik yodgorliklariga oid hujjatlar topshirildi. Samarqand 
shahri yodgorliklariga doir hujjatlar esa tayyorlandi. Bundan tashqari 26 ta nodir 
obida: Oq Ostona Bobo, Arab ota, Ishratxona, Mir Said Bahrom maqbaralari, 
Bahouddin Naqshbandiy, Chor Bakr, Shayx Muxtor Vali, Hakim at-Termiziy va 
boshqa yodgorliklarga doir dastlabki talabnomalar ham taqdim etilgan. Keyingi bir 
qancha yil mobaynida ta'mirlash ishlariga davlat avvalgi o‘n yilliklardan qilingan 
harajatlardan bir necha baravar ko‘p mablag‘ ajratdi.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning buyuk bobokalonlarimiz al-
Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin 
Manguberdi tavallud sanalarini, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi va 
«Alpomish» eposi yaratilganligining 1000 yilligini nishonlashga oid takliflari 


17 
YuNeSKO tomonidan ma'qullanib, mazkur qutlug‘ sanalar jahon miqyosida 
nishonlandi. Bu esa xalqimizning ijod, tarixiy rivojlanish jarayonida dunyo tarixiga 
va umuminsoniy sivilizatsiyaga qo‘shgan ulkan hissasi xalqaro hamjamiyat 
tomonidan zo‘r ehtirom bilan e'tirof etilayotganligidan yorqin dalolatdir. Shuni 
ham alohida ta'kidlash lozimki, ushbu tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni 
o‘tkazish davomida o‘sha davrlarga taalluqli tarixiy yodgorliklar va me'moriy 
obidalar qayta ta'mirlanibgina qolmasdan, milliy an'analar bilan sug‘orilgan 
ko‘plab ajoyib zamonaviy me'moriy majmualar va monumental asarlar bunyod 
etildi. Shuningdek keyingi yillarda O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 
tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan bir qator me'moriy xotira majmualari barpo 
etildi, ular shaharlarimiz chiroyini tanib bo‘lmas darajada ochib yubordi, madaniy 
merosimizni boyitdi va o‘zining buyuk kelajagini yaratayotgan mustaqil 
davlatimiz, jamiyatimiz ma'naviy kamoloti yo‘lidagi yangi bosqichning ravshan 
guvohi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Muzeylar ijtimoiy hayotda o‘ziga xos o‘ringa ega. Kishilar uchun eng avvalo 
ma'rifiy-madaniy, ilmiy va dam olish maskani bo‘lgan muzeylarni o‘tmish va 
hozirgi hayotimizning oynasi deyish mumkin
13
. Keyingi yillarda barcha sohalarga 
zamonaviy texnologiyalar jadal suratlarda kirib kelmoqda. Bu esa ushbu 
sohalarning zamon bilan hamnafas taraqqiy etishiga o‘zining ijobiy ta'sirini 
o‘tkazmoqda. Jumladan, muzeylar faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanish muzeylar taraqqiyotida katta rol o‘ynamoqda. Fan-texnika taraqqiyoti 
ilg‘or yutuqlarining boshqa barcha sohalari qatori muzey ishiga ham kirib kelishi 
tabiiy hol bo‘libgina qolmasdan, hayotiy zarurat hamdir.
Xususan, 90-yillarda hozirgi tushunchamizdagi kompyuterlar yaratilishi bilan 
muzey sohasida ma'lumot tizimini shakllantirish, axborotni to‘laqonli yetkazish 
imkoniyatlari kengaydi. Ayniqsa, muzey mutaxassislari kompyuterni egallashi va 
yagona tarmoqning vujudga kelishi muzey fondlarini hujjatlashtirishda ko‘pgina 
qulayliklarni yaratdi. Jumladan, eksponatlarning tasviri raqamli fotokamera orqali 
13
Kuryazova D. O`zbekistonda muzey ishi tarixi. -T.: San`at.2010. –B. 9. 


18 
bevosita kompyuterga kiritilmoqda. Ularning tahlili va boshqa ma'lumotlar esa 
ilova qilinib, zaruriyat tug‘ilganida mutaxassislar tomonidan qo‘shimchalar va 
tuzatishlar kiritiladi. Bu muzey ishida doimiy harakatda bo‘lgan katalog va 
kartotekaning sifati keskin yaxshilanishini ta'minladi.
Internet tarmog‘ining kirib kelishi mazkur jarayonni xalqaro miqyosda 
faollashtirib yubordi. Hozir undagi «Muzeylar», «Madaniyat» bo‘limlariga kirib 
dunyoning xohlagan muzeyi bo‘ylab «sayr» qilish, muzeylar haqida umumiy 
ma'lumotlardan tashqari, fond eksponatlari, yangiliklar, maxsus tadbirlar va ilmiy 
anjumanlar haqida, soha mutaxassis-xodimlar manzili, ularning internetdagi 
elektoron pochtalari va boshqa ma'lumotlarni olish mumkin. AQShdagi AMIKO 
konsorsiumi tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Internet tarmog‘ida ikki yarim 
milliondan ortiq muzey eksponatlarining suratlari aks ettirilgan kartoteka tizimi 
mavjud. 
O‘zbekiston muzeylari ham internetda o‘zlarining saytlarini yaratish ustida ish 
olib bormoqdalar. Buxoro Davlat me'moriy-badiiy muzey-qo‘riqxonasida muzey 
xodimlarini shaxsiy kompyuter texnikasi bilan ta'minlash masalasi asta-sekin 
ijobiy hal etilmoqda. Muzeyda Internet tarmog‘iga ulanish, sayt yaratish va 
ma'lumotlar bazasini barpo etish ustida ayrim ishlar amalga oshirildi. Ilk qadam 
sifatida, muzey fondidagi qo‘lyozmalar to‘plamini elektoron lazer diskiga 
ko‘chirish ishlari boshlab yuborildi. Respublikamiz muzeylarida bu sohadagi 
ishlar asta-sekin olib borilmoqda. 
Ma'lumki, muzeyning asosiy vazifasi yig‘ish, saqlash va namoyish etishdan 
iborat. Bugungi kunda muzeylar zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash 
orqali o‘zlariga tegishli eksponatlarning saqlanishini ta'minlashlari mumkin. 
Chunki, aniq hisobga olish muzey boyliklarini but saqlash va ularga egalik qilish 
huquqini kafolatlaydi.
Hozirgi kunda tarixchi, san'atshunos, muzeyshunos tadqiqotchilar va ijtimoiy 
sohaning boshqa vakillari muzey boyliklarini to‘laqonli ilmiy o‘rganishda ayrim 
muammolarga duch kelmoqdalar. Avvalo, yirik muzeylarimizda joriy etilgan tartib 


19 
- qoidalar chetdan kelgan mutaxassis-olim va muzey ma'muriyati o‘rtasida aksar 
hollarda kelishmovchilik va ba'zan qarshiliklarga olib kelmoqda. Amaliyotda 
shunday hodisalar kuzatilmoqdaki, o‘zi xizmat qilayotgan ilmiy muassasaning 
rasmiy yo‘llanma xati bilan murojaat qilgan tadqiqotchiga bo‘limlardagi kartoteka 
bilan tanishishga ruxsat beriladi, xolos; ayrim muzeylar esa pulli xizmat turini 
taklif qilmoqdalar. Xorij mamlakatlaridan kelgan tadqiqotchilarning tijorat 
nashrlari uchun bunday xizmat turi maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Lekin 
respublikaning ilmiy muassasalaridagi xodimlar madaniy boyliklarimizni hyech 
qanday to‘siqsiz o‘rganishlariga sharoit yaratilishi lozim. Chunki, birinchidan, 
ularga bu kabi izlanishlar uchun davlat byudjetidan qo‘shimcha mablag‘ 
ajratilmaydi. Ikkinchidan, bunday tadqiqotlar respublikamiz ilmiy, ma'naviy-
madaniy taraqqiyotini, jumladan, o‘sha muzeylar manfaatini ko‘zlab amalga 
oshiriladi. 
Yuqoridagi 
muammo 
sababli 
O‘zbekistondagi 
muzeylar 
fondi 
eksponatlarining 70 foizi o‘zining fundamental tadqiqotini kutib yotibdi. 
Kutubxonalardagi mavjud nashrlar esa ko‘pi bilan ularning 10 foizini yoritadi, 
xolos. 
Holbuki, hozirgi paytda dunyoda muzey ishi juda ilgarilab ketganining guvohi 
bo‘lmoqdamiz. Jahondagi deyarli barcha zabardast muzeylar internet tarmog‘i 
orqali tinimsiz chiqishlar qilib, o‘z saytlarini muntazam yangi axborotlar bilan 
to‘ldirib borishyapti. Birgina Rossiya amaliyotini kuzatadigan bo‘lsak, u yerda 
muzeylar faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qator uyushma va markazlar faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Internetda «Muzei Rossii» serveri, «Vserossiyskiy reestr muzeev» 
va boshqa saytlarda muzeylar hayotining hamma jihatlari batafsil yoritib 
borilmoqda. Davlat Tarix muzeyi (Moskva) 1997 yildan e'tiboran eksponatlarini 
Internet tizimi orqali namoyish etib kelyapti. Muzeyning uch mingdan ziyod 
eksponatlari Umumevropa «Muzeum Onlayn» tarmog‘iga kiritilgan. Davlat 
Ermitaj muzeyi ham zahirasidagi to‘rt mingdan ortiq asarlarini shu yo‘l bilan 
namoyish qilmoqda. Ribinskiy badiiy muzeyi o‘z sohasida ilg‘orlik qilib, 2000 yil 


20 
10 martda Moskva shahrida 45000 kartochkadan iborat elektron sayti taqdimotini 
o‘tkazdi. Muzeylarda elektron tizimining joriy etilishi unda namoyish qilinadigan 
saytlarning shakli, tartibi, ko‘rinishlari, tuzilishi va sohaning boshqa masalalariga 
bag‘ishlab qator ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilmoqda. 
Ular orasida ADIT (Avtomatizatsiya deyatelnosti muzeev i informatsionnaya 
texnologiya) uyushmasi nodavlat tashkilot va idoralari bilan hamkorlikda muzey 
sohasiga zamonaviy kommunikatsiya tarmoqlarini olib kirishda ko‘pgina ishlarni 
amalga oshirmoqda. Jumladan, uyushma har yili Rossiyaning turli shaharlarida 
ilmiy anjumanlar o‘tkazib kelmoqda 2001 yil 28 may- 1 iyun kunlari Tula shahrida 
«Muzeylar va axborot maydoni: axborotlashtirish muammolari va madaniy meros» 
mavzuida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda muzey mutaxassislaridan 
tashqari, kutubxona, arxiv universitet, elektron nashriyot va texnika bilan 
shug‘ullanuvchi firmalar, ko‘plab xorijiy tashkilotlarning vakillari hamda 
muammoga aloqador boshqa sohalarning mutaxassislari qatnashadilar.
Anjuman o‘z doirasida «ADIT missiyasi – muzeyi hujjatlari bo‘yicha milliy
Assotsiatsiya sifatida», «Informatsion menejment», «Hisobga olish va saqlash 
faoliyatini ma'lumotlash», «Muzeylarning ilmiy tadqiqot va ekspozitsiya-
ko‘rgazmalar faoliyatiga avtomatika tarmoqlarini olib kirish», «Tomoshabinlar 
bilan ishlashda ma'lumot tarqatish» mavzulari bo‘yicha seksiya majlislari 
o‘tkazildi. Shuningdek, muzeylar uchun SD-ZOM elektron nashr va Internet-
saytlardan namunalar namoyish etildi
14

Hozirgi kunda boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarida bo‘lgani kabi, respublika 
muzeylarida aynan nashr masalasi katta moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. 
yevropa va Amerikaning muzey, kutubxona va arxivlari mazkur muammoni yana 
o‘sha Internet tarmog‘idan keng foydalanish orqali hal qilishga intilmoqdalar. 
Masalan, nemis mutaxassislari 2001 yil 19-22 iyun kunlari Myunxenda bo‘lib 
o‘tgan IV Xalqaro «Muzey ishi, komplektlashtirish, ta'mirlash va ko‘rgazmalar 
uchun texnologiya» mavzuidagi ixtisoslashgan ko‘rgazma materiallarini maxsus 
14
Bekmurodov M. Rashidova M. Muzeyshunoslik – T.: Voris Ali, 2007. –B.97. 


21 
saytda e'lon qilishdi. Rossiya muzeyshunoslari «Muzei buduxego: informatsionne 
texnologii i kulturnoe nasledie» nomli maqolalar majmuining bir qismini va 
boshqa nashrlarni Internet tarmog‘ida yoritdilar. Ulardan ayrimlari rus tilida 
muzeylarimizning boshqa xorijiy tillarni bilmaydigan mutaxassislari uchun 
qulaylik yaratadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlatimizda muzeylarni qo‘llab-quvvatlash 
respublika «O‘zbekmuzey» jamg‘armasi qoshida muzeylar uchun elektron 
dasturlar yaratuvchi mutaxassislardan iborat maxsus markaz tashkil etish kun 
tartibidagi dolzarb masala, deb hisoblaymiz. Chunki, aynan shunday markaz orqali 
O‘zbekiston muzeylarida ma'lumot tarqatish va saytlar yaratishning yagona 
tizimini joriy qilish mumkin. Yirik muzeylarimiz xorijiy sarmoyalarni jalb qilgan 
holda xalqaro standartlar negizida elektron axborot majmuini yaratishlari mumkin. 
Lekin bunda muzeylarda ma'lumotlar to‘plashning turlicha uslub va ko‘rinishlari 
hosil bo‘lib, ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Shuni 
hisobga olgan holda respublikaning turli yo‘nalishdagi 80 dan ortiq muzeyda 
saytlar, hisobga olish va kartotekaning yagona andozasi tayyorlansa, bu 
keyinchalik respublika muzey fondining yagona katalogini nashr qilishda juda 
asqotgan bo‘lardi.
Xullas, boshqa madaniy muassasalar qatorida muzeylarimizning ham elektron 
nashrlari bilan dunyo ma'lumotlar oqimiga qo‘yilishlarini tabiiy hol va zamon 
talabi deb qabul qilmog‘imiz lozim. Zero ma'lumot tarqatish bilan muzey o‘zini 
jamiyatda reklama qilishi, tomoshabinlarni ko‘paytirishi va horijiy hamkasblar 
bilan tez va qulay aloqa o‘rnatishi mumkin. Elektron axborot tarqatish vositalari 
tizimini joriy etish muzeylarimiz boyligini keng omma, xususan, yoshlar orasida 
targ‘ib qilishda ham o‘zining ijobiy rolini o‘ynaydi.
Xalqaro Tinchlik yili nishonlangan 1986 yilda Samarqand shahrida Xalqaro 
tinchlik va birdamlik muzeyi ochilgan bo‘lib, 1989 yili unga «Xalq muzeyi» nomi 
berilgan. O‘ziga xos axborot – aloqa markazi vazifasini bajaruvchi bu muzey 


22 
ko‘plab ta'limiy dasturlar, xalqaro loyihalar va badiiy ko‘rgazmalar o‘tkazib turish 
bilan birga doimiy ekspozitsiyasiga ham ega.
“Muzey bisotida barcha qit'alardan keltirilgan yigirma mingdan ko‘proq 
eksponat-plakatlar, rasm, gobelen, bayroq, vimpel, kitob, nishonlar, videofilm, 
audiokasseta, kompakt-disklar va boshqa ko‘plab ashyolar mavjud. Ular orasiga 
Nagasakida atom bombasi portlashi natijasida erib ketgan uy tomi cherepitsasining 
parchasi, Stalingrad janggohlari, Osvensim, Xirosimadagi Tinchlik bog‘i to‘prog‘i 
solingan kapsulalar, Berlin devori bo‘lagi, yo‘q qilingan «Pershing-2» Amerika 
yadro raketalarining soati, astronavt R.Furrerning «Chellenjer» kemasida o‘zi bilan 
parvozga olib chiqqan sovg‘asi qo‘yilgan; tug‘ma nogiron bo‘lgan fransuz rassomi 
Denis Legrining go‘zallik va hayotga muhabbat ruhi bilan chizgan rasmlari 
hayratga soladi, ekspozitsiyada bolalarning ham ko‘plab tasviriy asarlari 
qo‘yilgan”
 15

Muzey ko‘pgina xalqaro va milliy tashkilotlar hamda barcha qit'alardagi pok 
niyatli insonlar bilan keng aloqa bog‘lagan. BMT, OBSe, yevropa Kengashi, 
yevropa Ittifoqi Komissiyasi, YuNeSKO, IKOM, NATO, Xalqaro PeN- klub, 
Norvegiya Nobel instituti, Umumjahon Cherkovlar Kengashi, Jahon Banki, 
Xalqaro qizil Xoch qo‘mitasi va boshqa tashkilotlarning muassasalari muzeyga o‘z 
nashrlarini yuborib turadi.
Jenevadagi Xalqaro tinchlik byurosiga va Jahon muzeylarining umumjahon 
tarmog‘iga a'zo bo‘lgan muzey fondidagi ko‘rgazmalar Kipr, Fransiya, Gollandiya, 
Rossiya va boshqa mamlakatlarda namoyish qilindi. Uning faoliyati ko‘plab 
maqolalarda, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar dasturlarida aks ettirilgan. Kezi 
kelganda shuni aytib o‘tish lozimki, Xalqaro muzeylar kengashi tomonidan Parijda 
ingliz, fransuz, ispan tillarida nashr etiladigan «IKOM Nyus» jurnalining 2000 
yildagi birinchi soni Samarqanddagi Xalqaro tinchlik va birdamlik muzeyi 
faoliyatiga bag‘ishlangan maqola bilan ochilgan. 
15
O`ljayeva Sh Muzeyshunoslik (o`quv qo`llanma). -T.: 2002. –B. 78. 


23 
Muzey faoliyat ko‘rsatayotgan davrda uning muayyan ish yo‘nalishlari 
shakllanadi. 
Bunga 
mashhur 
arboblar, 
shoirlar, 
olimlar, 
musiqachilar, 
san'atkorlarning dastxatli surat va shaxsiy nomlarini qamrab oluvchi «Tinchlik 
dasxati», bolalar ijodiga bag‘ishlangan «Dunyo va mamlakatlar bolalar nigohida» 
yo‘nalishlarini misol keltirish mumkin. Istiqbolda doimiy amal qiluvchi Bolalar 
rasmlari xalqaro galeriyasi, «Urush o‘yin emas. Harbiy o‘yinchoqlar o‘ynash 
nimaga kerak? Tinchlik mendan boshlanadi» shiori ostida «Tinchlik va 
qurolsizlanish bolalar festivali», O‘zbekistonda xorijlik rassomlarning tabiat 
fusunkorligini tasvirlovchi «Go‘zallik dunyoni asraydi» nomli ekspozitsiyalarini 
tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bu asarlarning bir qismi muzeyning doimiy 
ekspozitsiyasiga kiritilgan. Kelajakda Samarqandda «Go‘zallik dunyoni asraydi», 
«Dunyo jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar nigohida», «Tabassum olami», 
«Esperanto» baynalmilal klubi nomli badiiy galereyalarni vujudga keltirish 
nazarda tutilmoqda. Shuningdek, muzeyda «Buyuk Ipak yo‘li» galereyasi tashkil 
etgan holda o‘z vositalari yordamida qadimda shu yo‘l tufayli yuzaga kelgan 
an'analarni qayta tiklash, xalqlar orasidagi madaniy ayirboshlash va iqtisodiy 
hamkorlikni rivojlantirish maqsadi ko‘zda tutilgan. 
Shubhasiz, bunday ezgu ishlarning amalga oshirilishida muzey fondiga 
moddiy–texnika va mablag‘ ajratish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinganligi muhim 
omil hisoblanadi. Shuningdek, respublikamizda «O‘zbekmuzey» jamg‘armasi 
hamda tarixiy mavzuda vaqtli nashrlar tashkil etilganligi ham muzey ishlari va bu 
boradagi tadqiqot natijalari targ‘ibotiga xizmat qiladi. 

Yüklə 456,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin