O‘zbekistonda bo‘lganingizda mehnat bozorida qanday o‘zgarishlarni sezdingiz? Ishonamanki, biz nafaqat rekruting bilan shug‘ullanadigan, balki mehnat bozorini shakllantiradigan kompaniyamiz. Bizda o‘zbekistonlik yoshlarga karyerasini yo‘lga qo‘yishda yordam beradigan “Ustoz” loyihasi bor. U bepul bo‘lib, yosh mutaxassislarga karyera yo‘lini to‘g‘ri qurishni o‘rgatishga mo‘ljallangan.
O‘zbekistonlik yoshlar bilan ishlaganimda, ular ko‘pincha kompaniyalarga o‘zlari haqida to‘g‘ri gapira olmasliklarini payqadim. Bu ikki omilga bog‘liq: taqdimot qobiliyatlari va ish beruvchiga nima kerakligini tushunish. Shuning uchun ham biz “Ustoz"ga asos solganmiz.
Hozir Vestminster universiteti bilan hamkorlikda ikkinchi qabulni boshlayapmiz.
Bularning barchasi O‘zbekistonning asta-sekin fuqarolari tomon borayotganini ko‘rsatadi. Uzoq vaqt davomida bozorda mahalliy xodimlar hech narsa qila olmaydi, hech narsani bilmaydi, shu sabab chet elliklarni olib kelish kerak degan tushuncha bo‘lgan. Boshqa tomondan, yoshlar “bizni qadrlashmaydi, shuning uchun Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, AQSH va hokazolarga ketamiz”, deb o‘ylashardi.
Menimcha, asosiy ijobiy o‘zgarish shuki, bu holat asta-sekin o‘zgara boshlayapti. Chunki muhojirlarda umidsizlik bor edi. Kompaniyalar xalqaro standartlarni joriy etish orqali jadal rivojlanmoqda. Bu esa o‘z xodimlarini o‘stirish va ilgari surish istagini kuchaytiradi.
Bozordagi asosiy muammo katta professionalizmning yetishmasligi bo‘lib qolmoqda — ko‘pgina OTM talabalari, ayniqsa xususiydagilar, hech narsa qila olishmaydi yoki bilishmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, talabalar malaka va bilim uchun emas, balki diplom uchun pul to‘lashadi. Bu esa mamlakatda ta’lim sifati ancha past ekanidan dalolat beradi. Yana bir muammo — qarindosh-urug‘chilik, iqtidorli xodim o‘rniga rahbarning qarindoshi lavozimga tayinlanganida.
Ammo, umuman olganda, muammolardan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlar mavjud deb o‘ylayman. Shuning uchun men ketishni rejalashtirayotgan aksariyat yoshlarga kutishni maslahat beraman: O‘zbekiston juda tez o‘zgarmoqda va ularning karyerasi dunyoning boshqa joylariga qaraganda bu yerda ancha yaxshi bo‘lishi mumkin.