O‘zbekistonning xorijlik mutaxassislardan ko‘ngli qoldi


Mahalliy bozorda yana qanday tendensiyalar kuzatilmoqda?



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə3/5
tarix27.09.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#149814
1   2   3   4   5
вазият (1)

Mahalliy bozorda yana qanday tendensiyalar kuzatilmoqda?
Ish haqi sezilarli darajada oshmoqda. Albatta, hamma narsa va hamma joyda ham emas, lekin, mamlakatda iqtisodiy o‘sish kuzatilmoqda, bu esa ish haqining oshishiga olib keladi.
Mutaxassislar tanqisligi mavjud. Bozorda yetarlicha kadrlar mavjud bo‘lgan birorta ham tarmoq yo‘q. Bu esa ko‘plab xorijliklarning kelishi bilan bog‘liq.
IT va fintech tomonga katta burilish mavjud. Bir tomondan, bu rivojlanish uchun yaxshi, boshqa tomondan esa mazkur sohalarda xodimlar soni eng ko‘p yetishmaydi. Shuning uchun biz “IT Park” bilan IT-rekruterlar uchun bepul treninglar o‘tkazayotganimizdan faxrlanamiz.
To‘qimachilik klasterining ishi o‘zgarmoqda. Ular yangi fuqarolik qonunlariga muvofiq ishlay boshlashmoqda. Bu O‘zbekistonga xalqaro to‘qimachilik kompaniyalarining kirib kelayotgani bilan bog‘liq.
Logistika sohasida mutaxassislar bo‘yicha katta defitsit mavjud. O‘zbekiston turli mamlakatlar uchun logistika xabiga aylanib bormoqda.
Qiziqarli vakansiyalar ko‘paydi. Ko‘proq xalqaro bo‘sh ish o‘rinlari paydo bo‘ldi. O‘zbekistonning ko‘plab kompaniyalari o‘z korxonalarini xalqaro standartlar asosida qayta qurishga kirishmoqda.
Mehnat bozorida qanday zaif tomonlarni ko‘ryapsiz?
Albatta, bu nepotizm. Shubhasiz, bu har qanday kompaniyaning ishlashiga va biznesga katta zarar yetkazadi.
Ammo 1,5 yildan buyon bu muammo asta-sekin hal etila boshlanganini payqayapman. Chunki gap natija va katta foyda haqida ketar ekan, tadbirkorlar ko‘pincha yaqinlarini emas, kompaniyaga yaxshi natija keltiradiganlarni ishga olish kerak, deb o‘ylashmoqda.
Bu muammoni qanday hal qilish mumkin? Rossiyada shunga o‘xshash muammo bo‘lganmi? U yerda bu bilan qanday kurashishgan?
Men buni “Ustoz” orqali amalga oshirish g‘oyasiga kelganman. Bir kunda mamlakat mentalitetini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shu sabab ham “yangi klanlar"ni o‘ylab topdik.
“Ustoz"da mentorlar orasida yirik kompaniyalarning top-menejerlari va HR-direktorlari bor, ular dasturda yosh iqtidorli kadrlarni kuzatib boradi va keyinchalik o‘z kompaniyalariga ishga taklif qiladi. Shunday qilib, klanlar qarindosh-urug‘chilik tamoyiliga emas, balki kasbiy mahoratga ko‘ra shakllanadi.
Shu tarzda, yoshlar o‘zlarining iste’dodlari va ko‘nikmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki faqat rezyumeni yuborish orqali bitiruvchi talabalar bunday kompaniyalarga ishga qabul qilinishi ehtimoldan yiroq.
Albatta, Rossiyada ham shunday holat bo‘lgan. U o‘z-o‘zidan o‘tib ketdi, shunchaki, buning uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ldi.
Imkoniyatlar va katta pul kelganda, har qanday asoschi xodimlarni aka-uka, do‘st kabilar prinsipiga ko‘ra emas, balki kompaniya uchun kim ko‘proq pul topishiga ko‘ra yollay boshlaydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin