Chet elliklarni yollash kompaniyalarda korporativ madaniyatga qanday ta’sir qildi? Juda kuchli. Eng muhimi, kompaniyalar jarayonlarni ishlab chiqishdi. Jarayonlar bor joyda odamlar bilan munosabatlar boshqacha tarzda quriladi. Huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyat sohalari to‘g‘risida, nima uchun premiya olish haqida aniq tushuncha paydo bo‘ldi.
“Ustoz” loyihasidagi asosiy maqsadingiz nima? Bu bizning kompaniyamiz foydasi hisobiga mavjud bo‘lgan bepul loyiha. Men buni uchta sababga ko‘ra qilaman:
hedhanter barcha iqtidorli yoshlarni bilsa, muvaffaqiyatga erishadi;
bizning biznesimiz ishonchga asoslangan (odamlar o‘zlariga sarmoya kiritganlarini tushunishganda, rahbar bo‘lib, bizga mutaxassislarni hanting qilish uchun kelishadi);
avvalo siz mamlakatga sarmoya kiritish, shundan keyingina nimadir o‘xshashini bilaman. Bu yozilmagan qoida — energiya almashinuvi.
Men uchun eng iqtidorlilarni topish va ularning o‘sishiga turtki berish muhim. Agar men pul olsam, balki iste’dodlilar emas, to‘lov qobiliyatiga ega insonlar keladi.
Talabalarning birinchi guruhi qanday natijalarga erishdi? Dastlab, biz 100 kishini qabul qildik (har bir o‘ringa 8,5 kishidan to‘g‘ri keladi). 31 ishtirokchi dastur yakuniga yetib bordi: biz ba’zilarini chiqarib yubordik, ba’zilari o‘zi ketdi. 31 kishining deyarli barchasi yoki ish joyini o‘zgartirgan yoki hozirgi ish joylarida o‘sishga erishgan. Hozirga kelib uch barobar o‘sganlar (stajyordan bo‘lim boshlig‘igacha) bor.
Sizningcha, O‘zbekistonda ayol menejerlar va umuman mehnat bozoridagi ayollarga munosabat qanday? Ha, rahbar bo‘lishni xohlaydigan ayollar bilan juda katta muammo bor. Ko‘pchilik eshitmaydi, ko‘rmaydi, ishonmaydi. Vaziyat o‘zgarmoqda, lekin juda sekin. Menimcha, bu juda tez o‘zgarishi kerak, ayniqsa kadrlar yetishmasligi fonida.
O‘zbekistonda iste’dodlilar shunchalik kamki, ayol yoki erkakmi, farqi yo‘q, agar sen iqtidorli bo‘lsang va yaxshi ish qilsang, sen keraksan.
Ayol rahbarlar bilan vaziyat o‘zgarmoqda. Bunda katta yetakchi “Korzinka.uz"dir. Men u yerda konferensiyalarda nutq so‘zlaydigan, bu mumkin, deb aytadigan, yosh qizlarni boshqaradigan juda ajoyib mahalliy ayol rahbarlarni ko‘raman. Bunga HR’larning ko‘pgina qismi qizlar ekanligini aytish mumkin. Ular asta-sekin rahbarlariga ayollar ham yaxshi mutaxassislar ekanliklarini bildirishadi.
Albatta, barcha mamlakatlarda bu katta davlat dasturlari, ayol rahbarlar uchun kvotalar va boshqalar bilan hal qilinadi.