Ko‘plab rossiyaliklar o‘z vatanlariga qaytib ketishmoqda. Ayting-chi, bu nima bilan bog‘liq va mahalliy bozorga qanday ta’sir qildi? Tabiiyki, bu bozorga katta ta’sir ko‘rsatdi, chunki hamma vahima ichida, mutaxassislarni qayerdan olishni o‘ylashmoqda.
Rossiyaga qaytishning oddiy sababi bor: dastlab safarbarlikning birinchi to‘lqini paytida ko‘pchilik qo‘rquvdan chiqib ketishdi. Shunga ko‘ra, hozir ko‘pchilik safarbarlikka (masalan, IT-mutaxassislar) tobe emasligini anglab yetishdi, shuning uchun ham ular uylariga qaytishmoqda: o‘z uylari, ota-onalari bag‘riga, tushunarli muhitga.
Ko‘pchilik jamg‘armalari tugab, umidsizlikdan qaytib ketishdi. Bular — O‘zbekistonda ish topa olmaganlar.
O‘tgan yili “Spot"ga bergan intervyungizda eng ko‘p operatsion menejerlar yetishmasligini aytgandingiz. Yil davomida vaziyat qanday o‘zgardi? Operatsion menejerlar, risk-menejerlari va komplayens menejerlarining hali ham jiddiy tanqislik mavjud. Bu lavozimlarda yil davomida vaziyat yaxshilanmadi.
Bu muammoni qanday hal qilish mumkin? Muammoni ikki yo‘l bilan hal qilish kerak:
sifatli ta’lim: ta’lim diplomini bo‘lib-bo‘lib sotib olmaslik uchun yanada qat’iy bitiruv mezonlari;
mamlakatda iqtidorli yoshlarni ushlab qolish. Hozirgacha O‘zbekistondan ko‘plab iqtidorli bitiruvchilar ketishmoqda. Ular bu yerda o‘zlarini anglay olishlariga ishonishmaydi. Va bu noto‘g‘ri. Hozir maosh ham, imkoniyatlar ham yaxshilanmoqda.
Ko‘p migrantlarning hozir biz kelib, darajani ko‘taramiz, degan niyat bor edi. Aslida nima bo‘ldi? Menimcha, buni boshqacharoq talqin qilish mumkin. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz holatlar mavjud.
Misol uchun, fintex sohasida ko‘pgina mutaxassislar o‘z tajribasini bu yerga olib kelishdi (“Uzum”, “Kapitalbank”).
Bu mahalliy muhitni juda hurmat qiladiganlar bo‘lib chiqdi. “Siz hammangiz ahmoqsiz, men hozir kelib, qanday qilish kerakligini aytaman”, degan seriyadagi kabi emas. Afsuski, bunday pozitsiyaga ega odamlar juda ko‘p va bu boshdan muvaffaqiyatsizlikka olib keladi.
Va: “Yoshlar, siz zo‘rsiz, lekin men buni ham bilaman, keling yordam beray” deganlarda esa hammasi o‘xshaydi. Shu tariqa, Toshkentda 1,5 yil avval mavjud bo‘lmagan ko‘plab rus restoranlari paydo bo‘la boshladi. Biz o‘sha “Uzum” xizmatini ko‘ramiz, u yerga ko‘plab rossiyalik tajribali mutaxassislar kelgan.
Shu bilan birga, yopilgan yoki umuman ish boshlamagan ko‘plab kompaniyalar mavjud. Ko‘p narsa insonning qanday niyatlar bilan kelishiga bog‘liq.
Ko‘p xorijliklar o‘z rezyumelarini bo‘rttirgan holda yuqori maosh talab qilishadi. Ammo, aslida, ularda bunday tajriba yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Tadbirkorlar va HRlarga yolg‘onchilar ichidan professionallarini ajrata olishlari uchun qanday maslahat bera olasiz? Bu muammo butun dunyoda mavjud. Ko‘pchilik o‘z rezyumelarida yolg‘on ma’lumot berishadi. Bu bilan ishlashga qodir bo‘lish kerak.
Shunday jarayon mavjud — referenslar (ma'lumotnomalar). Nomzod haqida ko‘p odamlardan ma’lumot so‘rashingiz kerak. Bundan tashqari, ma’lumotnomalarni nomzodning o‘zidan olmaslik kerak. Shubhasiz, u o‘ziga ijobiy ta’rif beradigan odamlarning kontaktlarini beradi. Ko‘pincha, bu qism hatto psixologik test bilan almashtiriladi yoki shunchaki chiroyli rezyumega ishonishadi. Bunday qilish yaramaydi.
Ma’lumotnomalarni diqqat bilan tekshirish zarur: uzoq telefon qo‘ng‘irog‘i paytida nomzod bilan birga ishlagan kamida 7−8 kishini savolga tuting. Shu bilan birga, so‘ralganlarning barchasidan ijobiy javob kutmaslik kerak — biz menejermiz va hamma ham kimgadir yoqmaydi. Bu ham normal holat. Muhimi, odam nimani yaxshi yoki yomon degani emas, balki nomzodning nima va qanday ish qilgani.
O‘tgan yil davomida ish haqi sezilarli darajada oshganini ta’kidladingiz. Ayting-chi, ekspatlarning ko‘p, mahalliy aholining esa kam maosh olishi bilan bog‘liq vaziyat qanday o‘zgargan? Afsuski, umuman o‘zgarmagan. Bo‘shliq dahshatli: ba’zida u 10 baravargacha yetadi.
Ammo bitta muammo bor — O‘zbekiston ekspatlardan ko‘ngli qolib ketmoqda. Bu IT-xodimlariga taalluqli emas.
Binobarin, xorijliklarni kamroq taklif qilib, ko‘pincha o‘z xodimlarini yuqori lavozimlarga joylashtirish boshlandi. Va chaqirtirilayotgan ekspatlarga kamroq maosh to‘lashmoqda.
Sizningcha, birinchi navbatda buning sababi nimada? Nima uchun o‘z xodimilarini yuqori lavozimga ko‘tarish emas, balki chet elliklarni taklif qilish va ularga katta pul to‘lashga moyillik bor edi? Ko‘pincha kompaniyalarga O‘zbekistonda hali mavjud bo‘lmagan tajriba kerak bo‘ladi. Misol uchun, Rossiya kompaniyalari allaqachon IPO’ga chiqqan, O‘zbekistondagilar esa hali yo‘q. Yoki sizga $0,5−1 mlrddan boshlanadigan kompaniyani boshqargan odam kerak. Mamlakatda bunday mutaxassislar yo‘q, shuning uchun ham ular xorijliklarni taklif qilishadi.
Barcha mamlakatlardagi kompaniyalar o‘z ish jarayonlarini keyingi pog‘onaga olib chiqish uchun xorijliklarni yollashmoqda. O‘zbekiston hamma narsa shu qadar tez o‘sib borayotgan, rahbarlar mamlakatda hali mavjud bo‘lmagan boshqa tajribaga ega odamlarga muhtoj vaziyatga tushib qolgan. Shuning uchun, ekspatlar hali ham jalb qilinadi. Faqat, ma’lum bir bosqichda ular asossiz ravishda sotib olindi: noto‘g‘ri, tekshirilmasdan va, ehtimol, keragidan ortiq.