Tizimli yondashuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o’zaro aloqadorligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan (amaliy) yondashuv. Shaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo`naltirish: ta`lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo`yadi.
Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi sub’yektlarning psixologik birligi va o`zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, sub’yektlar munosabatida ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko`zda tutadi.
Muammoli yondashuv. Ta`lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish asosida ta`lim oluvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob`yektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo’llash ta`minlanadi.
Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, ya’ni o’quv jarayonida kompyuter va axborot texnologiyalarini qo`llash.
O’qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o`rgatuvchi o`yinlar, ”Aqliy hujum”, insert, ”Birgalikda o`rganamiz”, pinbord, ma`ruza (kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, muammoli ma’ruza, sharhlovchi, yakuniy).
O’qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhli, dialog, polilog va o’zaro hamkorlikka asoslangan.
O’qitish vositalari: o’qitishning an`anaviy shakllari (darslik, ma`ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Dostları ilə paylaş: |