Teskari aloqa usullari va vositalari:kuzatish, blits-so’rov, joriy va oraliq hamda yakuniy nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’uloti va butun kurs davomida o’qitish natijalarini rejali tarzda kuzatib borish, talabaning faoliyatini har bir mashg`ulot va semestr davomida reyting tizimi asosida baholash. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
“Evolyutsion ta’limot” fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog’idagi rasmiy ilmiy manbalardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, og`zaki so`rov, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
“Evolyutsion ta’limot”fanidan mashg`ulotlarning mavzular va soatlar bo`yicha taqsimlanishi
Semestr
Fanlar nomi
Yukla ma
Auditoriya mashg’ulotlari turi bo’yicha o’quv yuklamasi taqsimoti (soat)