Hayotning paydo bo’liShi to’g’risidagi nazariyalar. Hozirgi kunda hayotning paydo bo’liShi to’g’risida yagona tushun cha yo’q, biroq bu to’g’rida bir necha nazariyalar bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir:
a) Mahlum vaqt davrida hayot ilohiy kuch tomonidan yaratilgan degan nazariya (kreatsionizm nazariyasi). Bu nazariyaga ko’ra qachonlardir hayot yer yuzida ilohiy kuch tomonidan yaratilgandir. Teologiya yoki diniy sohadagi barcha olimlarning fikri Shudir. 1650 yilda Irlandiyalik arxiepiskop Asher (Arsha shahri) matematik hisoblab ko’rib dunyo Olloh –toalloh tomonidan eramizgacha bo’lgan 4004 yil oktyabrda yaratilgan deb aytadi. Shu hisobga ko’ra odamzod 23-oktyabr ertalab 9 da yaratilgan. Teologiya sohasida iShlovchi ba’zi bir olimlarning fikricha dunyo va undagi barcha tirik organizmlar har sutkasi 24 kun davom etuvchi 6 sutka ichida Olloh tomonidan yaratilgan deyiladi. Ular dunyoning yaratiliShi to’g’risidagi boshqa tushun chalarni mutlaqo tan olmaydilar.
b) Hayotning o’z-o’zidan paydo bo’liShi. Bu nazariya eski Xitoy va Misrda hukmron bo’lib kelgan. Biologiya fanining asoschilaridan biri bo’lgan Aristotel (384-322) Shu nazariya asoschilari va tarofdorlaridan biridir. Uning fikricha tabiatda notirik organizmdan asta sekin hayvonlar paydo bo’lgan. Ularning oralig’ida esa hayvonlarga o’xShamagan tirik organizmlar yaShagan deydi. Demak, bizning tushun iShimizcha Aristotel gepotezasiga ko’ra moddalarning mahlum bir zarrachalari aktivlik xususiyatiga ega bo’lib, qulay Sharoit mavjud bo’lganda ulardan tirik organizmlar paydo bo’lgan. Bu aktiv zarrachalar tuxum hujayrada joylaShganligi to’g’risidagi Aristotel fikri to’g’ri, biroq bunday aktiv zarrachalar quyosh yorug’ligida ham bo’ladi degani haqiqatdan uzoqroqdir.
Xristian dinining paydo bo’liShi bilan spontan nazariyasi o’z kuchini yo’qotadi. SHunday bo’lsa ham spontan nazariyasining tarafdorlaridan biri Van Gelhmont (1577-1644) uch hafta ichida tajriba o’tkazib sichqonlarni hosil qilganligini yozadi. Uning aytiShi bo’yicha sichqonlarning paydo bo’liShida kiShilarning terlaShi aktiv rol o’ynaydi (terdan sichqon hosil bo’ladi).
Birinchi bo’lib hayotning spontan holda paydo bo’liSh nazariyasiga Shubha bilan qaragan olim italiyalik vrach Franchisko Rediddir (1688). Uning tasdiqlaShicha buzilayotgan go’Shtda hosil bo’lgan qurtlar bu paShShalarning lichinkasidir. Franchisko Redidning fikriga ko’ra hayot faqatgina oldingi tirik hayotdan hosil bo’ladi, boshqa xil usul bilan hayotning hosil bo’liShini u tanqid ostiga oladi (biogenez kontseptsiyasi). Biroq bu tajribalarning hammasi ham hayotning o’z-o’zidan paydo bo’liShi to’g’risidagi nazariyaning ko’p vaqtlargacha hukm suriShiga to’sqinlik qila olgani yo’q.
Anton Levingukning mikroorganizmlar ustida olib borgan tajribalari spontan nazariyasiga juda qo’l keldi, biroq uning mikroskop ostida olib borgan tajribalaridan biogenez nazariyasi tarafdorlari ham ustalik bilan foydalandilar. Bu ikki nazariya tushun chalarini aniqlaSh maqsadida 1765 yilda Ladzaro Spalantsani quyidagi tajribani o’tkazdi. U go’Sht va sabzavotni bir necha soat qaynatib, ularni mahkam yopadi va qaynatiShdan to’xtatadi. Bir necha kundan keyin ularni ochib tekShirganda hech qanday tiriklik belgilarini topmaydi. Olim tajribalardan Shunday xulosa qiladiki, yuqori temperaturada qaynatib o’rganilgan ob’ektlarda tiriklik Shakllari yo’qoladi, demak ularsiz (tirik organizmlarsiz) hayot paydo bo’liShi mumkin emas.
Hayotning paydo bo’liShi muammosi bilan 1860 yilda Lui Paster Shug’ullandi. Lui Paster Shu kungacha mikrobiologiya sohasida ko’pgina muammolarni, jumladan pillachilik va vinochilikka xavf solgan bir qancha masalalarni hal qilib bergan edi. Uning ko’rsatiShicha bakteriyalar hamma joyda uchraydi va tirik bo’lmagan materiallarni sterilizatsiya qilmasa, ular albatta tirik organizmlar bilan zararlanadi deydi. Demak, Lui Paster o’zining tajribalariga asoslanib, biogenez nazariyasining to’g’riligini isbotlab, spontan nazariyasiga zarba beradi.
Biroq biogenez nazariyasi boshqa muammoni tug’diradi. Xo’Sh, tirik organizmning hosil bo’liShi uchun tirik organizm kerak bo’lsa, birlamchi tirik organizmning o’zi qanday paydo bo’lgan? Boshqa nazariyalar singari bu nazariya ham o’zining isbotini talab qiladi. Har holda hayot tarixida qanday bir davrda notirik materiyadan tirik organizmlar hosil bo’liShi aniq emas.