v) Statsional holat nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra yer qachonlardir hosil bo’lmagan balki u doimo bo’lgan, Shuning uchun unda hayot ilgaridan bo’lgan. Bunda hayot kamdan-kam o’zgargan. O’simlik va hayvon turlari yer yuzida yaShagan. Arxiepiskop ASherning fikricha yerning yoShi 6000 ga teng. Biroq hozirgi zamon olimlarining fikricha yerning yoShi 45 mlrd.ga tengdir. Paleontologiya ma’lumotlarini ular inkor qiliShadi. Bu nazariya qazilma holda topilgan o’simlik va hayvon turlaridan hozirgi kunda yaShayotgan hayvonlar kelib chiqiSh holatini isbotlab berolmaydi.
g) PanspYermiya nazariyasi. Bu nazariya hayotning birlamchi holda paydo bo’liSh mexanizmini tushun tiriShni istamaydi. Ya’ni bu nazariya tarafdorlarining fikricha hayot to’satdan (birdaniga) paydo bo’lgan, Shuning uchun buni hayotning paydo bo’liShini tushun tiruvchi nazariya deb ataSh mumkin emas. Bu nazariyaga ko’ra, hayot galaktikaning turli joylarida va har xil vaqt ichida bir marta yoki bir necha marta paydo bo’lgan bo’liShi mumkin. Ular ana Shu fikrlarning tasdig’i sifatida yer yuzining u yoki bu joylarida paydo bo’layotgan noma’lum uchuvchi ob’ektlarga (N.U.O) va ular bilan go’yoki uchib kelayotgan o’zga sayyoraliklar bilan bo’lgan uchraShuvga asoslanadilar. Shuni aytiSh lozimki, Amerikalik va sobiq Ittifoq olimlarining koinot sohasidagi tekShiriShlarida bizning quyosh sistemamizning biror joyida hayotning borligi to’g’risidagi ma’lumotlar deyarli yo’q.
d) Bioximik evolyutsiya nazariyasi.Astronomlar, geologlar va biologlarning hisobicha yerning paydo bo’lganiga 4,5 mlrd yil bo’lgan. Ko’pchilik biologlarning tushun chasicha planetamizning hozirgi holati uning dastlabki paydo bo’lgan vaqtiga qaraganda keskin farq qiladi. Dastlabki vaqtlarda uning harorati juda baland 4000-8000 S bo’lgan va planetaning asta – sekin sovuShi natijasida uglerod va qiyin eriydigan metallar to’planiShib (kondensatsiyalanib) yer po’stlog’ini hosil qilgan. Shunga ko’ra yer yuzasi ochiq (yalang’och) va notekis bo’lgan. Vulkanlarning aktiv harakati natijasida yer po’stlog’i doimo harakatda bo’lib, uning yana sovushi natijasida ular siqilib bo’rtmalar va chuqurliklarni hosil qilgan. O’sha davrlardagi atmosfera hozirgi yer atmosferasiga mutlaqo o’xshamagan.
Engil gazlar - vodorod, geliy, azot, kislorod va argonlar atmosfYeradan uzoqlaShganlar. Biroq bu elementlardan taShkil topgan oddiy birikmalar planetada qolgan. Bunday oddiy birikmalarga suv, ammiak, uglYerod ikki oksidi (SO2) va metanlar kiradi. Yer harorati 100 S pastga tuShmaguncha suv asosan bug’ holatida bo’lgan.
Yerda hayotning paydo bo’liShi Shartlaridan biri atmosfYerada kislorodning bo’lmasligi bo’lgan. CHunki hozirgi zamonda o’tkazilayotgan tajribalar Shuni ko’rsatmoqdaki (hayratda qoliSh mumkin bo’lsa ham), kislorodga boy bo’lgan atmosfYera Sharoit iga qaraganda, kislorodsiz Sharoit da organik moddalarning, tirik moddalarning asosini taShkil qiluvchi oqsil hosil bo’liShi oson kechadi.
A.I.Oparinning (1923) aytiShicha yerning birlamchi atmosfYerasi, hozirgi atmosfYera tarkibiday bo’lmagan, balki yuqorida biz bayon qilgan holatda bo’lgan. U yuqorida aytilgan nazariy fikrlarga asoslanib uglevodorodlar va boshqa xil organik moddalar okeanlardagi oddiy birikmalardan hosil bo’lgan bo’liShi mumkin deydi. Ana Shu moddalarni hosil bo’liShida kerak bo’lgan enYergiya quyosh radiatsiyasidan olingan (asosan ulhtrabinafSha nurlar). Bu ulhtrabinafSha nurlar yer yuzida ozon qavati hosil bo’lganga qadar tuShib to’rgan, ozon qavati hosil bo’lgandan so’ng bu nurlar yer yuziga kamroq tuSha boShlagan. Demak, Oparinning fikricha okeanlardagi oddiy birikmalarning turli tumanligi, yer yuzasining qobig’i, yetarli enYergiyaning bo’liShi, katta vaqt davrlari okeanlarida organik moddalarning asta-sekin to’planiShiga va pirovardida, hayotning «birlamchi bulhonlari»ning paydo bo’liShiga olib kelgan.
Biroq, bu g’oyalar yangilik emas edi. CHunki 1871 yili xuddi Shunga o’xShaSh fikrni CH. Darvin ham aytib o’tgan edi.
1953 yilda Stenli MillYer bir necha yillar ekspYeriment o’tkazib dastlabki paydo bo’lgan yer Sharoit ning modelini tuzgan edi. EnYergiya bilan tahminlangan ana Shu modelida u juda muhim biologik ahamiyatga ega bo’lgan organik moddalarning sintezini qilgan. Ana Shu usul bilan olim bir qancha aminokislotalarni adenin, ribozani va oddiy qandlarni sintez qilgan. Oparin nazariyasi keng jamoatchilik tomonidan qabul qilingan bo’lsa ham, u murakkab organik moddalardan oddiy organizmlarning paydo bo’liSh muammosini yechib bYerganicha yo’q. Hayotning kelib chiqiSh holatini bioximik evolyutsiya nazariyasi aynan yuqorida aytilganday tushun tiradi. Bu fikrni ko’pchilik biologlar qo’llab quvvatlasalar ham, hayotning kelib chiqiSh detallari to’g’risida ular orasida yagona fikr hozircha yo’q. Oparinning aytiShicha notiriklikdan tiriklik hosil bo’liShida asosiy rolni oqsillar o’ynaydi. Oqsil molekulalari kolloid gidrofil komplekslar hosil qiliSh qobiliyatiga ega bo’lib, ular o’z atrofiga suv molekulalarini biriktirib, qobiq hosil qiladi. Bu komplekslar suv massasidan ajralib suv yuzasida Yerib, o’ziga xos emulsiyani hosil qiladi. Bu komplekslar bir-birlari bilan birlaShib, kolloidlarni suv Sharoit idan ajratadi. Bu jarayon kootsYervatsiya deyiladi. Kolloidlarga boy bo’lgan kootsYervatlar taShqi muhit bilan modda almaShiniSh xususiyatlariga ega bo’lgan bo’liShlari mumkin hamda ular har-xil birikmalarni jumladan kristalloidlarni tanlab yig’iShlari mumkin. Ana Shu kootsYervatlarning kolloid tarkibi ko’pincha taShqi muhit tarkibiga bog’liq bo’lgan bo’liShi mumkin. Turli xil joylardagi ana Shunday hosil bo’lgan har-xil tarkibdagi ”bulhon” kimyoviy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi kootsYervatlarni hosil kilgan va tabiiy bioximik tanlovga xomaShyo yaratib bYergan. Keyinchalik kootsYervatlar tarkibiga kiruvchi moddalar kimyoviy reaktsiyaga kiriShganlar. Xuddi Shunday yo’l bilan kootsYervatlar metall ionlarini qabul qilib, fYermentlarni hosil qilganlar. KootsYervatlar bilan taShqi muhit chegarasida lipidlar molekulalari joylaShib, hujayra membranalarini hosil qiliShgan. Lipid qobig’i kootsYervatorlarda joylaShgan quriliSh va qayta tiklaniSh xususiyatiga ega bo’lgan moddalar molekulalari hammasi birgalikda dastlabki hujayralarni hosil qilgan bo’liShi mumkin. KootsYervatlar kattalaShgan, keyinchalik ular bo’linib, o’zlariga o’xShaSh kootsYervatorlar hosil qiliShgan. Keyingilari esa taShqi muhit komponentlarini ko’proq qabul qiliShgan. Bu jarayon uzluksiz davom etgan bo’liShi mumkin. Ana Shunday birin ketin bo’ladigan hodisalar asta sekin o’z-o’zidan paydo bo’ladigan dastlabki organik moddalar bilan oziqlanadigan primitiv organizmlarning kelib chiqiShiga sabab bo’lgan.
Hayotning paydo bo’liShi to’g’risidagi yuqorida bayon etilgan bioximik nazariyani ko’pchilik qo’llasada biroq yaqinda astronom Fred Xayl hayotning yuqorida yozilgan tariqada paydo bo’liShlik fikrini haqiqatga to’g’ri kelmaydigan aqlsiz tushun cha deb atadi. CHunki, deydi u – bu fikr guyoki chiqindi, axlat ustidan o’tgan to’fon Boing 747 samolyotini yig’iShga olib keladi degan tushun cha bilan tengdir.