O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə61/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132
Evolution MAJMUA

Muhokama uchun savollar

  1. Hayotning paydo bo’liShi to’g’risidagi nazariyalarni tushun tiring.

  2. Bioximik evolyutsiya nazariyasini aytib bYering.

  3. Ilk bor paydo bo’lgan organizmlarning tabiati haqida tushun cha.

  4. Evolyutsiyaning molekulyar asoslarini ayting.

  5. Aramorfoz deganda nimani tushun asiz

  6. Idiotaptatsiya deb nimaga aytiladi

  7. DegenYeratsiya deganda nimani tushun asiz.


Seminar mashg’uloti-2. Yerning tarixi va uni o’rganiSh metodlari.
Reja:
1.Evolyutsion tahlimotning mazmuni va maqsadi.
2.Evolyutsion tahlimotning ilmiy-tadqiqot usullari.
3.Evolyutsion tahlimotning boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi.
4.Evolyutsion tahlimotning axamiyati xamda muammolari.
Xozirda insoniyat tomonidan to’plangan bilimlar Shu qadar kengki, xech bir inson ularni to’liq egallaShga qodir emaslar. Lekin xar birimiz bizni o’rab turgan dunyoni aniq tasavvur qiliShi biz bu dunyoning qanday qonunlar asosida rivojlanishini biliShimiz zarur. Odamzot bu bilimlarsiz o’zini jamiyatning foydali ahzosi deb seza olmaydi, o’zini o’ragan tabiatni baxolay olmaydi xamda kundalik xayotda to’g’ri javob qabul qila olmaydi.
Biologiya xayot xaqidagi fandir. U tirik organizmlarning kelib chiqiShi, tuziliShi, rivojlanishi, o’zi yaShab turgan atrof muxit bilan xamda o’zaro munosabatlarini o’rganadi.
Biologiya eng qadimgi fanlardan biri, ammo ,, biologiya ,, atamasi 1797 yilda nemis olimi T. Ruz ( 1771-1803) tomonidan taklif etilgan. Bu atamaning xamma tomonidan ehtirof etiliSh 1802 yilda frantsuz olimi J. B. Lamark ( 1744-1829 ), L.K. Treviranus ( 1779-1864 ) iShlarida iShlatganlaradan so’ng sodir buldi.
Xozirgi kunda biologiya qator ilmiy fanlarining diffYerentsiatsiyasi va integratsiyasi natijasida Shakillangan kompleks fandir.
Fan - bizni o’rab turgan dunyoni o’rganiShning va biliShning usullaridan biri. Antik dunyoda fanlarning diffYerentsiatsiyasi bo’lgan emas. Keyinchalik bu jarayonning sodir bo’lganligini ko’ramiz. Masalan: Botanikadan mikologiya (zamburug’lar xaqidagi fan, briologiya (moxlar xaqidagi fan), alg’gologiya (suv o’tlarini o’rganuvchi fan), paleobotanika (qadimgi o’simliklvr qoldiqlarini o’rganuvchi va boshqa fanlar ajralib chiqdi. Biologiyaning nisbatan yoSh fanlarida xam diffYerentsiatsiyani kuzatiShimiz mumkin. Masalan: Genetika umumiy va molekulyar genetika, o’simliklar genetikasi, xayvonlar, mikroorganizmlar, odam, populyatsion genetika va boshqa tarmoqlarga bo’linadi. SHu bilan bir qatorda fanlarning bir-biriga yaqinlaShiShini – integratsiyasi xam sodir bo’lmoqda. Masalan: biofizika, biokimyo, radiobiologiya, kosmik biologiya kabilar. Xozirgi vaqtda Yer yuzida 350.000 dan ortiq o’simlik turlari, 100000 ga yaqin zamburug’ turlari, 2,5 mln. dan ortiq xayvon turlari xamda katta sondagi prokariotlardan taShkil topgan. Olimlar tinimsiz yangi turlarni topiSh va ularni tasvirlaSh bilan maShg’uldirlar. Tirik organizmlarning umumiy xossalarini aniqlaSh, ular xilma-xilligining sabablarini tushun tiriSh, tuziliShlari bilan atrof muxit Sharoit lari bilan o’zaro aloqalarini o’rganiSh biologiyaning vazifasi xisoblanadi. Bu fanda muxim o’rinni organik olamning kelib chiqiShi va Yerda xayotning rivojlanishi qonuniyatlari xaqidagi fan evolyutsion tahlimot egallaydi. Bu qonunlarni biliShlik ilmiy dunyoqaraShning asosini xamda amaliy masalalarni yechiShning poydevori xisoblanadi.
,, Evolyutsiya,, yermini ostida boShlang’ich xolatning makon va zamonda qandaydir bir yangilik paydo bo’liShiga olib keluvchi asta – sekinlik bilan bo’ladigan o’zgariShi tushun iladi. Biologik evolyutsya boshqa evolyutsiyalardan tubdan farq qiladi. Uning asosida ajoyib jarayon – makromolekula va tirik organizmlarning o’zini – o’zi yangilaSh xodisasi yotadi. Biologik evolyutsiya sodir bo’ladigan jarayonlar va natijalari bo’yicha turli – tuman. Biologik evolyutsiya – qaytarilmas jarayon, populyatsiyalar genetik tarkibining o’zgariShi, adaptatsiya ( moslaniShlar)ning ShakilaniShi, turlarning paydo bo’liShi va o’liShi, biogeotsenoz va biosfYeraning butun xolida qayta xosil bo’liShi bilan amalga oShadigan, mahlum darajada tirik tabiatning yo’naltirilgan tarixiy taraqqiyotidir.
Xususiy fanlarning dalillariga asoslangan xolda CH.Darvin asos solgan tiriklikning umumiy qonuniyatlari va tarixiy taraqqiyotini xarakatlantiruvchi kuchlarni evalyutsion tahlimot o’rganadi. Xozirgi zamon evolyutsion tahlimotinig asosini CH. Darvinning Evolyutsiyaning boSh xarakatlantiruvchi va yo’naltiruvchi kuchi bo’lgan tabiiy tanlaniShning yetakchi roli xaqidagi tasvirlar yotar ekan, evolyutsion tahlimot xaqli raviShda darvinizm deb ataliShiga xaqlidir. Evolyutsion tahlimotni xar xil fanlardan yig’ib olgan dalillardan iborat deb tushun iSh xato bo’lur edi. Evolyutsion tahlimot evolyutsiyaning umumiy qonuniyatlarini biliSh zaruratidan kelib chiqqan xolda masalalarni mustaqil raviShda yechadi.
Evolyutsion tag’limotning asosiy maqsadi- organik dunyoning tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlaSh va ular asosida bu jarayonlarni boshqariShdan iboratdir.
Evolyutsiya qonuniyatlarini Shunchaki biliSh emas, balki ularni o’sib borayotgan insoniyat talablarini qondiriSh yo’lida aloxida olingan tirik organizmlar va tabiatni qayta tuziShdagi muammolarni boshqariShda muxim axamiyat kasb etadi. Evolyutsion yondaShiSh biologiyaning barcha tarmoqlari uchun muxim. Biologiyada xar qanday faktni tabiiy – ilmiy raviShda evolyutsion nuqtai nazarda yondaShmasdan turib tushun tiriSh mumkin emas.
Tirik tabiat turli xil tuziliSh darajadagi va bir-biriga bo’ysinadigan biologik sistemalarning ( sistema – yunoncha bo’lib o’zaro bog’langan qisimlardan taShkil topgan yaxlit degan mahnoni beradi) yigindisidan iborat. Olimlar hayotning bir qancha tuziliSh darajalarini farqlaydilar: molekulyar, xujayra, to’qima, organ, organizm, populyatsion tur, biogeotsenotik, biosfyera.
Evolyutsiya mexanizmlari xayotning molekula darajasidan tortib, to biosfYera darajasigacha qamrab oladi. Ammo asosiy evolyutsion xodisalar molekula, xujayra, organizm, populyatsiya-tur va biogeotsenotik darajalarda kuzatiladi. Masalan biror bir o’simlikda xayotning tuziliShi darajalari quyidagi tartibda o’rganiladi: O’simlik (organizm ) ­­­­­­­­– barg (organ) – assimilyatsion – xujayra – xujayra to’qimasi organoid ( mitoxondriya ) – ulg’trastruktura – molekulyar struktura ­– strukturaviy oqsil.
1. Molekulyar daraja – tiriklik tuziliShining eng chuqur darajasi bo’lib, organik moddalar – oqsil, nuklein kisllotalar, uglevodlar, yog’lar molekulalaridan taShkil topadi. Aynan Shu tuziliSh darajada organizm xayot faoliyatining eng muxim jarayonlari boShlanadi: moddalar almaShinuvi va enYergiya almaShinuvi, irsiy axborotni uzatiSh va boshqalar sodir bo’ladi.
2. Xujayra – strukturaviy va funktsional birlik, Shuningdek barcha turli organizmlarning ko’payiShi va rivojlanish birligi. Xayotning noxujayraviy formasi yo’q, viruslarning mavjudligi bu qoidani tasdiqlaydi, chunki ular tirik sistemalarga xos xususiyatlarni xujayra ichidagina namayon etadilar.
3. To’qima – tuziliShi o’xShaSh xujayralar va xujayralararo moddalari. Umumiy funktsiyani bajariShga birlaShtirilgan xujayralar tuziliShi va xujayralararo moddalari ( o’xShaSh bo’lgan) xujayralarning yig’indisi.
4. Organ – aksariyat xayvonlarda organ – bir qancha tipdagi to’qimalarning strukturaviy funktsional birlaShmasi. Masalan inson tYerisi organ sifatida epiteliya va biriktiruvchi to’qimalarni o’z ichiga oladi, ular birgalikda bir qator funktsiyalarni bajaradilar. Ular orasida eng muximi – ximoya.
5. Organizm. Mustaqil yaShaShga qobiliyatli bo’lgan bir butun yaxlit bir xujayrali yoki ko’pxujayrali tirik sistema.
Ko’pxujayrali organizm – xar xil funktsiyalarni bajariShga ixtisoslaShgan to’qima va organlar yig’indisidan xosil bo’lgan.
6. Populyatsion – tur – organizmdan yukori tartibli populyatsiyalar tizimini xosil kilidigan yaShaSh joyi bir bulgan bir turga mansub organizmlar yig’indisi.
7. Biogeotsenoz – tuziliSh darajasi turlicha murakkablikda bo’lgan va xar xil turlarga mansub organizmlar yig’indisi. Biogetsenozning asosiy funktsiyasi – enYergiyani akkumilyatsiya qiliSh va qayta taqsimlaSh.
BiosfYera tiriklik tuziliShining eng yuqori darajasi. Unda tirik va notirik ajratiladi. Barcha tirik organizmlarning yig’indisi. Bu darajada moddalar va enYergiya aylaniShi sodir bo’ladi.
Evolyutsiyani isbotlaSh evolyutsion jarayonlarni o’rganiSh metodlari bilan bog’lanib ketadi. Barcha tirik organizmlar tuziliShining asosida oqsil tipidagi murakkab yuqori molekulali moddalar yotadi. Barcha tirik formalarda DNK irsiy axboratni saqlovchi substrat bo’lib oqsillar bilan juda yaqin aloqada bo’lib nukleoproteidlarni hosil qiladi. ( baktYeriyalar bundan mustasno ). Xayvon va o’simliklar kimyoviy tarkibining bir butunligi xlorofil ( o’simliklarda ), gemoglobin (umurtqalilarda ) va gemotsianin (umurtqasizlarda) tuziliShlarining printsipial o’xShaShligi bilan isbotlanadi. Barcha tirik organizmlarda asosiy biokimyoviy jarayoonlar: oksidlaniShi, glikoliz, yog’ kislatalarning parchalaniShi, spetsifik moddalarning xujayra membranasi orqali o’tiShi kabilar o’xShaShdir. Umumiy kimyoviy tarkib va moddalar almaShinuvining xususiyatlari Yerda xayotning biokimyoviy jixatdan univYersalligi xaqidagi xulosaga olib keladi va u xayot kelib chiqiShining bir butunligini isbotlovchi dalillardan biridir. Xar bir biogeografik oblastlardagi o’ziga xos xayvonot va o’simliklar dunyosi Yer Shari tabiiy-geografik kobig’ining ShakllaniShi bilan tushun tirildi. Xozirda mavjud turlarni Shajara daraxtining oxirgi Shoxlari deb faraz qiladigan bo’lsak, u xolda asosiy tana va pastki Shoxlar o’tmiShda yo’q bo’lib ketganlar. Bunda yaqin qarindoSh turlar bita avlodga(turkumga), yaqin qarindoSh avlodlar oilalarga ,oilalar guruhi-turkumlarga(xayvonlarda) va tartib( o’simliklarda) birlaShadi.
Tabiatda bu taksonlar ( avlod– oila– turkum) o’rtasida uziliShlar mavjud. Bu oraliq formalarning yo’qligi bilan izoxlanadi. Paleontologik tadqiqotlar bu uziliShlarni imkon darajasida to’ldirib bormoqdalar.
Genetika va selektsiya evolyutsion jarayonlarning boriShini isbot etadilar. Sunhiy tanlaSh orqasida chiqarilgan xonaki it zotlarining xilma –xil formalari umumiy yovvoyi ajdodlardan kelib chiqqani bilan xaraktYerlanadilar.
Evolyutson tahlimot uchun populyatsiyalarda qaytarilmas jarayon xisoblanuvchi xar xil olimlar chastatalarning o’zgariShi bilan bog’liq populyatsion genetika taraqqiyoti muxim axamiyat kasb etadi. Olingan dalillar evolyutsion jarayonning mavjudligini isbotlab qolmasdan, balki bu jarayonning qonuniyatlarini, uning tirik matYeriya tuzuliShining xar xil darajalarida qay tariqa sodir bo’liShini aniqlaSh imkonini beradi.
Evolyutsion jarayonni o’rganiShning asosiy metodlari.
Evolyutsion g’oyalarning fanlarga kirib boriShiga asoslangan xolda eng asosiy metodlar ustida to’xtab o’tamiz: ular – paleontologik, biogeografik, morfalogik, embriologik, sistematik, so’ng genetik, biokimyo, molekulyar biologiya.
Paleontologik metod: aslida paleontologiyaning barcha metodlari evolyutsion jarayonni o’rganiShga yordam beradi. Biz bu yerda eng asosiylari ustida to’xtalamiz.
1.Qazilma oraliq formalarni aniqlaSh
2.Filogenetik qatorlarni tiklaSh
3.Qazilma formalarning ketma-ketligini aniqlaSh
Qazilma oraliq formalar nisbatan qadimgi va yoSh guruxlarning belgilarini o’zida jamlangan organizm formalari. Buning yaqqol misoli sifatida baliqlar bilan quruqlik umurtqalilarini bog’lovchi oraliq forma qazilma ixtiosegani ko’rsatiShi mumkin. Eng qadimgi qurukliqqa chiqqan umurtqalilardan stegotsefalar xam bir qator baliqsimon xususiyatlari saqlab qolganlar. Reptiliyalardan quShlarga o’tiShidagi oraliq forma yura davrning dastlabki quShi arxeoptYeriks xisoblanadi. Ularda reptiliyalarga xos dum, qo’Shilmagan umurtqalar, qorin qovurg’alari, tiShlari bo’lgan. QuShlarga xos tanasi pat bilan qoplangan, oldingi kamar suyaklari qanotga aylangan (1-rasm). Reptiliyalardan sut emizuvchilarga o’tiShida yirtqichsimon reptiliya-tYerapsid oraliq forma xisoblanadi.




Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin