O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə69/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   132
Evolution MAJMUA

Qadimgi bir hujayraliklar
Ko’p hujayrali organizmlarning kelib chiqiShi
Paleontologiya dastlabki ko’p: hujayrali organizmlar qanday paydo bo’lganligini isbotlovchi birorta dalilga ega emas. SHuni ehtiborga olib, olimlar biogenetik qonunni diqqat markazda tutgan holda dastlabki ko’p hujayrali organizmlarning qanday paydo bo’lganligi muammosini hal etiShga urindilar. Dastlabki ko’p hujayrali organizmlarning paydo bo’liShiga oid bir qancha gipotezalar mavjud. I. Haji, G. Gekkelg’, R. MankestYer, O. Byuchli, V. Zalenskiy, I. Mechnikov va boshqa olimlarning gipotezalari Shular jumlasidandir. Ular orasida Mechnikovning fagotsitella gipotezasi ko’proq dikqatga sazovordir. Mahlumki, har qanday ko’p hujayrali hayvon individual rivojlanishini urug’langan tuxum, ya’ni zigotadan boShlaydi. Zigota uzunasiga ikki marta bo’liniShi natijasida to’rtta blastomYer hosil bo’ladi. Keyin blastomYerlar ko’ndalangiga bo’linadi va 8 ta blastomYer hosil bo’ladi. SHunday ketma-ket bo’liniSh natijasida embriondan oldin morula, so’ng bir qavatli blastula va ikki qavatli gastrula hosil bo’ladi. Ikki qavatli embrion bosqichning vujudga keliShi invagenatsiya, immigratsiya hamda delyaminatsiya usulida amalga oShadi. Aksariyat ko’p hujayrali hayvonlarda gastrula bosqichi invagenatsiya usulida ro’yobga chiqadi. Bunda blastula bosqichidagi embrionning bir qutbidagi hujayralar ichkariga botib kirib, entodYerma qavat hosil qiladi. Botib kirmagan taShqi tomoni esa ektodYerma qavatga aylanadi. Delyaminatsiya usulida esa morula bosqichidagi embrion hujayrasining har biri uzunasiga ikkiga bo’linadi. TaShqi hujayralar ektodYerma, ichki hujayralar entodYerma qavat hosil qiladi. Birmuncha sodda tuzilgan ko’p hujayralilarda, masalan, kovakichlilar va bulutlarda immigratsiya amalga oShadi, bunda embrionning blastula qavat hujayralarining bir qismi ichkariga botib kiradi, so’ngra ularning migratsiyasi tufayli ikkinchi qavat — entodYerma hosil bo’ladi. Ichkariga kirgan bu hujayralar o’z faoliyatining xaraktYeriga ko’ra, fagotsitlarga o’xShab ketadi. Ular amyobasimon harakat qila oladi. OziqlaniShi ham sodda bo’lib, hujayra ichida ro’y beradi. Ikki qavatli gastrulaning ana Shu yo’l bilan hosil bo’liShi Mechnikov mulohazasiga ko’ra, oddiy usul hisoblanadi. Ko’p hujayrali hayvonlar ontogenezining ilk bosqichlari xususiyatlarini o’rganiSh bir hujayrali organizmlardan qanday qilib dastlabki ko’p hujayrali organizmlar rivojlanishining umumiy yo’lini tasavvur etiShga imkon berdi. Taxminlarga ko’ra, dastlabki ko’p hujayrali organizmlarning ajdodi xivchinli bir hujayrali organizmlar bo’lgan. Buning bir qancha asoslari bor. Avvalo, xivchinlar bir xujayrali organizmlarning eng soddalari hisoblanadi. Ular orasida hayvonlarga xos getYerotrof oziqlanadigan va o’simliklarga o’xShaSh avtotrof oziqlanadigan formalar bor. Har qanday ko’p hujayrali organizm ontogenezini boShlab beradigan hujayraning uzunasiga bo’liniShi ham faqat xivchinlilarda ro’y beradi. Koloniya bo’lib yaShaydigan formalarining paydo bo’liShi ko’p hujayralilarning tarixiy rivojlanishida dastlabki qadam bo’lib xizmat qiladi. Bo’liniSh natijasida hosil bo’lgan ayrim hujayralar tarqalib ketmasdan, koloniya hosil qiliShi ham xivchinlilarga xos xususiyatdir. Xivchinlilar orasida uchraydigan 16 ta (pandorina) yoki 32 ta (eudorina) hujayradan taShkil topgan koloniya bo’lib yaShaydigan formalar yuqoridagi fikrning dalilidir.


Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin