Uchinchi bosqich dastlabki tirik organizmlarning paydo bo’liShi. KoatsYervat tomchilar kattalashgandan so’ng mayda tomchilarga parchalanadi. Foks tajribalarida proteinoidlarning kontsentrlangan suvli Yeritmasi 130—180° da qaynatilganda, 1—2 mkm hajmdagi mikrosfyerani hosil qilgan. Bunday Yeritmalarda lipidlar bo’lmasa ham, mikrosfYeralar hujayraning ikki qavatli lipid membranasiga o’xShaSh qavat hosil qilgan. Qulay Sharoit da bunday mikrosyeralar Yeritmadagi proteinoidlar hisobiga o’sgan va xuddi baktYeriyalar singari bo’lingan. KoatsYervat tomchilar o’z ximizmi bilan farqlangan. KoatsYervat tomchilardan katalizator xossasiga ega bo’lganlar ko’proq polimYerlangan va uzoq yaShagan. QoatsYervat tomchilarning taShqi muhitdan enYergiya va moddalarni o’zlaShtirganlari yaShab qolib bo’lingan. Lekin ular tirikka yaqin bo’lsa ham, xali ularni hayot deb bo’lmas edi. Dastlabki stabillaShgan probionitlar avtokatalik, nuklein kislotalardan iborat koatsYervat tomchilar Shaklida bo’lgan, degan faraz bor. Binobarin, dastlabki davrlarda nuklein kislotalar bilan oqsil, molekulalarining qo’ShiliShi ehtimoli ro’y bYergan. Bunda nuklein kislota avtokatalizator va matritsa, oqsil esa qurilma va himoya vazifasini o’tagan bo’liShi mumkin. Bunday turg’un sistemalarni Oparin Shartli raviShda probiontlar deb atagan. Uning ko’rsatiShicha, probiontlarning keyingi evolyutsiyasi moddalar almaShinuvi jarayonlarini uyuShtiradigan «apparat mexanizm» larining aktivlaShiShi bilan uzviy bog’liq bo’lgan. Probiontlarda moddalar almaShinuvining sekin-asta murakkablaShuvi natijasida progressiv evolyutsiya yanada yuqori aktivlikka ega katalizatorlar fYermentlarni vujudga keltirgan. SHunday qilib, tarixiy jarayonda, Oparin uqtiriShicha, tirik sistema bir butun holicha, Shuningdek uning ayrim mexanizmlari takomillaSha borgan, moddalar almaShinuvi va o’z-o’zini ko’paytira oliSh tirik hujayraning eng asosiy xossasidir. Xoldeyn va Oparin hayot paydo bo’liShi-dagi dastlabki xossasi har xil talqin qilganlar. Oparin hayot paydo bo’liShidan oldin moddalar almaShinuvi xossasi, Xoldeyn esa o’z-o’zini ko’paytira oliSh xossasi kelib chiqqan, degan fikrni, quvvatlaydilar.