4. Hayvonlarning bir plan asosida tuzilganligi haqida Sent-IlYer Frantsuz olimi Etg’en Joffrua Sent-IlYer (1772—1844) o’z dunyoqaraShi bilan J. Kyuvg’ega tamomila qarama-qarShi edi. Agar Kyuvg’e kreatsionizm va teleologiya oqimlarining himoyachisi bo’lsa, Sent-IlYer ilg’or transformizm oqimining ko’zga ko’ringan namoyandasi edi. Qyuvg’e hayvonlar to’rt plan asosida yaratilgan desa, Sent-IlYer ular bir plan asosida tuzilganligini tahkidlagan. Buni isbotlaSh uchun u qiyosiy anatomiya, em-briologiya fanlari dalillariga murojaat qilgan. Masalan, umurtqali hayvonlarning oldingi oyoqlari (odamning qo’li, ko’rShapalak va quShlarning qanoti, ko’rsichqonning yer qazuvchi oyoqlari, kitning suzgich oyoqlari) o’zaro taqqoslansa, ular yelka, bilak-tirsak, kaft ust, kaft va barmoq suyaklaridan iborat ekanligi mahlum bo’ladi. Binobarin, ular har xil vazifa bajariShidan qathi nazar, tuziliShi o’zaro o’xShaSh. Bunday organlarni Sent-IlYer analoglar deb atagan. Aslini olganda, Sent-IlYer tahriflagan analogik organlar hozirgi zamon biologiya fanidagi gomologik organlarga mos keladi. CHunki hozir analogik organlar deyilganda, funktsiyasi o’xShaSh, kelib chiqi-Shi va tuziliShi har xil bo’lgan organlar, gomologik organlar deyilganda esa funktsiyasi har xil, kelib chiqiShi va tuziliShi o’xShaSh bo’lgan organlar tushun iladi. Sent-IlYer fikriga ko’ra, analogik organlar organizmda muayyai o’rin egallaydi. Ularning tuziliShi o’zgariShi mumkin, ammo joylaShgan o’rni o’z-garmaydi. Hayvonlarning bir plan asosida tuzilganligini is-botlaSh uchun u yana qiyosiy embriologiyadan ham foydalandi. Sent-IlYer baliqning kalla suyagini sut emizuvchilar embrionining kalla suyagi bilan o’zaro taqqoslab, ularda suyaklaniSh markazlari, suyaklarning joylaniShi bir tipda ekanligini aniqlaydi. Embriologik tadqik.otlar tufayli kit va parran-da embrionining jag’larida boShlang’ich tiShlar bo’liShini ham aniqladi. U ana Shu dalillarga asoslanib, yetuk organizmlarda u yoki bu organ yoxud qismlarning bo’lmasligi reduktsiya natija-sidir, degan xulosaga keldi. Uning fikricha, umurtqali hayvonlarning bir plan asosida tuzilganligini rudimentar organlar misolida ham isbotlaSh mumkin. AvstraliyatuyaquShi — kazuar qanotining tYeri osti rudimenti, odamda ko’r parda — mijja borligi rudimentar organlarga misol bo’ladi. Sent-IlYer hayvonlarning organi «muvozanat printsipi» asosida o’zgariShini, ya’ni har bir hayvonda barcha organlar kurtagi mavjudligini, muhit tahsiriga qarab, ular orasidan ba’zi organlar kuchli, boshqalari kuchsiz rivojlanishini, boshqa or-ganlar hisobiga ba’zi organ kuchli rivojlanishi yoki rivojlanmay qoliShini tahkidlaydi. Masalan, baqaning individual rivojlanishida jabrasi reduktsiyalaniShi hisobiga o’pkasi kuchli rivojlanadi va hokazo.
S ent-IlYer har bir hayvon mahlum maqsadlarni ko’zlab yaratilgan, degan teleologik printsipga qarShi chiqdi. U or-ganizmlarning o’zgariShida taShqi muhit nihoyatda katta rolg’ o’ynaShini ko’rsatib, masalan, meva bog’larida ba’zi yillari nokning mevasi Shirin, yirik bo’lsa, boshqa yillarda, aksincha, mayda va nordon bo’liShini bu o’zgariShlar bir necha asr davom etsa, orga-nik formalar ancha keskin va keng ko’lamda o’zgariShini, bir xil formadan boshqa xil formalar kelib chiqiShini
J. Sent –IlYer qayd qildi. Sent-IlYer Yer yuzida doimiy o’zgariSh bo’ladi, nati-jada har
xil geologik davrlarga mansub hayvonlar vujudga keladi, deb ehtirof qildi. Uning fikricha, organizmlar asta-sekin o’zgaradi, ayrim hollarda esa o’zgariSh to’satdan, ya’ni sakraSh yo’li bilan ham vujudga keliShi mumkin. Buni isbotlaSh uchun u jabra bilan nafas oladigan itbaliqning suvdan quruqlikka o’tiShi nati-jasida birdaniga o’pka bilan nafas oladigan baqaga aylani-Shini misol qilib keltiradi. Sent-IlYer Shu singari dalil-larga asoslanib tabiat, barcha hayvonlar bir plan, o’xShaSh printsip asosida tuzilgan, lekin ular qismlari bilan bir-biridan farq qiladi, deb tahkidlaydi. Bu g’oyaning to’g’riligi-ni isbotlaSh maqsadida u tamomila nomaqbul misollarga murojaat etdi. Masalan, bo’g’imoyoqlilar o’zgargan umurtqali hayvonlardir, degan xulosaga keldi, umurtqalilarda nYerv sistemasi tanasining orqa, bo’g’kmoyoqlilarda esa qorin tomonida joylaShgan, agar bo’g’imoyoqlilar to’nkarilsa, umurtqali hay-vonlarga o’xShaSh bo’liShi mumkin deydi. Uning haSharotlarning segmenti umurtqali hayvonlarning umurtqasi bilan, oyoqlari esa qovurg’asi bilan o’zaro o’xShaSh, degan mulohazasi hech bir dalilga asoslanmagan xato fikr edi. Albatta, o’sha davrda barcha hayvonlar bir plan asosida tu-zilgan, umurtqasiz hayvonlar bilan umurtqali hayvonlarning tuziliShi o’xShaSh, degan fikrlarni asoslaSh uchun dalillar yetarli emas edi. Faqat XIX asrning oxiriga kelib, atoqli rus olimlari A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikovlarning embrio-logiya sohasidagi tadqiqotlari natijasida umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning kelib chiqiShi bir ekanligi isbot-lab berildi.
Kreatsionizm bilan transformizm o’rtasidagi kuraSh. 1830 yili Sent-IlYer Shogirdlaridan bo’lgan Loranse va Meyran frantsiya Fanlar Akademiyasiga boShoyoqli mollyuska — sepiyaning tuziliShiga doir tekShiriShlar yakunini taqdim qildilar. YeSh olimlar o’z ustozlarining g’oyalariga asoslanib, barcha hayvonlar bir xil plan asosida tuzilganligini, jumladan, boShoyoqli mollyuska — sepiya tuziliShiga ko’ra umurtqali hayvonlarga o’xShaShligini ehtirof etdilar. Kyuvg’e yoSh olimlar iShining natijasiga va Sent-IlYerning barcha hayvonlar bir plan asosida tuzilgan, degan g’oyasiga o’zining barcha hayvonlar to’rt plan asosida tuzilgan, degan tahlimotini qarama-qarShi qo’ydi. Natijada ikki yirik olim o’rtasida munozara boShlandi. Munozara jarayonida Kyuvg’e barcha hayvonlar o’zgarmas, qotib qolgan, har bir hayvon mahlum maqsadlar uchun yaratil-gan, degan reaktsion g’oyasini targ’ib qildi. Sent-IlYer esa xilma-xil hayvonlarning tuziliShi bir xil, ular o’zgaruvchan ekanligini bildiruvchi transformizm g’oyasini ilgari surdi. Bu ikki yirik olim o’rtasidagi munozara ikki oy davom etdi va oxirida Kyuvg’e g’olib chiqdi. CHunki Sent-IlYer hayvonlar bir plan asosida tuzilganligini yetarli dalillar bilan isbotlab bYera olmadi. Bu munozara o’sha davrda katta voqea sifa-tida tan olindi. CHunki u faqat ikki olim o’rtasidagi muno-zara bo’lib qolmay, balki ikki dunyoqaraSh: kreatsionizm va transformizm, evolyutsionizm o’rtasidagi munozara edi. SHunday qilib, Qyuvg’ening g’alabasi bilan tugagan bu munozara bir qancha vaqtgacha transformizm va evolyutsionizm g’oya-larining rivojlanishiga to’sqinlik qildi.