Seminar mashg’uloti-5. Darvinga qadar bo’lgan davrda organik olamning kelib chiqiShi haqidagi tasavvurlarning tanqidiy tahlili. XV asrning yarmiga kelib, Yevropa mamlakatlarida feodalizm o’rniga burjuaziya hokimiyati o’rnatildi. Natijada sanoat markazlari, yirik Shaharlar bunyod etildi, fan, texnika birmuncha rivojlandi. Uzoq safarlarga chiqiSh, o’zga mamlakatlami bosib oliSh, ularning tabiiy boyliklarini talaSh, xalqni ekspluatatsiya qiliSh avj oldi. Yirik Sha-harlarda botanika va hayvonot bog’lari taShkil etildi. Boshqa yerlardan yevropaliklarga notaniSh ko’pgina o’simlik va hayvon turlari keltirildi.
Bularning hammasi o’simlik va hayvonlarni o’rganiShga katta qiziqiSh uyg’otdi. Natijada kiShilarning o’simliklar va hayvonlar to’g’risidagi bilimlari antik dunyoga nis-batan bir necha marta ortdi. Botanika, zoologiya fanlarining yanada rivojlanishi uchun awal ma’lum bo’lgan o’simlik va hayvon turlarini guruhlaSh ehtiyoji tug’ildi. Bu masala bilan maShhur Shved olimi Karl Linney Shug’ullandi. Olim o’simlik va hayvonlar sistematikasiga asos soldi. U 10 mingdan ortiq o’simlik, 4200 dan ortiq hayvon turlarini tasvirlab berdi.
Lenney turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkum-larga, turkumlarni sinflarga birlaShtirdi. Siz quyi sinflarda botanika, zoologiya fanlarini o’qiganingizda suvo’tlar, sporali o’simliklar, ochiq va yopiq urug’lilar, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning bir qan-cha tiplari, sinflari, turkumlari, oilalari, avlod va turlari bilan taniShgansiz. Hozirgi vaqtda biologiya fanining turli sohalari juda rivojlanib ketgan. SHu sababli, o’simlik va hayvonlarni sistemaga solganda ularning bir qancha belgi, xossalari eotiborga olinadi. Bu esa, o’z navbatida, tirik mavjudotlami qon-qarindoShligiga asoslanib sistema tuziSh imkonini beradi.
Linney zamonida esa, biologiyaning juda ko’p sohalari hali rivojlanmagan edi. SHu sababli, u o’simlik va hayvonlarning ayrim belgilarigagina asoslangan holda sunoiy sistema tuziShga muvaffaq bo’ldi. Linney barcha o’simliklarni changdonlari soniga, changchi iplarining uzun-qisqaligiga va birlaShiShiga qarab 24 sinfga, hayvonlarni esa tuziiiShiga qarab 6 sinfga kiritdi. Ular sutemizuvchilar, quShlar, amfibiyalar (sudralib yuruvchilar, suvda ham quruqda yaShovchilar) baliqlar, haSharotlar hamda chuvaichangiar sinfi edi. Linneyning umurtqali hayvonlar sistemasi to’g’risidagi fikrlari nisbatan to’g’ri bo’lsa-da, umurtqasiz hayvonlarda uning sunoiyligi ko’zga yaqqol taShlanadi. Umurtqasiz hayvonlarning haSharotlardan taShqari barcha vakillari chuvalchanglar sin-figa kiritiliShi bunga yaqqol misoldir.
Linney sistemasida ko’p hayvonlar to’g’ri joylaShtirilgan. CHunonchi, uning sute-mizuvchilar, quShlar, baliqlar to’g’risidagi sistemasi hanuzgacha o’z qimmatini yo’qot-gani yo’q.
K.Linneyning hayvonlar sistemasiga qaraganda J.B.Lamark (1744—1829) tomonidan tuzilgan hayvonlar sistemasi birmuncha afzalliklarga ega.