Bir hujayrali organizmlarning kelib chiqishi. Yaqin vaqtgacha hayotning eng qadimgi formalari to’g’risidagi ma’lumotlar juda kam edi. Bunga asosiy sabab ana Shu hayot formalari juda mayda va yumShoq tanali ekanligidir. CHunonchi, kembriy davrigacha bo’lgan yer qatlamlarida faqat meduza, xilma-xil chuvalchanglar, qisman bulutlarning toShga aylangan nusxalari topilgan edi. Albatta, bu qazilmalar hayotning qadimgi formalari haqida birmuncha tasavvur hosil qiliShga imkon yaratib, paleontologik solnomani 100 mln yil orqaga surgan bo’lsada, lekin hayotning eng qadimgi formalari qanday bo’lgan, degan muammoni yecha olmadi. Kembriy davrigacha bo’lgan hayot izlarini axtariShda XX asr boShida Charlz Uolkott topgan stromatolitlar muhim ahamiyat kasb etdi. U Kanadaning g’arbida topilgan ohakdan iborat g’ovak tepaliklar va ustunlarni tekShirib, bu riflar suv o’tlaridan iborat, deb taxmin qildi. Keyinchalik olimning bu taxmini to’laligicha tasdiqlandi. 1954 yili Steli A. TaylYer Ontarioda topilgan qazilmalarni tekShirib, ular ko’k-yaShil suvo’tlar va baktYeriyalardan iborat ekanligini isbotladi. Avstraliyaning g’arbiy qirg’oqlaridagi suvi juda Sho’r, Shunga ko’ra umurtqasiz hayvonlar bo’lmagan SHarq ko’rfazida tirik stromatolitlarni topdi va ular kembriy davrigacha yaShagan ko’k-yaShil suvo’tlar bilan baktYeriyalarga o’xShaShligini mahlum qildi.
Avstraliyaning SHarq ko’rfazida yashovchi tirik stromatolitlar Hozirgacha qadimgi ko’k-yaShil suvo’tlar, baktYeriyalardan iborat qazilma xoldagi 45 dan ortiq stromatolitlar topilgan. Prokariot organizmlardan iborat bo’lgan qadimgi baktYeriyalar bundan 3,5 mlrd yil ilgari yaShagan. Hozir baktYeriyalarning ikki oilasi — qadimgi, ya’ni arxebaktYeriyalar va eubaktYeriyalar mavjud. ArxebaktYeriyalar Sho’r suvlarda, yuqori tempYeratura muhitida, metan gaziga boy joylarda yaShaydi, Taxmin qiliniShicha, 3 mlrd yil mobaynida Yerdagi hayot faqat ibtidoiy mikroorganizmlar Shaklida bo’lgan. Ular bir hujayrali bo’lib, anaYerob Sharoit da yaShab, elektr uchqunlari, ulg’trabinafSha nurlar yordamida abiogen yo’l bilan hosil bo’lgan organik moddalar enYergiyasidan foydalangan (5-rasm). Eukariotlar paydo bo’lguncha Yerdagi yakkayu yagona mavjudotlar bo’lgan prokariotlarning xilma-xilligi eukariotlarga nisbatan anchagina kam bo’lsa ham, biroq metabolizm va bioximiyasi bo’yicha ular nihoyatda turli-tuman bo’lgan.