Asosiy qism: Ma’ruza mashg`ulotlari Kirish. Evolyutsion ta’limot fanining predmeti.Evolyutsion ta’limotning fan sifatida rivojlanishi. Evolyutsion ta’limot kursining mazmuni, vazifalari. Evolyutsion biologiyaning yaratilish yo’llari. Evolyutsiyada muammoli masalalar: Tabiat muhofazasi va evolyutsion ta’limot. Selektsiya va evolyutsion ta’limot. Tibbiyot va evolyutsion ta’limot.
Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: Kirish ma’ruzasi, muammoli ta`lim. Munozara, blits, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A-1, A-2, A-4, Q-1, Q-3, Q-4
Yerda hayotning paydo bo’lishi. Hayot va uning Yerda paydo bo’lishi.Hayotning mohiyati. Hayot tushunchasining ta’riflari. Hayotning paydo bo’lishi haqidagi farazlar. Kimyoviy va biologik evolyutsiya. Geoxronologiya haqida tushuncha.
Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: Muammoli ma’ruza, muammoli ta`lim. Munozara, blits, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A-1, A-2, A-4, Q-1, Q-3, Q-4
Tabiat haqidagi ilk tasavvurlarning shakllanishi. Qadimiy sharq mamlakatlari - Misr, Hindiston, Xitoyda tabiat haqidagi ilk tasavvurlarning shakllanishi. Qadimgi Yunoniston va Rimda tabiat va uning o’zgarishi haqidagi fikrlar. O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashagan mutafakkirlarning tabiatshunoslik rivojiga qo’shgan hissalari. Markaziy Osiyoda tabiat va ekologiyaga doir tushunchalarning rivojlanishi. Tabiat fani taraqqiyotida metafizika davri.
Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: Sharhlovchi ma’ruza, muammoli ta`lim. Munozara, blits, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A-1, A-2, A-3, Q-2, Q-3, Q-4
Evolyutsion ta’limotning rivojlanishi. XIX asrning birinchi yarmida tabiat fanidagi yutuqlar.CH.Darvinning evolyutsion ta’limoti. Tabiiy tanlanish ta’rifi. Divergentsiya va konvergentsiya. CH. Darvindan so’ng evolyutsion ta’limotning rivojlanishi. Evolyutsion ta’limot rivojlanishining bosqichlari.
Qo’llaniladigan ta`lim texnologiyalari: Vizual ma’ruza, muammoli ta`lim. Munozara, blits, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A-1, A-2, A-4, Q-1, Q-2, Q-3
Mikroevolyutsiya. Tur ichida sodir bo’ladigan evolyutsion jarayonlari. Populyatsiya-evolyutsiyaning boshlang’ich birligi. Xardi-Vaynberg qonuni. Mutatsiya. Populyatsiya genofondi. Mutatsion jarayon, populyatsiya to’lqini, alohidalanish. Migratsiya. Tabiiy tanlanish.Tabiiy tanlanish - evolyutsiyaning harakatlantiruvchi va yo’naltiruvchi bosh kuchi. Tabiiy tanlanishning asosiy shakllari.