1.1. O`quv fanining maq`sadi va vazifalari: Fanni o`q`itishdan maqsad - talabalarga organik olamning tarixiy rivojlanishi va uni idora etishning umumiy q`onuniyatlari haqida zamon talablari darajasida bilim berishdir. Evolyutsion ta`limot fani - talabalarda materialistik dunyo- q`arashni shakllantirishda muhim rol o`ynaydi.
Fanning vazifasi - organik olam evolyutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi kuchlari - o`zgaruvchanlik, irsiyat va tabiiy tanlanish, madaniy formalar evolyutsiyasining omillaridan bo`lgan sun`iy tanlash, hozirgi tirik organizmlarning funktsiyalarini o`rganish, Yerda hayotning paydo bo`lishi, populyatsiyalarning genetik tarkibi, moslanishlarning shakllanishi, turlarning paydo bo`lishi, makroevolyutsiya va uning qonuniyatlari, ontogenez va filogenez, evolyutsion jarayonning asosiy yo`nalishlari, odamning paydo bo`lishi masalalarini chuqur o`rgatishdan iboratdir.
1.2.Fan bo`yicha bilimga, ko`nikma va malakaga qo`yiladigan talablar: "Evolyutsion ta`limot" o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- tirik tabiat to`g`risidagi tasavvurlarning shakllanishi, organik olam evolyutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi kuchlari, Yerda hayotning paydo bo`lishi va tarkibi, ontogenez va filogenez, makroevolyutsiya, odamning paydo bo`lishi masalalarini bilishi kerak. - talaba fanning eng muhim masalalarini yoritishda evolyutsiya jarayonining genetik asoslari, harakatlantiruvchi omillar, yo`nalishlari qonuniyatlarini chuqur o`zlashtirib va amalga oshirish ko`nikmasiga ega bo`lishi kerak.
- talaba umumbiologik bilimni chuqur o`zlashtirishi biologik qonuniyatlarni tahlil qilib, organizmlar xususiyatlarini, biologik metodlarni o`zlashtirib amaliyotga tadbiq qila olish malakalariga egà bo`lishi kerak. 1.3. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi: Evolyutsion ta`limot fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanib, 8- semestrda o`tiladi. Dasturni amalga oshirish uchun o`quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari, biometriya, fizika, anorganik va analitik kimyo, organik kimyo va fizik va kolloid kimyo), umumkasbiy (botanika, sitologiya, gistologiya, genetika va selektsiya asoslari, odam va hayvonlar fiziologiyasi, mikrobiologiya va virusologiya, bioximiya, molekulyar biologiya) va ixtisoslik (g`o`za genetikasi, molekulyar biologiya, biologiyaning zamonaviy tadqiqot uslublari) fanlaridan yetarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlik talab etiladi.