Seminar mashg’uloti-12. Odamning paydo bo’liShi. Odam evolyutsiyasining asosiy bosqichlari. Odam va hayvon gavda tuziliShidagi o’xShaShlik va farqlar
Odam yuqori ong, aql-idrok egasi bo’liShiga qaramay uning gavda tuziliShi bilan umurtqali hayvonlar gavda tuziliShida bir qancha o’xShaShliklar bor. Odam skeleti sutemizuvchilar skeletiga juda o’xShaSh. Ularning har ikkisida kalla suyagi, umurtqa pog’onasi, qo’l-oyoq skeleti bor. Odam va yuksak sutemizuvchi hayvonlar uch xil (jag’, qoziq, kurak) tiShlar, quloq suprasi o’rta quloqda uzangi, bolg’acha, sandon deb ataluvchi suyakchalar borligi, tananing yung bilan qoplanganli- gi bilan ham o’xShaShdir.
Odamdagi rudiment organlar va atavizm hodisasi. Odamda bir qancha rudiment organlar uchraydi. Ulardan biri ko’richakning chuvalchangsimon o’simtasi — appendiksning uzunligi 2—3 sm bo’lib, uning yallig’laniShi og’ir kasallik appenditsitga sababchi bo’lgani uchun jarrohlik yo’li bilan kesib taShlaydilar. Dag’al oziq bilan oziqlanuvchi barcha hayvonlarda ko’richak, uning chuvalchangsimon o’simtasi yaxShi rivojlangan. Meodadagi hazm bo’lmagan oziq chuvalchangsimon o’sim- tada hazm bo’ladi.
Umurtqali hayvonlarning ko’pchiligida dum bo’ladi. U tegiShli vazifani bajaradi. Katta yoShdagi odam umurtqa pog’onasining pastki qismida to’liq rivojlanmagan 4—5 umurtqa bor. U dum suyagining qoldig’i sanaladi. Dum suyagi bir juft
1 2
28-rasm. Odamdagi rudiment organlar. I — uchinchi qovoq: 1 — odamni- ki; 2 — quShniki; II — quloq suprasi: 1 — olti oylik embrionniki; 2 — katta odamniki; 3 — maymunniki. III — ko’richak va uning chuvalchangsimon o’simtasi: 1 — odamniki; 2 — tuyoqli hayvonniki.
nerv va qisqariSh faoliyatini yo’qotgan dum muskullarga ega. Odam hayotida dum hech qanday vazifani bajarmay, rudiment holatda saqlanib qolmoqda. Sutemizuvchi hayvonlarda quloq suprasi tez harakat qiladi. CHunki uni harakatlantiruvchi max- sus muskullari bor. Odamda bu muskullar va quloq suprasi rudiment holatdadir. Odam gavdasida baozan atavizm hodisasi ham ro’y beradi. Ayrim tug’ilgan bolalarda dum yoki tanani mayin yung bilan qoplaniShi, qo’Shimcha sut bezlari bo’liShi bunga yaqqol misoldir.
Odam va hayvon embrioni rivojlanishidagi o’xShaShliklar. Odam va boshqa ko’p hujayrali hayvonlar o’z Shaxsiy rivojla- niShini bitta urug’langan tuxum hujayra — zigotadan boShlaydi.
Odam embrional rivojlanishda ko’p hujayrali hayvonlarda uchrovchi murtak varaqlari, ulardan organlarning hosil bo’liShi o’xShaShdir. Bu jarayonda boshqa umurtqali hayvonlarning ko’p belgilari qisqacha takrorlanadi.
Embrional rivojlanishning dastlabki bosqichlarida jabra yoriqlari, dumning bo’liShi yoki 5—6 oylik homila tanasining mayin yung bilan qoplaniShi Shular jumlasidandir.
Odam va odamsimon maymunlar gavda tuziliShidagi o’xShaShlik va farqlar. Odamsimon maymunlar bilan odam skeleti va ichki organlar tuziliShida o’xShaShliklar nihoyatda
ko’p. Ularning har ikkisida 12—13 juft qovurg’alar, 5—6 ta dumg’aza umurtqasi bor. Qoziq, jag’ tiShlarining soni ham bir xil. Odamsimon maymunlarda va odamda dum bo’lmaydi. Ular orqa oyoqlarida yuradilar. Odamdagi quloq, ko’z, tYerming tuziliShi odamsimon maymunlarning ana Shu organlari tuzi-iShiga yaqin. Odam uchun xos to’rtta qon guruhi gorilla, Shimpanze, orangutanglarda ham uchraydi. Xromosomalar taShqi ko’riniShi bo’yicha o’xShaShlik ham aniqlandi. Xromosomalarni maxsus usul bilan bo’yaSh orqali odam va Shimpanze xromosomalarining nihoyatda nozik ko’ndalang chiziqlari ham o’xShaShligi ma’lum bo’ldi. Odamsimon maymunlarda 48 ta xromosoma bor. Maymunlarning ikki juft xromosomasi odamda qo’Shilib ketganligi tufayli uning kariotipi 46 ta xromosomadan iborat.
Ko’pgina parazitlar (boSh biti) va kasalliklar (gripp, chechak, vabo, qorin tifi va boshqalar)ning bo’liShi umumiydir. Odamsimon maymunlarda tuyg’uning ifodalaniShi, chunonchi xursandlik, mehribonlik, xafa bo’liSh, g’azablaniSh odamnikiga o’xShaSh. Odamsimon maymunlarda muayyan qobiliyat ham ma’lum darajada rivojlangan.
Odam va odamsimon maymunlar gavda tuziliShidagi farqlar. Odam boSh miyasining hajmi 1400—1650 sm3 ga yaqin bo’lib, odamsimon maymunlarniki 600 sm3 dir. Odam boSh miyasi katta yarim Sharlari po’stlog’ining sathi o’rtacha 1250 sm3 ga teng. Odamsimon maymunlarniki esa undan taxminan 3,5 marta kichikdir. Miya hajmi, yarim Sharlar po’stlog’i, uning peShona, chakka bo’limlari yaxShi rivojlanmaganligi sababli umumlaShtirib,
miya — odamniki
Shimpanzeniki orangutangniki
Odam va odamsimon maymunlarning miyasi.
emas. Odamsimon maymunlarning har bir turi baozi belgilari bilan odamga yaqinlaShsa, boshqa belgilari bilan undan uzoqlaShadi. Masalan, gorilla tanasining umumiy mutanosibligi, panja tuziliShi bilan, Shimpanze kalla suyagining tuziliShi, qo’l- oyoqlarining katta-kichikligi, orangutang 12 juft qovurg’asi, gibbon ko’krak qafasining yassiligi bilan odamga o’xShab ketsa-da, boshqa belgilari bilan undan keskin farq qiladi.
Odamning boShlang’ich ajdodlari. Maymunlar ikki toifa: keng burunli va tor burunli maymunlarga bo’linadilar. Olim - larning aniqlaShicha ular 31—35 mln yil muqaddam yer yuzida paydo bo’lganlar. 23 mln yil oldin esa tor burunli maymunlar it boShli, odamsimon maymunlar deb nomlanuvchi ikki tarmoqqa ajralgan. YaShaSh Sharoit ining o’zgariShi, ya’ni o’rmonlarning kamayiShi sababli tor burunli maymunlar irsiy o’zgaruvchanlik, yaShaSh uchun kuraSh, tabiiy tanlaniSh tufayli ikki tarmoqqa martiShkasimonlar va odamga o’xShaSh yuksak maymun ajdod- lariga ajralganlar. Eng qadimgi odamga o’xShaSh maymunlar — pliopitek, driopiteklar Osiyoda 12 mln yil ilgari yaShaganlar. Keyingi paleontologik qazilmalarning ko’rsatiShicha odamlar bilan odamsimon maymunlarning ajraliShi bundan taxminan 8—4,5 mln yil davomida ro’y bYergan. Bir tarmoq vakillari, ya’ni driopiteklar ko’proq daraxtlarda hayot kechiriShga moslaShgan. Ularning kelgusi rivojlanishidan gorilla, Shimpanze, oran- gutanglar kelib chiqqan. Ikkinchi tarmoqdan tik yuruvchi maymunlar kelib chiqqan. O’sha davrlarda ochiq yerlarda yirik yirtqich hayvonlar — arslon, qoplon, darranda tiShli yo’lbars ko’p bo’lgan. Sharoit ning keskin o’zgariShi tufayli drio- piteklarning baozi xillari ikki oyoqlab yura boShlaganlar.
Odamsimon maymunlarning odamga aylaniShi jarayonining boShlaniShini isbotlovchi dalil tik yuruvchi maymunlar avstralo- piteklardir. Afrika o’rmonlarining Shimolga suriliShi va cho’l savannalarining paydo bo’liShi bilan odamsimon maymunlarning baozi xillari o’rmondan ochiq yerlarda yaShaShga o’tganlar. Oqibatda janubiy «maymunlar» avstralopiteklar paydo bo’lgan (lotincha avstralis — janubiy, pitiekos — maymun). Avstra- lopiteklarning ShakllaniShi 8—5 million yil ilgari ro’y bYergan. 3—2,5 mln yil ilgari avstralopiteklar bir necha tarmoqqa ajralgan. Afar avstralopitekdan afrika avstralopitek va bahaybat avs- tralopiteklar paydo bo’lgan. Keyinchalik bahaybat avstralo- piteklar qirilib ketgan.
Avstralopiteklar o’rmon — daSht, ochiq yerlarda yaShagan. Bo’yi 120—140 sm bo’lib, tanasining massasi 36—55 kg, kalla suyagining hajmi 500—600 sm3 bo’lgan. Avstralopiteklar tos suyagining tuziliShi ikki oyoqlab harakatlanganligidan dalolat beradi. Ular tayyor toSh, yog’och qurollar yordamida yirik hayvonlarni o’ldirganlar, o’simliklarni tuproq ostidagi piyozlari, tugunaklari, ildizlarini kovlaganlar.
Avstralopiteklarning bir turi rivojlanib, dastlabki odam homo habilisni hosil qilgan. 1960—1970-yillarda SHarqiy Afrikaning 3—2 mln yoShdagi yer qatlamlarida homo habilis skeletlari, kalla, jag’ suyaklari bilan toShdan yasalgan qurollar topilgan. SHu sababli ular «Uquvli odam» deb atalgan. Uning boSh miyasining hajmi 650—680 sm3 bo’lgan. U avstralopitek miyasidan 150 sm3 ortiq. Bo’yi ularga qaraganda birmuncha baland 135—150 sm dir. Homo habilis olovdan foydalaniShni bilgan hamda yirik toShlardan o’zlari uchun kulba yasaganlar.
Odamning tarixiy taraqqiyoti asosan uch bosqichdan: eng qadimgi odamlar, qadimgi odamlar va hozirgi zamon qiyo- fasidagi odamlardan iborat.
Eng qadimgi odamlar — arxantroplar. 1891-yilda Gollan- diya olimi Dyubua Yava orolidan maymun odam pitekantrop- ning suyak qoldiqlarini topgan. U oldinga biroz egilib ikki
Avstralopitek.
Homo habilis
oyoqda yurgan. Bo’yi 170 sm ga yaqin, miyasining hajmi 900—1100 sm3, peShonasi juda qiya, jag’i oldinga bo’rtib chiqqan. U taxminan 1,5—1,9 mln yil oldin yaShagan. Pitekantroplar toShdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalaniShni bilganlar va ibtidoiy jamoa bo’lib yaShaganlar, lekin muqim turarjoyi bo’lmagan. Pitekantropdan ancha keyin yaShagan sinantrop — xitoy odamining suyak qoldiqlari 1927—1937-yillarda Pekin atrofidagi g’ordan topilgan. U 500—300 ming yil oldin yaShagan. Sinantrop taShqi ko’ri- niShidan pitekantropga o’xShagan. PeShonasi past, qoSh usti suyagi bo’rtib chiqqan, pastki jag’i katta, tiShlari yirik, iyagi rivojlanmagan. Miyasining hajmi 850—1220 sm3 bo’lgan. Sinantroplar olov yoqiShni, uni saqlaShni bilganlar. Bo’yi 150—160 sm bo’lgan. Pitekantroplar, sinantroplar, hozirda Homo Yerectus turiga kiritilib, eng qadimgi odamlar arxantroplar sanaladi.
Arxantroplar o’lganidan keyin yaqinlarini ko’mganlar, go’rlarini esa har xil hayvon Shoxlari, tiShlari bilan bezaganlar.
Qadimgi odamlar. Paleoantroplar 0,5—0,6 mln yil muqad- dam yaShagan. 1907-yilda GYermaniyaning GeydelbYerg Shahri yaqinida iyagi yo’q katta pastki jag’ topilgan, uning tiShlari hozirgi odamning tiShlariga o’xShaShdir. Birinchi marta 1856- yilda GYermaniyaning Neandr daryosi yaqinida, keyinchalik Yevropa, Afrika, janubiy va Sharqiy Osiyoning 100 dan ortiq joylarida, Shu jumladan, O’zbekistonning Surxandaryo vilo- yatidagi TeShik toSh g’oridan qadimgi odamlarning skeleti — kalla, jag’, oyoq suyaklari topilgan. Obirahmat g’oridan bundan 90—30 ming yil muqaddam yaShagan odamning kalla skeleti topilgan. Bu kalla skeleti tuziliShi bilan neandYertal bilan Homo sapiens oralig’ida bo’lgan. Homo neandYerthalensis 250 ming yil ilgari paydo bo’lgan. Ularning bo’yi 156—165 sm bo’lib, muskullari nihoyatda rivojlangan. Ular muzliklar davrida yaSha- ganlar. Dastlabki neandYertal odamning peShonasi niShab, qoSh yoylari, iyagi zaif rivojlangan. Umurtqa pog’onasining bel qis- midagi bukiklik kamroq. Miyasining hajmi 1400 sm3 ga yaqin. Miya bilan birgalikda nutq ham rivojlangan. NeandYertal odamning fikrlaSh doirasi eng qadimgi odamlarga nisbatan anchagina rivojlanganligini ular yasagan qurollardan biliSh mumkin. Qurollar toSh va suyaklardan yasalgan. Bu qurollar yordamida yovvoyi hayvonlar ovlangan, tYerilarini Shilib, go’Sht- larini bo’laklarga bo’lingan. Olimlar neandYertallarning kalla va yuz suyaklarining tuziliShiga qarab, ular o’zaro imo-iShoralar, aniq maono bYermaydigan tovuShlar va keyinchalik esa maonoli nutq orqali aloqada bo’lganlar, deb faraz qiladilar. SHunga ko’ra neandYertal odamlar Homo sapiens neandYerthalensis deb nom- lanadi.
Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar — neoantroplar. Dastlab hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar — kromanyonlarning skelet- lari, kalla suyaklari, qurollari Fransiyaning janubidagi Kromanyon degan joydan, keyinchalik uning qoldiqlari Yevropa, Osiyo, Avstraliyadan ham topilgan. Ular taxminan 250—150 ming yil oldin paydo bo’lgan. Kromanyon odamlarning bo’yi 180 sm, kalla qutisining hajmi 1600 sm3 atrofida, peShonasi keng bo’lgan. Iyagining bo’rtib chiqqanligi maonoli nutq yaxShi rivojlanganligidan dalolat beradi. Ular g’orlarda yaShab, uning devorlariga turli bo’yoqlar bilan ov epizodlari, raqslar, hayvon- lar, odamlar tasvirini iShlaganlar. Ular Shox, suyak, chaqmoq toShdan yasagan qurollar nihoyatda xilma-xil, nisbatan nafis bo’lgan. Kromanyonlar toSh taraShlaShni, nayza, o’q-yoy yasaShni bilganlar. O’zlari uchun turli joy qurganlar, kulollik bilan Shug’ullanganlar. Yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatganlar, ibtidoiy dehqonchilik bilan Shug’ullana boShlaganlar.
SHunday qilib hozirgi ko’riniShdagi odamlar maymunlardan
. Kromanyon.
tarqamagan, balki eng qadimgi odamlar Homo Yerectusning keyingi rivojlanishi oqibatida paydo bo’lganlar.
Tirik tabiatning rivojlanishida odamning paydo bo’liShi muhim voqea hisoblanadi. Odam tarixiy taraqqiyotida barcha tirik organizmlar uchun xos bo’lgan qonunlar asosida rivojlangan. SHu sababli, u barcha organizmlar singari oziqqa, kislorodga muhtoj bo’ladi, rivojlanadi, qariydi va o’ladi. Barcha o’simliklar, hayvonlar singari odam tanasi biologik fanlar uchun tekShiriSh obekti hisoblanadi. Lekin odam bo’liSh uchun odam tanasining o’zigina yetarli emas. Odamlardan ajralib yaShagan bola so’zlaSh va fikrlaShni bilmaydi. Odam bo’liSh uchun bola kiShilar orasida, jamiyatda yaShaShi kerak. Nima sababdan hozirgi odamsimon maymunlardan odam paydo bo’lmaydi?
Modomiki eng qadimgi odamlar tarixiy taraqqiyotda odam- simon maymunlardan kelib chiqqan ekan, u holda nima sababdan hozirgi odamsimon maymunlar vaqt o’tiShi bilan odamlarga aylanmaydi, degan savol tug’iliShi tabiiy hol. Bu haqida mulo- haza yuritilar ekan, birinchidan, hozirgi odamsimon maymunlar hech qachon bizning ajdodlarimiz bo’lmaganligini taokidlab o’tiSh lozim. Hozirgi odamsimon maymunlar va qadimgi odamlar odamsimon maymunlarning har xil hayot Sharoit da yaShaShga o’tgan ikki tarmog’i hisoblanadi. Odamsimon may- munlarning ajdodlari ko’proq o’rmonlardagi daraxtlarda yaSha- ganlar. Odamlarning ajdodlari esa ochiq yerlarda ikki oyoqda yuriShga o’tganlar. Ikkinchidan, Darvinning evolyutsion nazariyasiga binoan turlar qanchalik keng hududda tarqalgan bo’lsa, ularning tarixiy jarayonda o’zgariShi Shunchalik jadal suratlar bilan o’tadi, chunki keng hududda Sharoit turli-tuman bo’lganligi uchun turlarda ham irsiy o’zgariShlar xilma-xil bo’ladi. Hozirgi odamsimon maymunlardan Shimpanze Markaziy Afrikaning sYernam tropik o’rmonlarida, gorilla SHarqiy va Markaziy Afrikaning o’rmonlarida, orangutang esa Sumatraning botqoq o’rmonlarida tarqalgan. Binobarin, ularni ochiq yerlarda ikki oyoqda yuriShga o’tiSh imkoniyati cheklan- gan. Uchinchidan, yangi turlarning hosil bo’liShi uchun ularga kiruvchi individlar soni ko’p bo’liShi kerak. Vaholanki, Shim- panzening 2 turi, gorilla, orangutangning hozir bittadan turi mavjud. Har bir turga kiruvchi individlar soni ham unchalik ko’p emas. To’rtinchidan, hozirgi vaqtda yaShayotgan odamlar maymunlardan emas, balki eng qadimgi odamlar—arxantrop- lardan kelib chiqqan va bu jarayon 40—50 ming yil mobaynida emas, balki 1,5 mln yillar davomida ro’y bYergan. Yuqorida qayd etilgan sabablarga ko’ra hozirgi odamsimon maymunlarning odamga aylaniShi mumkin emas.
VAZIFALAR
matnini o’qing.
Savollarga javob bYering.
Odamning paydo bo’liShida rol o’ynagan biologik omillarni tushun tiring.
Odamning kelib chiqiShida rol o’ynagan ijtimoiy omillarga nimalar kiradi?
Odam irqlari qachon paydo bo’lgan?
Odam irqlari qanday toifalarga bo’linadi?
O’zbeklar qaysi irqqa kiradi va nima uchun?
Odam kelgusidagi taraqqiyotini siz qanday tasavvur qilasiz?
Irqchilik nima?
Irqchilikning reaksion mohiyati nimadan iborat?
Test topShiriqlaridan to’g’ri javobni toping.
1. Odamlar mongoloid va negroid irqlariga qachondan boShlab ajrala boShlagan?
A. 90—92 ming yil oldin B. 40 ming yil oldin
C. 90 ming yil oldin D. 92 ming yil oldin E. 50 ming yil oldin
Odamning kelgusidagi rivojlanish bosqichlarini tartibli ko’rsating.
Hayvonlarni qo’lga o’rgatiSh, o’zini anglaSh, ilmiy texnika in- qilobi
O’zini anglaSh, ilmiy texnika inqilobi, hayvonlarni qo’lga o’rgatiSh
O’zini anglaSh, hayvonlarni qo’lga o’rgatiSh, ilmiy texnika in- qilobi
Ilmiy texnika inqilobi, o’zini anglaSh, hayvonlarni qo’lga o’rgatiSh
Hayvonlarni qo’lga o’rgatiSh, ilmiy texnika inqilobi, o’zini anglaSh
Janubiy-g’arbiy (1) va SHimoliy-g’arbiy irqlariga (2) qaysi irqlar kiriShi mumkin?
a) mongoloid; b) yevropeoid; c) negroid; d) yevropeoid, e) negroid.
A. 1-d, 2-a,b B. 1-c, 2-a,c
C. 1-a, 2-d D. 1-a,c 2-d
E. 1-c, 2 - a,b
Evropeoid irqiga mansub odamlar uchun xaraktYerli belgilarni toping.
Sochi yumShoq, sYermo’ylov, burni ensiz va to’g’ri
TYerisi bug’doy rang, sochi jingalak, soqol, mo’ylovlari kam
Sochi oq, lablari qalin, sochi to’lqinsimon, soqoli rivojlangan
Burunlari o’rtacha, lablari yupqa, sochi qora va jingalak
Burni puchuq, sYermo’ylov, sochi yumShoq, rangi oq.