O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə122/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   132
Evolution MAJMUA

Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

86 - 100

A’lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

71-85

Yaxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

55-70

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

0-54

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo`lmaslik. Bilmaslik.

Fan bo`yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo`lgan o`zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.


Talabaning o`quv fani bo`yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
Talabaning fan bo`yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:



bu yerda:
V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklamasi (soatlarda);
O' - fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo`yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to`plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy JN va oraliq ON nazorat turlari bo`yicha 55 va undan yuqori balni to`plagan talaba fanni o`zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo`l qo`yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yig`indisiga teng.
Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o`tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o`tkaziladi.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo`lgan muddat beriladi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo`yicha to`plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo`lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo`yicha to`plagan ballari yig`indisi 55 baldan kam bo`lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo`lsa, fan bo`yicha nazorat turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko`ra rektor buyrug`i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo`lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko`rib chiqib, shu kunning o`zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o`rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o`tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o`quv – uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo`limi tomonidan nazorat qilinadi.

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin