TARQATMA MATERIALLAR
1-topshiriq. Berilgan terminlar orasidan bilimlarni og`zaki bayon qilish metodlarining nomini bildirgan so`zlarni ajratib yozing: hikoya, illustratsiya, tasvir, suhbat, demonstratsiya, ma`ruza, mashq, evristik suhbat.
2-topshiriq. O`zingiz tanlagan o`quv predmetidan tanlangan mavzuda suhbat va ma`ruza metodidan foydalanish tartibini tushuntiring.
3-topshiriq. Qavs ichida keltirilgan ta`lim metodlarini (suhbat, diktant, hikoya, ma`ruza, individual nazorat, frontal nazorat, tasvir, mashq, joriy nazorat, orliq nazorat, yakuniy suhbat, evristik suhbat, yakuniy nazorat) jadval bo`yicha ikki guruhga ajratib yozing.
O`zaro ta`sirni tashkil etish va boshqarish metodlari
|
O`zaro ta`sir natijasini nazorat qilish metodlari
|
|
|
4-topshiriq. Suhbat va ma`ruza metodlari vositasida dars konspekti tuzishni rejalashtiring.
5-topshiriq. O`zingiz istagan o`quv predmetidan simulyativ o`yindan foydalanish rejasini tuzing.
6-topshiriq. O`rtoqlaringizning birontasi bilan bilimlarni og`zaki bayon etish metodlari to`g`risida suhbatlashing.
7-topshiriq. “Ta`limda didaktik o`yinlar” mavzusida munozara o`tkazishga tayyorlaning.
Qavs ichida nazorat metodlari nomi berilgan (oraliq, bayon, individual, guruh, og`zaki, yozma, joriy, diktant, yakuniy, tabaqalashtirilgan, insho, jamoa). Ularni jadvaldagidek uch guruhga ajratib yozing.
Vaqtga ko`ra
|
O`quvchilar miqdoriga ko`ra
|
Nutq shakliga ko`ra
|
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |