TARQATMA MATERIALLAR 1. Masalani yeching: ota o'z o'g'lining yetuklik attestatini olishi va 16 yoshga to'lishi munosabati bilan ziyofat berdi. O'g'lini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab unga qadah uzatdi. Oila a’zolari bu voqeaga quyidagicha munosabat bildirishdi:
Dadasi: “o'g'lim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir qadah ko'taraylik!”.
Buvisi: “jon bolam, spirtli ichimliklarga o'giingni o'igata ko'rma, ichkilikbozlikning oxiri voy bo'lishi mumkin”.
Bobosi: “...mayli, otangning so'zi yerda qolmasin”.
Oyisi: “...o'g'lim, otang senga qadahni spirtli ichimliklaming qanchalik zararli ekanligini bilishing yoki bilmasligingni sinab ko'rish uchun uzatdi”.
Savol:Siz oila a’zolarining bu voqeaga bo'lgan munosabatlarini qaysi birini to'g'ri deb o'ylaysiz?
Suqrot texnikasi. Ma’ruzalarda tez-tez ishlatiladigan usul unda o’qituvchi talabalarni savol-javoblar orqali mo’ljallangan maqsad sari etaklaydi.
Tarbiya jarayoni nima? Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida aniq maqsad asosida tashkil etiladigan hamkorlik faoliyatining kechishi, rivoji.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish nima? Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish – aniq maqsadga va ijtimoiy g’oyaga asoslanib, o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi sanaladi.
Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) aniq maqsadga yo’naltirilganlik;
2) uzoq muddat davom etishi (tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko’zga tashlanmaydi);
3) uzluksizligi (o’quvchilar va o’qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari);
4) yaxlit, tizimli tashkil etilishi;
5) ikki tomonlama aloqa hamda qarama-qarshiliklarning mavjud bo’lishi.