O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


«JAMOADA JAMOAT ISHINI TASHKIL ETISH» NOMLI ISH O’YINI



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə165/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

«JAMOADA JAMOAT ISHINI TASHKIL ETISH» NOMLI ISH O’YINI.
Maqsad:
Jamoani o’rganish usullari bilan tanishish va bu sohada tajriba almashish; jamoadagi shaxslararo munosabatlarni, undagi guruhlarni, guruh sardorlarini aniqlash; o’yin qatnashchilarida notiqlik, o’z fikrini o’zgalarga o’tkaza bilish qobiliyatini va munozara yuritish madaniyatini shakllantirish.


Kutilayotgan natija:
1. Insonning psixologik imkoniyatlarini o’rganish usullari bo’yicha bilimni egallash va bu bilimlardan foydalana ola bilish.
2. Notiqlik san’atiga ega bo’lish.
3. Odamlarni psixologik taxlil qila bilish ko’nikmasini o’zlashtirish.
4. Munozara yuritish madaniyatini egallash.


Noaniqlik sharoitida o’z faoliyatini tanlash vaziyatida shaxs xulqi modeli bo’yicha imitatsion ishchanlik o’yini.
O’yinning maqsadi:
1.Jamoada psixologik muxitni hamda liderlarni aniqlash.
2. Jamoada psixologik sharoitni, liderlarni (oq va qora) aniqlash, rahbar uchun jamoani samarali boshqarishga yordam.


Liderni aniqlash uchun ushbu o’yin hohlagan jamoada ishlatilishi mumkin.
ISH O’YINI.
I. VAZIYAT:
“Taqsimot bo’yicha bir oy mobaynida ishlaetgan jamoangizda Sizga jamoatchilik ishini tashkil qilish, hamda boshqarish vazifasi qo’yilgan”.
Jamoangiz unchalik katta emas, tahminan 50 nafar odam. Sizga ------ tashkil qilish uchun bir xafta muddat berilgan. Xo’sh, jamoangizda jamoa hamda tashkiliy ishlarga qiziqqan odamlarni aniqlash uchun, qanday tashkiliy tadbirlar o’tkazish mumkin?(ishtirokchining blankiga qarang)
II.O’YIN QOIDASI:
1. Jamoa ishlariga faol nomzodlarni aniqlash, qisqa muddatda liderni, jamoa sardorini topish uchun Sizga berilgan harakat turlaridan bittadan-uchtagacha tanlashingiz mumkin.
Tanlangan ishtirokchilar blankida «*» belgisini qo’yib harakatingizni belgilang.
2. Har bir ishtirokchi individual ishida boshqa ishtirokchilar maslahatisiz, shaxsan o’zi echimni topishi kerak. Tushunmagan savollarga rahbar javob beradi. Individual ishining tugatganligini ishtirokchi qo’lini ko’tarib bildiradi.
3. Barcha ishtirokchilar 4 kishidan iborat bo’lib guruhlariga bo’linadilar hamda erkin fikrlash jarayonida guruhlari o’zining yakuniy qaroriga keladilar. Ushbu bosqichda har bir ishtirokchining vazifasi guruhga o’z fikrining to’g’riligini o’tkaza olishdir.
Guruhlar o’zaro maslahatlashmaydilar. Ishning yakunlanganligi qo’l ko’tarish bilan bildiriladi.
4. Ish jarayonida guruhning vakili umumiy qarorini izoxlab, himoya qilib tushuntirib beradi. Boshqa guruhdagi ishtirokchilar savollar berib, qarama-qarshi fikrlar bildiradilar. SHunda guruh o’z fikrini himoya qiladi-bu erda munozara (tortishuv) ketadi.
5. O’yining rahbari guruhlar qaror chiqaraetganida aralashmasdan, faqat o’yinni nazorat qilib turadi.
6. Har bir ishtirokchi o’zining ishbilarmonlik xususiyatini, sifatlarini, shuningdek, o’z-o’zini baholash uchun berilgan tartibdagi ro’yhatdan 6 tasini tanlamog’i kerak.
O’z-o’zining ishbilarmonligini o’zi baholashi, boshqa ishtirokchilarning konsultatsiyasi individual tartibda oib boriladi.
7 Xarakter turini baholash: agar Siz tanlagan xislatlarning aksariyati birinchi yarmida bo’lsa, ijodiy xarakter; ikkinchisiga tushsa-bajaruvchi; uchinchisiga tushsa-tashkilotchi.
Agar Siz tanlagan xislatlar xarakterning uch turiga barobar taqsimot qilingan bo’lsa, demak, Sizga xarakterning uch turi ham xosdir.
8. Agarda ishtirokchi o’z fikrini guruhga o’tkaza bilsa hamda ijodiy va tashkilotchilik xarakteriga ega bo’lsa, ushbu ishtirokchi lider deb xisoblanadi.

III. ISH O’YININING TUZILISHI



RAHBAR

ISHTIROKCHI

1. Vazifaning qo’yilishi
5. YAkunlash, natijani taxlil qilish.

2. Individual echilishi.
3. Guruhning echimi.
4. Echimni muhokama qilish

1. O’yinning rahbari vazifa qo’yadi, sharoitni hamda o’yinning qoidalari, ishtirokchilarning vazifalarini tanishtiradi.


2. O’yinning har bir ishtirokchisi individual ravishda hech kimdan maslahat so’ramasdan o’zining fikrini asos qilib, mustaqil echimini topadi.
3. Guruhning ishtirokchilari o’zaro muloqotdan keyin umumiy echimini berishi kerak.
4. O’z navbati bilan har bir guruh topgan echimini o’qib beradi, boshqa guruhlar opponent rolini o’ynaydi va o’zaro muloqot o’tkaziladi.
5. Rahbar o’yining natijasini taxlil qilib, baholarni xisoblab chiqadi, uning g’oliblarini ma’lum qiladi.



Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin