IV. O’YINNING MODELI 1. Rahbar o’yining maqsadini tushuntirib beradi, ishtirokchilarni guruhlarga bo’ladi, blankalar tarqatadi, uning qoidalarini hamda yakuniy vaziyatni aytib beradi.
2. Berilgan blankalarda ishtirokchilar individual qabul qilgan echimini «*» belgisi bilan belgilaydilar.
3. Guruh qabul qilgan echimni blankaning o’z jadvlida «*» belgisi bilan belgilanadi.
4. Rahbar o’zining blankasida ishtirokchilarning individual va guruhning echimini belgilab, doskada axborot uchun ishning natijasini qayd qiladi.
5. Berilgan natijalar bo’yicha guruh muloqoti.
6. Guruh muloqotidan keyin hamma o’znnig echimini tuzatish uchun bir daqiqa beriladi. Ishtirokchilar qabul qilgan fikrlarni o’zgartirishni darxol rahbariga ma’lum qiladilar. Natijalar rahbarning blankasiga va doskaga tushishi kerak.
qaysi bir guruhning echimi tuzatish paytida qabul qilingan bo’lsa, o’sha guruhga qo’shimcha bir ball beriladi.
7. Ishbilarmonlik xarakter xususiyatini o’zi baholash ishtirokchilarning blankida o’ziga xos bo’lgan 6 ta fazilatni to’g’ri keladigan grafada «*» belgisi bilan bildirilishi kerak.
8. Ishtirokchi rahbar yordami bilan o’zining xarakteri qaysi turga qarashliligini aniqlab oladi (ijodiy, boshqaruvchan va tashkilotchilik).
Natijalar rahbarning blankiga va doskaga yoziladi.
9.O’yin bo’yicha olingan umumiy natijaning taxlili jadval bo’yicha doskada hamma ishtirokchilar uchun o’tkaziladi, uni yakunlash liderni aniqlash. Ba’zan o’yining maqsadi bo’ycha shunday taxlil natijalarini aytmasdan turib rahbarning blankiga ezib qo’yiladi. SHunda o’yin guruhning olgan o’rni bilan qancha tashkilotchi borligini aniqlash va baxs bilan tugallanadi.
V. O’YINNING REGLAMENTI O’yin bir davrda o’tkaziladi.
O’yinning har bir bosqichi bo’yicha tahminan ketadigan vaqt:
-rahbarning kirish so’zi-20 min.
-ishtirokchilarning individual ishi-10 min.
-guruhning bir qarorga kelishi-10 min.
-guruh baxsi-20 min.
-shaxsning o’z-o’zini baholashi-10 min.
-natijaning taxlili va yakunlanish-20 min.
Hammasi bo’lib o’yinga 1soat u, 30 minut (2x45) ketadi.
Guruh №___________ qatnashchi__________
“JAMOADA JAMOAT ISHLARINI TASHKIL ETISH”
ISH O’YINI QATNASHCHISINING VARAQASI