O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə46/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Og’ish turlari


Normadan chetga chiqishni shartli ravishda 4 guruhga ajratsak bo’ladi: jismoniy, ruhiy, pedagogik va sotsiologik. Ularni batafsil o’rganib chiqsak.
Normadan jismoniy og’ish avvalambor inson sog’ligiga bog’liq. Sog’liqdagi og’ish yoki irsiy omillar yoki biror-bir tashqi holatlar: og’ir ekologik holat, ichimlmk suvining qoniqarsiz sifati, oila hayoti darajasining pasayishi va boshqalar asosida yuzaga kelishi mumkin.
Sog’ligida va rivojlanishida og’ishga moyillarning ko’p tasniflari mavjud. Umujahon sog’liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining britancha variantini qabul qildi:
-kasallik, xastalik-ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura elementlarini har qanday yo’qotish yoki ularning anomaliyasi;
-cheklangan im koniyat-inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yoqotish yoki cheklab qo’yish;
-nogironlik-yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib insonning biron-bir faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi cheklangan imkoniyat.
G`arb davlatlarida “sog’ligining cheklangan imkoniyatlariga ega shaxs” tushunchasi mavjud. Ularga ta’lim standartlarini o’zlashtirishga to’sqinlik qiluvchi jismoniy yoki ruhiy kamchiliklarga ega bolalar kiradi. Shuningdek nuqson tushunchasi ham mavjud bo’lib, uning 4 turi-ruhiy, jismoniy, murakkab va og’ir turlari mavjud.
Jismoniy nuqsonlarga-inson organining faoliyat yurgizishga yoki rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchiliklar, Shuningdek har qanday somatik yoki yuqumli xastaliklar kiradi.
Ruhiy nuqsonlarga-insonning ruhiy rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchilik. Bularga nutq buzilishi, miya faoliyati, Shuningdek esa, aqliy rivojlanishning buzilishlari kiradi.
Murakkab nuqson belgilangan tartibda tasdiqlangan jismoniy va ruhiy kamchiliklarni o’zida mujassam etadi.
Og’ir nuqson-belgilangan tartibda tasdiqlangan Shunaqa nuqsonki, bu nuqson mavjud bo’lgan holatda davlat ta’lim standartlariga mos ravishda ta’lim olishning umuman iloji yo’q.
Bola jismoniy rivojlanishidagi og’ishlarga kasallik, ko’rish, eshitish qobiliyatlarining buzilishlari kiradi. Normadan ruhiy og’ishlar avvalambor bolaning aqliy rivojlanishi, uning ruhiy nuqsonlariga bog’liqdir. bu turdagi og’ishlarga avvalambor ruhiy rivojlanishning to’xtab qolishi, bolalarning aqliy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug’ma nuqsonlari yoki jarohat asosida paydo bo’ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik turli darajada-engil aqliy zaiflikdan, chuqur-tentaklikkacha namoyon bo’ladi.
Ruhiy og’ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og’ishlarning yana bir turi emotsion faoliyatining buzilishidir. Bu og’ish turining eng og’ir shakllari deb autizm-muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini o’ldirish)larni keltirsak bo’ladi.
Bolalarning iqtidorliligi alohida og’ish turi hisoblanadi. Bu biror-bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlab beruvchi qobiliyatlarning o’ziga xos uyg’unligidir. Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab balki, faoliyat mahsullari xarakteriga qarab ham belgilanadi.
Pedagogik og’ishlar tushunchasi pedagogika va ijtimoiy pedagogikada hozircha kam qo’llaniladigan tushunchadir. Vaholanki, pedagogik faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, shaxs rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta’lim olayotganlar faoliyatini tartibga solganidan turli normalar qo’llanmoqda. Avvalambor, bu ta’lim darajasini belgilaydigan standartlarga, Shuningdek o’quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga yana ta’lim olishda yuqori natijalarni ta’minlab beruvchi bola rivojlanishining normalarini ham kiritsak bo’ladi.
Ta’lim olinishi yoki olinmasligi normalari haqida nihoyatda aniqlik bilan gapirsa bo’ladi. So’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra ta’lim ololmagan bolalar ham paydo bo’ldilar. Normadan bunaqa og’ishlarni pedagogik og’ish desak bo’ladi. Umumiy ta’lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bular maktabga bormaydigan, fayoatgina boshlang’iya maktabni tugatgan, umumiy o’rta ta’lim olmagan bolalardir. Bunaqa holatlarni yuzaga kelishi uchun bizning davlatda sabalar talaygina: dars qoldirish o’qishga intilishni susaytiradi, oiladagi notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko’chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy kataklizmlar bolalar ota-onalaridan judo bo’lishlariga olib keladi. Daydilikka moyilligi bo’lga bolalar soni ham ko’paymoqda. Bolalar maktablarda tahsil olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirsak bo’ladi.
Ruhiy va jismoniy rivojlanishda og’ishga ega bo’lgan bolalarning ta’lim olishlaridagi katta qiyinchiliklarini ham ta’kidlab o’tish joiz. YUqorida aytilganidek, bunday bolalar uchun alohida maktablar bo’lib, u yerda ular professional mutaxassislar qo’l ostida ta’lim olishadi. Biroq ko’p narsa bola qayerda yashashligiga -qishloq yoki shaharda, qanaqa oiladan ekanligiga bog’liq. Ba’zi sog’ligida muammosi bor bolalar uchun ta’limuyda individual tarzda o’tiladi.
Bu bolalarning jamiyatga integratsiyalaShuvining asosiy muammosi ularning keyinchalik professional ta’lim olishlari bilan bog’liq.
O’z ijtimoiy rivojlanishlarining buzilib bo’lganligi sababli biror-bir kasbiy kasbiy faoliyatni tanlay olmaydigan bolalarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Bu brollarni biro-bir ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat sohasida o’zlarini sinab ko’rish xohishi yo’qligi barlashtiradi. Bu xolatda bu og’ishni yengib o’tish uchun mutaxassisning ijtimoiy pedagogik yordamiga muhtoj bolalar ham paydo bo’lishadi.
ijtimoiy og’ishlar “ ijtimoiy norma” tushunchasi bilan bog’liqdir. ijtimoiy norma bu insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati yoki xulq-atvorining jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki rasman o’rnatilgan qoidalari namunasidir. Aslida ijtimoiy norma kerakli xulq-atvor, ijtimoiy munosabatlar va faoliyatlar modeli hisoblanadi.
Bolalar uchun ijtimoiy normalarning o’ziga xos xususiyati Shuki, ular tarbiya omili hisoblanib, uning jarayoni ijtimoiy norma va qadriyatlarni o’zlashtirish, ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o’zlashtirish sodir bo’ladi. Bu holatda tarbiyaning boshqarish funksiyasi eng muhim vazifani bajaradi, chunki uning vazifasi bolalar ongi va xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy effekt ta’minlanadigan darajada tashkil qilishdir.
Sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlardadeviant xulq-atvorga ega bolalar muammolari ustida yetarli ish olib borilgan.
Bunday xulq-atvorning sabalari ham yaxshi o’rganib chiqilgan. Ular o’smirlik davrining qiyinchiliklari, jamiyatdagi ijtimoiy maqomning noaniqligi, davlat rivojlanishining beqarorligi, bola mustaqil chiqib keta olmaydigan ekstremal holatlarning yuzaga kelishi bilan bog’liq.
Bu bolalarga yordam ko’rsatish uchun ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlar tuzilmoqda. Ijtimoiy xavfli xatti-harakat sodir etgan va 11 yoshga to’lgan bolalarni sud tibbiy-pedagogik komissiyasi xulosani inobatga olgan holda maxsus maktablar yoki maxsus kasbiy bilim yurtlariga yuborishlari mumkin.
M. A. Galaguzova tomonidan turli og’ish turlarining tasnifi quyidagicha berilgan:

Jismoniy

Ruhiy

Pedagogik

Ijtimoiy

-kasallik,
-ko’rish
qobiliyatining
buzilishi,
-eshitish
qobiliyatining
buzilishi.

-ruhiy rivojlanish-
ning to’xtab qolishi,
-aqliy qoloqlik,
-nutq buzilishi,
-iqtidorlilik.

-umumiy o’rta
ta’lim olishdan
chetga chiqish,
-kasbiy ta’lim
Olishdan chetga chiqish.

-etimlik,
-xulq-atvor
normasidan og’ish: aroqxo’rlik;
norkamaniya;
taksikomaniya;
foxishabozlik;
daydilik va b.

ijtimoiy pedagogning og’ish xulq-atvorli bolalar bilan ish yuritishi og’ishlar profilaktikasi, muayyan norma va qoidalarni buzishni oldini olish, Shuningdek xulq-atvorida u yoki bu og’ish aniqlangan bolalarning reabiliatatsiyasiga qaratilishi lozim.


Me'yor va me'yorlardan chekinish(og`ish) tushunchasi
Me'yor tushunchasi tibbiyot, psixologiya, pedagogika va sotsiologiya fanlarida keng qo`llaniladi. Unga aniq bir ta'rif berish juda qiyin. Masalan bitta tibbiyotning o`zidagina me'yor tushunchasiga 200dan ortiq ta'rif berilgan. Umumiy qolda me'yor- bu obektiv vokelikni belgilovchi ideal bilim, real voqealikni tavsiflovchi o`rtacha statistik ko`rsatkichdir. Tibbiyotda, psixologiyada, sotsiologiyada me'yorlarning o`z tasnifi, parametorlar, ko`rsatkichlari mavjud. Belgilangan,jamiyat tomonidan qabul qilingan va tan olingan me'yorlarga mos kelmaslik jarayoni ikkinchi bir tushuncha-chekinish yoki oqish bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogika “me'yor”hamda “me'yorlardan chekinish” masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular bolalarning ijtimoiy xulqi va rivojlanish jarayoninini tavsiflashda yordam beradi. Chekinishlar asosan, negativ va pozitiv xarakterga ega.
Negativ chekinishlarga aqli zayiflik, Shuningdek, narkamaniya, alkogolizim, jinoyatchilik singani insoning ijtimoiylashuviga, umuman jamiyatga salbiy ta'sir ko`rsatadigan xarakterlar negativga kiradi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin