O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə47/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Chekinishning (og`ishning) turlari.
Me'yorlardan chekinishning to`rtta turi mavjud. Bular: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy.
1.Jismoniy chekinish birinchi navbatda insonning sog`ligi bilan bog`liq bo`lib, tibbiy ko`rsatkichlar orqali belgilanadi. Bularga insonning bo`yi, vazni kabilar kirishi mumkin. Bundan tashqari biron bir faoliyat yuritishda imkoniyatlari cheklangan, ya'ni sog`ligi tufayli o`z qobiliyatini yo`qotgan, defekti bor insonlar hamda nogironlar Shular jumlasidandir. Sog`ligi va rivojlanishi jihatidan chekinishiga duch kelgan insonlar turli klassifikatsiyalarga ajratiladi. Shunday imkoniyatlari cheklangan insonlar guruhiga quydagilar kiradi:
- kasallar va betoblar. Bular faoliyat yuritishda qiyinchiliklarni vujudga anatomik elementlar, psixik yoki fiziologik anomaliyalar yoki yo`qotishlarga duch kelgan insonlardir imkoniyatlari cheklangan insonlar. Bular qabul qilingan me'yorlardan chekingan yoki o`z qobiliyatlarini yo`qotgan insonlardir.
- Ishga layoqatsiz, nogiron insonlar. Bu yoshi, jinsi va turli ijtimoiy faktorlardan kelib chiqqan holda insonning jamiyatdagi ijtimoiy rolini bajarishdagi imkoniyatlarning cheklanishidadir.
Bunda “kamchilik” tushunchasi qo`llanadi. Insonlarda jismoniy, psixik, murakkab hamda og`ir kamchiliklar bo`lishi mumkin. Jismoniy kamchilikka insonning rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar kiradi. Ya'ni xronologik, somatik yoki yuqimli kasalliklar Shular jumlasidandir.
Psixik kamchilik insonning psixik rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar bo`lib u ta'lim olishda ma'lum qiyinchliklarni vujudga keltirishi mumkin.
Unga nutqning buzilishi, miyaning zararlanishi kabilar kiradi.
Murakkab kamchilik qam jismoniy va psixik kamchiliklarni o`z ichiga oladi.
Og`ir kamchilik- bu Davlat ta'lim standarlari asosida ta'lim olishga layoqatsiz jismoniy va psixik kamchiliklarning yuqori darajasidadir.
2.Psixik chekinish birinchi navbatda bolaning aqliy rivojlanganlik darajasi hamda ularning psixik kamchiliklari bilan bog`liq. Bu guruh insonlarga :
▪ Psixik rivojlanishida turli xil to`siqlar mavjud insonlar.
▪ Aqliy zaiflar.
▪ Oliygofrenik
3.Pedagogik chekinish-bu pedagogika va ijtimoiy pedagogika fanida ham qo`llanib kelingan tushunchadir. Pedagogik chekinish deganimizda ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko`ra ta'lim-tarbiya ola olmagan o`quvchilar tushuniladi. Bunga DTS talablari darajasida bilim ola olmagan yoki o`z istiqboli, kelajagi uchun harakat qilmagan o`quvchilar, ularning intividual rivojlanish me'yorlari kiradi. Pedagogik chekinishda birinchi navbatda o`quvchilarning umumiy o`rta ta'limga ega bo`la olmasligi kiradi.
Bunday bolalar kategoriyasiga ma'lum sabablarga ko`ra o`qishga bormagan, faqat boshlanqich ta'lim olish Bilan cheklangan bolalar kiradi. Bunday holatlarning ko`plab (ob'ektiv va sub'ektiv) sabablar mavjud. Masalan, o`quvchilar yoki talabalarning darsdan qochishi, materialni o`zlashtira olmaslik, o`qishdan bezishi, dangasalik, oiladagi nosoqlom muqit, bolalarning pul topish ilinjiga tushib ketishi, ekologik yoki ijtimoiy kataklizmalar natijasida bolalarning ota-onalaridan ayrilishi va q.k. Bunday sabablarni ko`plab, minglab keltirish mumkin. Ko`pchilik holatda pedagogik chekinishga bolalarning qanday sharoitda yashashaiga bog`liq: o`qish bilan qiziqadigan oiladami yoki aksincha o`qishni ikkinchi darajali deb qisoblaydigan oiladami va q.k.
4.Ijtimoiy chekinish. Ijtimoiy chekinish tushunchasi ijtimoiy me'yor tushunchasi bilan bog`liq. Ijtimoiy me'yor-bu jamiyat rivojlanishining ma'lum bosqichida insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati va xulq-atvoridagi yo`l qo`yilgan yoki mumkin bo`lgan qoidalar, hatti-harakatlar andozasidir. Ijtimoiy chekinish yoki og`ishlarning oldini olish va tartibga solib borish uchun qadimda turli xil afsonalar, an'analar va diniy marosimlar yaratilgan.
Ijtimoiy me'yor ikkita guruhga ajratiladi:
▪ Universal, ya'ni jamiyayatdagi barcha insonlarga xos.
▪ Xususiy, ya'ni jamiyatdagi ma'lum guruh yoki ma'lum kasb egalari xos me'yorlardir Ijtimoiy me'yorlarni, Shuningdek huquqiy, ma'naviy, siyosiy, diniy va q.k.deb ham guruqlarga ajratish mumkin.
Ijtimoiy me'yorlar va insonlarning ulardan oqishi yoki chekinishi ular yashab turgan jamiyatning ajralmas faktori bo`lib hisoblanadi. Bolalar orasidagi ijtimoiy oqish esa uning o`sha jamiyatda salbiy sifatlar ta'sirida tarbiyalanishi, salbiy ijtimoiy guruhga kirishga, ijtimoiy rolni egallab, ijtimoiy tajribalarni o`rganishi sifatida xarakterlanadi. Pedagogika buni “tarbiyasi oqir bolalar” deb yuritishadi.
Ya'ni bu bolalarning hatti-harakatlari, xulq-atvorlari jamiyat tan olgan me'yorlarga zid. Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati esa Shunday oqishlarni profilaktika hamda reabilitatsiya qilishga qaratilgandir.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin