O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə48/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Chekinish (oqish) nazariyasi.
Odob-axlok me’yorlari va ulardan chekinish yoki ogish xillari borasidagi to`plangan bilimlar ularning sabablarini belgilovchi faktorlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bu faktorlarni uchta guruxga ajratish mumkin: 1. BIOGEN. 2. SOTSIOGEN. 3. PSIXOGEN.
Insonlarning hayotdagi xar qanday «og`ish» hollari ularning potentsial imkoniyatlarining cheklanishiga, tashqi muhit bilan muloqotga kirishishiga o`zining salbiy ta’sirini ko`rsatadi. Insonda ro`y beradigan bunday holatlarni sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika, tibbiyot kabi ko`plab fanlar sohalari o`zlarining spetsifik xususiyatlaridan kelib chiqib o`rganadi, bu borada o`z nazariyalarini boyitib boradi. Masalan, tibbiyot fani me’yorlardan chekinish holatini bolalarning patologik sog`ligini buzilishi bilan bog`liq deb hisoblaydi. XIX-XX asrlarda chet mamlakatlarda imkoniyatlari cheklangan insonlarning TIBBIY MODELI hukmronlik qildi. Bu model imkoniyatlari cheklangan odamlarning xech bo`lmaganda elementar ijtimoiy faoliyat yuritishlarini nazarda tutdi. Bunday insonlar ma’lum tayyorgarlikdan o`tib, o`zlari uchun o`zlari harakat qilsalar bu ularning kimgadir ortiqcha yuk bo`lmasligini ta’minlar edi.
Keyinchalik, chekinish (og`ish) holatiga tushgan insonlarga nogiron (lotincha- invalidus- kuchsiz, ojiz)sifatida karash vujudga keldi. Bu nazariyaga ko`ra imkoniyatlari cheklangan odamlar mutloq sog`lom insonlar nazorati ostida bo`lishi kerak. Bunday odamlarga yordam berish xam tashkil etildi va bu tibbiyot modeli davlatning ijtimoiy siyosatiga o`z ta’sirini o`tkazdi.
XX asrning 60-yillariga kelib imkoniyatlari cheklangan insonlarga yordam berishning tibbiy modelining o`rniga IJTIMOIY MODEL vujudga keldi va uning rivojlanishida psixologiyaga suyanildi. Bu modelga ko`ra imkoniyatlari cheklangan insonlar assotsiatsiyalarga birlashib, o`z haq-huquqlarini talab etishdi va bu talab o`z sog`liqlarini tiklashdan ko`ra jamiyat a’zolari bilan o`zaro munosabatni yaxshilashga nisbatan bo`ldi.
«Reabilitatsiya» (tuzatish) tushunchasi tibbiy– ijtimoiy ma’noda ham, psixologo –pedagogik va ijtimoiy – pedagogik aspektlarda ham ishlatiladi. Tibbiy – ijtimoiy tuzatish – bu kasallanish va jaroxatlanish natijasida yuzaga kelgan hamda boshqa jismoniy va ruxiy jihatdan kamchiliklarga ega bo`lgan shaxslarni kompleks tarzda, ya’ni, tibbiy, pedagogik, psixologik va professional tadbirlarni qo`llash oqibatida sog`ligini tiklash demakdir.
Psixologo –pedagogik va ijtimoiy –pedagogik reabilitatsiya qilish esa yosh bolalar va o`smirlar dezadaptatsiyalaShuvining turli shakllarini tuzatish bo`yicha ijtimoiy qo`llab – quvvatlash hamda diagnostikalash – to`g`rilash dasturlari yuzasidan bir qator tadbirni amalga oshirib, bolani ijtimoiy hayotga qaytarish, ijtimoiylashtirish vazifalarini bajaruvchi institutlar harakatlarini o`zaro birlashtirishdir. (oila, maktab, muloqat, o`rtoqlar, tengdoshlar va hak).
Hozirgi vaqtda psixologo – pedagogik va ijtimoiy – pedagogik reabilitatsiyalashning shakl va metodlari turli – tuman bo`lib, u yosh bolalar va o`smirlar dezadaptatsiyalashganining xarakteriga bog`liq bo`ladi. Uning xarakteri va tabiatiga bog`liq tarzda yosh bolalar va o`smirlar dezadaptatsiyalaShuvining uchta asosiy xili ajratib ko`rsatiladi. Ular: patogen (kasallik qo`zgatuvchi), psixoijtimoiy va ijtimoiydir. Ular ham o`z navbatida turli darajada namoyon bo`ladi.
Patogen dezadaptatsiya nerv tizimini funktsional – organik shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan ruxiy kasallikdir. Ba’zi hollarda patogen dezadaptatsiya turli darajadagi ruxiy –psixik kasalliklarda namoyon bo`lsa, boshqa xollarda turli darajada ifodalanadigan oligofrenoda – aqliy jihatdan orqada qolish ko`rinishida bo`ladi.
Asabiy ruxiy kasallikning og`ir shakllari bilan xastalangan bolalar statsionar tarzda, psixologo – pedagogik reabilitatsiyalash dasturlarini ham ko`shgan xolda davolanmoqlari lozim. Unchalik og`ir bo`lmagan kasalliklarga chalingan bolalar o`quv –tarbiya muassasalari (bolalar boqchasi, maktab, bolalar uylari va boshq.) sharoitida tibbiy –pedagogik sog`lamlashtirish xarakteridagi tadbirlarni qo`llagan holda davolanadilar.
Keyingi yillarda davolash pedagogikasini rivojlantirish masalasi o`rtaga qo`yilmoqda. Bunga tuzatish (to`g`irlash) didaktik dasturlari bilan bir qatorda davolash pedagogikasi hamda psixologik tuzatish (korrektsiya qilish)ning o`yin terapiya, ertak terapiya, tuzatish – rivojlantirish fizkulturasi, barmoqchalar terapiyasi va boshq. kabi samarali shakllaridan keng foydalanilmoqda.
Kasallik qo`zg`atuvchi, patogen dezadaptatsiyalanish shakllari orasida oligofreno muammolari, ya’ni, aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarni ijtimoiy adaptatsiyalash, normal xolatga keltirish masalasi alohida ajratib ko`rsatilmoqda. Maxsus o`tkazilgan tadqiqot natijalari Shuni ko`rsatmoqdaki, oligofren bolalarda azaliy, tug`ma, jinoyat qilishga moyillik hissi yo`q ekan. Ularning psixik rivojlanishiga loyiq bo`lgan metodlar yordamida o`qitilib, tarbiyalansa, bu bolalar ma’lum bir ijtimoiy dasturlarni o`zlashtira oladilar va uncha murakkab bo`lmagan kasb egasi bo`lib, jamiyatga foydali fuqoraga aylanishlari mumkin.
Ammo, bu bolalarning aqliy jihatdan orqada qolishi ularni ijtimoiy adaptatsiyalaShuvini qiyinlashtiradi va bu xol mutaxassislar tomonidan maxsus tuzatish, normal xolatga keltirish dasturlarini qo`llashni, buni uchun maxsus ijtimoiy – pedagogik sharoitlarni yaratishni talab etadi.
Aqliy jihatdan kusuri bo`lgan bolalarni ijtimoiy adaptatsiyalash dasturini amalga oshirishga yordam beruvchi maxsus ijtimoiy – pedagogik sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • kasallikni o`z vaqtida aniqlash va bolaning imkoniyatlariga mos keladigan tuzatish–rivojlantirish bo`yicha ta’lim va tarbiya dasturlarini tanlash;

  • bolaning kuchi yetadigan mehnat faoliyatiga jalb etish, mehnat ko`nikmalarini yaratish va ularni avtomatik tarzda (g`ayri ixtiyoriy ravishda) bajarilishiga erishish, bironta kasbga yo`naltirish;

  • oligofren bolalarni o`quv va mehnat jarayonida hamda jamoa faoliyatida, ularning shaxsiy va jamoa hayotini tashkil etish borasida va maxsus mashg`ulotlar o`tkazish va metodlarni qo`llash yo`li bilan ularni ijtimoiy –maishiy jihatdan adaptatsiyalash (ko`niktirish, moslashtirish).

Oligofren bolalarni o`qitish va ijtimoiy jihatdan moslashtirish ayniqsa maxsus yordamchi maktablarda amalga oshirilsagina yaxshi samara beradi. O`zbekistonda xozircha bunday maktablar soni oz va kelgusida bunday maxsus ta’lim – tarbiya muassasalarining sonini oshirish hamda ularni maxsus tayyorlangan kadrlar bilan ta’minlash xususida ish olib borilmoqda. Shuningdek, biz ilg`or mamlakatlarning asabiy ruxiy xarakterdagi muammolarga ega bo`lgan kishilar, Shu jumladan, oligofrenoga va ruxiy kasalliklar hamda patologik hastalikka chalingan odamlar uchun maxsus uylar (honse – communication) qurish tajribasini ham o`rganishimiz lozim. Bunday ochiq tipdagi uy – internatlarda ijtimoiy xodim (mutaxassis) qarovida ruxiy asabiy xarakterdagi muammolari bo`lgan kishilar turishadi. Bunday uylarda ularning ijtimoiy adaptatsiyalanishlari uchun zarur shart – sharoitlar yaratiladi.

Psixoijtimoiy dezadaptatsiya bolaning yoshi – jinsiy va shaxsiy – ruxiy o`ziga xos xususiyatlariga bog`liq tarzda yuzaga keladi. Bunday bolalar odatdagi normal bolalardan farq qilib, ularni tarbiyalash jarayoni og`ir kechadi va ularning har biriga individual yondashish talab etiladi. Ayrim xollarda esa ularni tarbiyalash uchun maxsus ruxiy – ijtimoiy va ruxiy – pedagogik tuzatish dasturlaridan foydalanmoq kerak bo`ladi. Aslini olganda, gap yosh bolalar va o`smirlarni ijtimoiy moslashishini qiyinlashtiruvchi ba’zibir shaxsiy psixologik o`ziga xos xususiyatlar haqida boradi. Bularga: boladagi turli xil xarakter belgilari, o`z – o`ziga baho berishda boshqalarga o`xshamaslik ko`rinishlari, emotsional –irodaviy va muloqat –munosabat sohasidagi buzilishlar, xulq – atvor va xatti – harakatlarning ongsiz ravishda boshqarilishi, ong ostiga surib chikarilgan uyg`un birlikdagi salbiy odatlar, xavfsirash, yotsirash, tajavvuzkorlik va boshqalar kiradi. Bunday o`smirlarda qadriyat normalari (o`z qadr – qimmatini bilish) soxasida sezilarli o`zgarish odatda ko`zga tashlanmaydi va ularning xulq – atvor muammolari psixologik xarakterga ega bo`ladi. Mana Shunday xollarda individual pedagogik yondaShuv bilan bir qatorda ularga oilada va maktabda yaxshi samara beruvchi psixokorrektsion texnikani hamda psixo – ijtimoiy texnologiyalarni qo`llash lozim.


Ijtimoiy dezadaptatsiya –axloq va huquq normalarini buzilishida, ijtimoiy xulq –atvorning salbiy ko`rinishlari va ichki boshqaruv tizimining izdan chiqishida, ijtimoiy ko`rsatma, dasturlarning, qadriyatlarning noto`g`ri yo`naltirilganligida namayon bo`ladi. Ijtimoiylashuv jarayonining yemirilishi qanchalik darajada ekanligi va chuqurlashganligiga bog`liq ravishda ijtimoiy dezaptatsiyalashishning ikkita bosqichini ajratib ko`rsatish mumkin.
Maktab ijtimoiy dezadaptatsiyasi bosqichi pedagogik jihatdan qarovsiz qolgan o`quvchilardan iborat bo`lib, ular maktab dasturidagi bir qator fanlarni doimo o`zlashtira olmaydilar, pedagogik ta’sirlarga qattiq qarshilik ko`rsatadilar, o`qituvchilarga nisbatan dag`al munosabatda bo`ladilar va turlicha noma’qul ko`rinishdagi qiliqlarni (yomon so`zlar bilan so`kinish, chekish, be’zorilik qilish, darslarni muntazam qoldirish kabi) qiladilar.
Shuning bilan birga pedagogik jihatdan qarovsiz qolgan o`quvchilarning aksariyat qismi bironta kasbga ega bo`lishga, iqtisodiy tomondan mustaqil bo`lishga intilib, ishlashga va mehnat qilishga xohishlari bo`ladi. Ularning qadriyatli – normativ sohadagi buzilishlari hozircha unchalik katta bo`lmaydi. Shu sababli ularni o`quv–tarbiya muassasalari, umumo`rta ta’lim maktablari va kasb – hunar o`quv yurtlari doirasida xulq – atvorlarini tuzatsa bo`ladi. Buning uchun ularning har biriga yakka tarzda yondashish, psixologik va ijtimoiy yordam ko`rsatish, maktabdan va sinfdan tashqaridagi qiziqish doiralarini kengaytirish, kasbiy rejalari va kelajak istikbollarini aniqrok shakllantirmoq zarur bo`ladi. Bunda ularga o`smirlar uchun ijtimoiy muassasalar, yoshlar uchun mehnat birjalari, har xil klublar hamda ekstremal ijtimoiy–psixologik yordam ko`rsatish markazlari katta yordam berishlari mumkin.
Ijtimoiy jihatdan qarovsiz qolgan o`smirlarning o`z oilasidan va maktabdan begonalashishi ancha chuqur xarakter kasb etadi. Ularning shakllanishi asosan antiijtimoiy va kriminal guruhlar ta’siri ostida kechadi. Ular uchun salbiy ijtimoiy xarakterlar, qonunga qarshi bo`lgan faoliyatlar (daydilik, narkomaniya, mastlik – mayxo`rlik, tajavvuzkorlik, tovlamagarchilik, yulg`ichlik) xarakterlidir. Odatda ular kasbiy yo`nalmagan, mehnat qilishga mutloqo hohishlari bo`lmay, parazitik xayot kechirishga moyillik juda kuchli bo`ladi. Bunday o`smirlar bilan o`quv – tarbiya muassasalari sharoitida ish olib borish, ularni tuzatish qiyin. Shu sababli ularni voyaga yetmagan o`smirlar bilan ish olib boruvchi militsiya bo`limida hisobga qo`yish va mahsus, yopiq tipdagi o`quv – tarbiya muassalariga o`tkazish lozim.
DezadaptatsiyalaShuvning xarakteriga qarab shaxsni tuzatish, reabilitatsiya qilishda odam psixikasidagi salbiy tomonlarni aniqlovchi, psixologo –pedagogik jihatdan tuzatuvchi dasturlar yoki ijtimoiy –pedagogik jihatdan shaxsni ijtimoiylashtirish dasturlari ko`proq qo`llaniladi.
Reabilitatsiyalanish jarayonining qiyin kechishi ham mumkin. Bunda bir bola –o`smirning o`zida dezadaptatsiyalanishning turli shakllari, ya’ni, patogen, ruxiy –ijtimoiy va ijtimoiy xillari qo`shilib ketgan bo`ladi. Demak, diagnostika –korrektsiya qilish dasturlari ham Shunga yarasha yuqorida sanab o`tilgan dezadaptatsiyalanish shakllarini tuzatishga qarata yo`naltirilmog`i lozim.
YOsh bolalar va o`smirlarni ijtimoiy reabilitatsiyalash muassasalari xozirgi davrda Ta’lim vazirligida, mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirligi, sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa turdagi ko`mitalarda, jamiyatlarda tuzilmoqda.
YOsh bolalar va o`smirlar dezadaptatsiyalanishining eng murakkab va chuqur shakllarini ijtimoiy jihatdan reabilitatsiyalash (sog`lamlashtirish) muassasalarida kuzatiladi. Bunday muassasalarga bolalar uylari (etimxonalar) kiradi. Bolalar uylarida «ko`cha bolalari», daydi bolalar, ijtimoiy yetim bolalar, ota yoki onalik huquqidan mahrum etilgan kishilarning bolalari tarbiyalanadi.
Bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy reabilitatsiya ishi qoida bo`yicha ijtimoiy –maishiy va tibbiy –ijtimoiy reabilitatsiyalashdan boshlanadi. Bunda bolalarni vannadan qanday foydalanish kerakligiga, issik ovqat yeyishga, choyshabli yostiqda qanday uxlash lozimligiga va boshqa ishlarga o`rgatishadi. Shuningdek, ruxiy – emotsional reabilitatsiyalash ishlariga ham katta ahamiyat beriladi. 1 – chi navbatda shinam uyda bekami ko`st yashash sharoitlari yaratib beriladi, xizmatchilar va tarbiyachilarning xayrihoxligi hamda maxsus ruxiy muolaja usullari, ya’ni, eng avvalo, o`yin terapiyasi, ertak terapiya, ruxiy terapiya qilish teatridir. Kattaroq yoshdagi bolalar va o`smirlar turli shakldagi mehnatga, masalan, o`yinchoqlar, yodgorlik buyumlari va boshqa narsalarni tayyorlaydigan tikuv va duradgorlik kabi ustaxonalarda ishlashga tortiladi. Bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarga nisbatan qo`llanilayotgan reabilitatsion tadbirlar qatorida bolaning oilasi bilan olib boriladigan ijtimoiy –pedagogik ishlarga katta o`rin beriladi. Agarda bolaning oilasi bo`lmasa yoki uning oilasidagi sharoit mutlaqo yaroqsiz bo`lsa, bolani qabul qilib (saqlab oladigan) olishga rozi bo`ladigan oila tanlanadi. Agar bola o`sha oilada yashashga moslashib, o`rganib ketsa, oila va bolaning roziligi bilan vasiylik qilish to`g`risidagi xujjat yoki o`g`il qilib olish xujjati rasmiylashtiriladi.
Bolalarning ijtimoiy –reabilitatsiyalash muassasalarida bo`lish vaqti uni bo`lg`usi doimiy yashash joyiga o`rnashtirishgacha ketadigan vaqt bilan chegaralangan. Bola yoki o`z oilasiga (agar yashash sharoiti yaxshilansa) qaytariladi yoki uni o`g`il qilib olgan oilaga, yo bo`lmasa, davlat tarbiya muassasalari – bolalar uylariga va maktab – internatlarga beriladi.
Boshlang`ich maktab o`quvchilari uchun reabilitatsiya qilish tadbirlari ichida birinchi o`ringa psixologo –pedagogik diagnostika va tuzatish dasturlari chiqadi. Bunda, boladagi bilish, idrok etish soxasidagi illatlar aniqlanadi. Bu illatlar tuzatish –rivojlantirish orqali ta’lim – tarbiya berish jarayonida yo`qotila boriladi va bu tibbiy – ijtimoiy reabilitatsiyalash va harakatlantiruvchi korrektsiya qilish ishlari bilan qo`shib olib boriladi.
O`smirlik yoshidagi dezadaptatsiyalangan o`quvchilar uchun kasbiy yo`naltirilganlik, ishchi kasblarga ularni tayyorlash, shaxsni ruxiy jihatdan tuzatish va shaxslararo munosabatlarni ijtimoiy – psixologik korrektsiya qilish 1 – chi o`rinda turadi. Bunday o`smirlarning oilalariga ijtimoiy –pedagogik va psixologik jihatdan yordam berish ham katta ahamiyatga ega. Ko`p bolalik oilalarni tadqiq etish Shuni ko`rsatmoqdaki, ularga moddiy yordam ko`rsatish bilan bir qatorda bunday oilalarni psixologo–pedagogik jihatdan qo`llab–quvvatlash ham katta rol o`ynaydi. Dezadaptatsiyalashgan yosh bolalar va o`smirlarni reabilitatsiya qilish markazlarining faoliyati, uning mazmuni va printsiplari quyidagicha bo`lishi mumkin:
Diagnostikaga (kasallikni aniklash usuliga) kompleks yondashish va bolalarni o`qitish va tarbiyalashda ularning potentsial imkoniyatlarini to`la ishga solish;
Ta’lim va tarbiya berishda muammolarga ega bo`lgan bolalarga yakka holda va Shuning bilan birga differentsial ravishda yondashish;
Ushbu toifaga kiruvchi bolalarni o`qitish va tarbiyalash ishlarini tashkil etishda turli xildagi usullardan, o`qitishni tashkil etish shakllaridan foydalanish;
Psixofiziologik funktsiyalari buzilgan bolalarni dastlabki kunlardayoq tibbiy psixologo–pedagogik tashxizdan o`tkazib, ta’lim olishlariga to`sqinlik qiladigan asosiy ijtimoiy dezadaptatsiyalaShuv sabablarini aniqlash.
O`qitish va tarbiyalashning korrektsion yo`naltirilganligi.
O`qitish va tarbiyalash tizimining bolalarni sog`ligini asrash va rivojlantirishga qarata yo`naltirilganligi.
Odatda deviatsiyalar o’spirinlik davrida yuzaga keladi. O’spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o’tish davri ham deb atashadi, chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o’tish ro’y beradi va bu jarayon o’smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o’z ta’sirini ko’rsatadi.
O’smirlik davrida o’smir hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi, bu esa o’z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirning ijtimoiy maqomi o’zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo’yila boshlaydi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin