O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


O’smirlarning deviant xulq-atvori sabablari



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə50/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

O’smirlarning deviant xulq-atvori sabablari


Me’yordan chetga chiquvchi xulq-atvor murakkab tabiatga ega bo’lib, turli xil omillar bilan izohlanadi. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilardir:
1. Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o’z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar kiradi:
-irsiy xsusiyatlar;
-aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko’rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi va boshqalar;
-organizmga psixofiziologik zo’r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog’liq bo’lgan psixofiziologik xususiyatlar.
2. Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g’ayriadekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo’ladi.
YOrqin namoyon bo’lgan psixopatiyaga (tentaklik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlar.
Ruhiy me’yorning eng keskin varianti hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiytibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar.
Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va xarakterning ba’zi ruhiy hislatlari shakllanadi. O’smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: yoki u yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki ko’nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda uning himoya vositasi vazifasini begonalaShuv bajaradi. Bu begonalaShuv asabiy reaksiyalar, atrofdagilar bilna munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik, psixik rivojlanishning to’xtab qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon bo’ladi.
O’smirlarga xos bo’lga rad etish, qarshi chiqish kabi hislatlar odatda bir-biriga emotsional bog’liq bo’lgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi.
O’smir axloqiy qadriyatlari tizimining shakllanmaganligi holatida uning qiziqishlari g’arazli xarakter kasb eta boshlaydi. Bunaqa o’smirlarga infantilizm, ko’ngilochar hikoyalar xosdir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’lib, uning asosida yoshlik chog’ida salbiy tajriba to’planishligi bilan bolaning erta ijtimoiylashuvidagi og’ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual hususiyatlar yotadi. Bunaqa bolalar avvalambor maktabda yomon tayyorlanishgan bo’lishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o’quv dezadaptatsiyasidan dalolat beradi.
Maktab o’qo’vchisining dezadaptatsiyasi o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o’tadi:
-o’quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o’zlashtirishida qayinchiliklra paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan holat;
-maktab dezadaptatsiyasi –o’qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo’ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati;
-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o’qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so’nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;
-bo’sh vaqtni o’tkazish muhitining kriminallaShuvi.
Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g’ayriijtimoiy xulq-atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular:
-o’zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi;
-to’liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;
-spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g’ayriaxloqiy hayot tarzi, ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog’liq a ijtimoiy munosabatlar turi.
SHavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi yoki unga vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi.
Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish Shuni ko’rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag’allarga sinflashishi, axoli ko’p qismining kambag’allashib ketishi, ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo’yilishidan iborat.
5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida, qadriyatlarning yo’qolib ketishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo’lishiga befarq qarashida o’z aksini topadi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin