O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


Iogann Fridrix Gerbart (1776-1841)



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə58/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Iogann Fridrix Gerbart (1776-1841). I.F.Gerbart o`quv-tarbiya jarayoni mohiyatini etika va psixologiya yutuqlari asosida yoritishga, didaktikani pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida isbotlashga, uning pedagogik fanlar tizimidagi maqomini inkor etishga uringan nemis faylasufi, psixologidir. Uning fikricha, etika tarbiyaning maqsadini, psixologiya esa shu maqsadni amalga oshirish vositalarini belgilaydi.
I.F.Gerbart o`zining “Umumiy pedagogika” (1806-y.), “Pedagogik ma’ruzalar” (1835-y.) nomli asarlarida avtoritar tarbiya asoslarini yaratdi. Uning avtoritar tarbiya tizimi o`zgalar irodasiga so`zsiz bo`ysunish (itoat qilish), yoshlarni uzluksiz tartib-intizom doirasida tarbiyalash, qabul qilingan qoida, prinsiplar (rigorizmlar)ni buzgan bolalarga tan jazosi berish, shaxsning yo`nalishi, intilishini doimiy nazorat qilishni takomillashtirish kabi qator g`oyalarga asoslangan.
Pedagogika, I.F.Gerbartning fikricha, falsafiy fan darajasiga ko`tarilishi, uning mazmuni esa yaxlitni aks ettiradigan nazariy qarashlar yig`indisidan iborat bo`lmog`i shart. Uning pedagogik merosida ta`lim masalalari ham keng yoritilgan: ta`limning samaradorligi o`quv materialining mazmuniga, uning qismlari o`rtasidagi aloqadorlikka bog`liq; o`rganilayotgan bilimlarni oldingi mavzularga bog`lab bayon etish; o`quv materialini o`rganishga bolalarni tayyorlash.
I.F.Gerbart o`z qarashlarida ta`lim jarayonini ruhshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil etish, o`zlashtirishning ruhiy elementlari (tasavvur, qiziqish, xohish, intilish, assotsiatsiya)ni ajratishga ko`proq ahamiyat berdi. Uning ta`kidlashicha, o`zlashtirish jarayoni o`zaro daxldor ikki xususiyatga ega: o`quv materialini aniq, ongli tushunish; tushunilgan narsa-hodisalar to`g`risida o`ylash, ular o`rtasidagi bog`lanishlarni umumlashtirish.
I.F.Gerbart o`zlashtirish jarayonining psixologik xususiyatlari asosida ta`limning to`rtta bosqichini belgilaydi: “aniqlik”-ko`rgazma qo`llash yo`li bilan bolalarni yangi o`quv materiali bilan tanishtirish; “assotsatsiya” oldingi va yangi tasavvurlar o`rtasida bog`lanish hosil qilish; “tizim” qoida va qonunlarni qayd etish; “usul”-o`rganilgan bilimlarni, xulosalarni amaliyotda qo`llash uchun mashq qilish.
I.F.Gerbart, yuqorida qayd qilinganidek, ta`limni qat`iy talablar doirasida tashkil etish g`oyasini himoya qildi. Shu bilan birga, u ta`limda bolalarning qiziqishlarini hisobga olish zarurligini alohida uqtirdi, bola qiziqishlarining turlarini tasnif etdi: tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarga nisbatan empirik qiziqish; narsa-hodisalar o`rtasidagi bog`lanish, sababiyatlarga oid aqliy qiziqish; go`zal narsalarni his qilishga mansub estetik qiziqish; yaqin kishilarga intilish simpatik qiziqish; din, bilim, odamlarga nisbatan qiziqish. I.F.Gerbart ta`limida bolalarning ruhiy holati qiziqishlari, xarakterini shakllantirish g`oyalaridan kelib chiqib tarbiyalovchan ta`lim tizimiga asos soldi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin