O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə62/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Djon Dyui (1895-1952). Boshqa progressivisitlarga o`xshab taniqli amerika faylasufi, psixologi, pedagogi D.Dyui ham o`z didaktik tizimini asoslashda I.F.Gerbart va uning izdoshlarining didaktik qarashlarini tanqid etishdan boshlagan edi. D.Dyuining yozishicha, an`anaviy maktab va unda ta`limni tashkil etish tajribasi qator kamchiliklarga ega: maktab faoliyati, binobarin, o`qituvchi va o`quvchi faoliyati ham qat`iy talablar, qoidalar, prinsiplar (rigorizmlar) chegarasidan chiqib keta olmaydi; ta`lim o`quvchilar xotirasiga mo`ljallab tashkil etilgani uchun bolalar tayyor bilimlarni o`rganishadi, ularning qobiliyatlarini o`stirish, ularda ijodkorlikni tarbiyalash ikkinchi darajali hodisa sifatida qaraladi; ta`limda bolalarning faolligi, binobarin, tashabbuskorligi, qiziqishlari, intilishlari chegaralab qo`yilgan; ma`lumot mazmuni va uni o`zlashtirish jarayoni real ijtimoiy ehtiyojlarga mos kelmaydi; maktablarda hayot uchun foydali bilimlar o`rgatilmaydi.
D.Dyuining didaktik qarashlari pragmatizm falsafasiga asoslangan edi, u bola uchun, ijtimoiy hayot uchun foydali bilimlarni haqiqat deb tushunardi. D.Dyui o`zining falsafiy, didaktik mushohadalarida klassik haqiqatlarni ma`lum darajada inkor etgan, binobarin, ilmiy bilishni ikkinchi darajali hodisa sifatida kamsitgan, amaliyotni birinchi o`ringa qo`ygan pedagog edi. Bu D.Dyuining didaktik sistemasini ma`lum darajada chegaralanganini ham ko`rsatadi.
D.Dyuining didaktik tizimi, garchand unda qator g`ayriilmiy qarashlar bo`lsa-da, eng ilg`or yo`nalish edi: u eng avvalo o`z pedagogik qarashlarini maktab faoliyati bilan bog`ladi. 1896-1902-yillarda Chikago shahrida maxsus maktab tashkil etdi. Bu “laboratoriya maktabi” deb atalardi; laboratoriyada ilmiy-tadqiqotlarni eksperimental usullar asosida olib bordi. U eksperimentni maktab hayotiga ilmiy-didaktik tadqiqotlarga olib kirgan birinchi pedagoglardan edi; D.Dyui o`z didaktik qarashlarida o`quvchini ta`lim jarayoni sub`yekti sifatida ajratadi. Uning fikricha, maktab bolalarni hayotga tayyorlash joyigina emas, shu bilan birga, u bolalarning faoliyat ko`rsatish, yashash maskani hamdir.
D.Dyuining didaktik tizimida bolalarning individual va kollektiv faoliyatini qo`shib olib borish g`oyasi markaziy o`rinni egallaydi. U amaliy mashg`ulotlar, qo`l mehnati xususiyatlarini tahlil etib, ta`limda o`quvchining mavqeini, uning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalarini o`rganadi. Uning ta`kidlashicha, indivudual va kolektiv ishlarni qo`shib olib borish yo`li bilan ta`limda “tashkiliy hamkorlikka”erishish mumkin. Amaliy mashg`ulotlarda faol ishtirok etish, deb qayd etgan edi. D.Dyui, bolalarning o`rganilayotgan o`quv predmetiga oid adabiyotlar ustida mustaqil ishlashni inkor etmaydi. Binobarin, D.Dyui o`z didaktik tizimida bolalarning mustaqil ishlari, ularda mustaqillikni tarbiyalash muammolariga alohida e`tibor beradi.
D.Dyui “Kitobiy bilimlarga”, “bilimlarni tayyor holicha” o`rganishga tamoman qarshi edi. U didaktika tarixida birinchilardan bo`lib, muammoli ta`limni asoslagan didaktdir. D.Dyui fikriga ko`ra, bilish va bilim turli aqliy qiyinchiliklarni hal etish, hayotida uchragan qiyinchiliklarni bartaraf etishdir. Tafakkur narsa-hodisalar to`g`risida fikrlash muammolarini sezish, ularning mohiyatini anglash, qiyinchiliklar (masalan bilish jarayonidagi qiyinchiliklar) ni yengish natijasida pozitiv ziddiyatlarning rolini ilk bor asoslagan didakt ham D.Dyui edi.
Ta`lim jarayonidagi pozitiv (ijobiy) ziddiyatlar hozirgi didaktikaga ta`limni harakatlantiruvchi kuchlar (M.A. Danilov), bilish jarayonidagi to`siq (L.M.Fridman), amaliy va bilish faoliyatidagi qarama-qarshiliklar (E.Lingard), ma`lum va noma`lum elementlar o`rtasidagi munosabatlar (I.Y.Lerner), o`rganilgan va o`rganiladigan bilimlar o`rtasidagi farq (M.I.Maxmutov) shaklida ta`riflanadi. Bulardan ko`rinadiki hozirgi muammoli ta`lim nazariyasining otasi ham D.Dyui edi.
D.Dyui bolalar oldiga qo`yiladigan muammolarning mohiyati, ta`lim jarayonidagi ziddiyatlarning xususiyatlariga asoslanib, o`quv-tarbiya sharoitida o`quv muammolaridan foydalanish metodikasini ham ishlab chiqdi. O`quvchi muammoni qabul qila turib, o`zi uchun yangilik ochishni fahimlashi, yangi bilimlarga ehtiyojini sezish zarur.
D.Dyuining ta`kidlashicha, tafakkur, tafakkur jarayonlari yashash uchun kurash jarayoni bo`lib, u insonning taraqqiyot darajasini ham belgilaydi. Har qanday o`quv muammosini hal etish, uning yozishicha, oldin qiyinchilikni sezish, so`ngra qiyinchilikni bartaraf etish, oxirida qilingan ishni baholash bilan yakunlanadi. Ana shular ga ko`ra, D.Dyui ta`limning quyidagicha yangi modelini yaratdi: ta`lim jarayonidagi qiyinchiliklarni sezish, qiyinchilikni aniqlash va chegaralash, qiyinchilikni bartaraf etishga oid farazni so`z bilan shakllantirish, yangi xulosani qayd etish: xulosani tekshirish uchun tajribalar o`tkazish. Demak, D.Dyui ta`lim jarayonida o`quvchini bilishini olimning ilmiy bilishiga yaqinlashtirib tashkil etish g`oyasini ko`tarib chiqqan didaktdir.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin