O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


B.P.Yesipov, I.T.Ogorodnikov tasnifi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə92/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

B.P.Yesipov, I.T.Ogorodnikov tasnifi

O.Roziqov va B.Adizov tasnifi

  • Yangi bilim berish darsi.

  • Malakalarni shakllantirish darsi.

  • Umumlashtirish darsi.

  • Takrorlash va mustahkamalash darsi.

  • Kontrol dars.

  • Aralash dars.

  1. Yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamalsh darsi.

  2. Takrorlash va malaka hosil qilish darsi.

  3. Bilim va malakalarni umumlashtirish darsi.

  4. Bilim va malakalarni tekshirish darsi.

Darsning tarkibi. Har bir dars tipi o`z ichida mantiqiy qismlarga ajraladi. Darsning tarkibiy qismlariga dars bosqichlari deyiladi. Darsning bosqichlari o`quv materiali mazmuni, tanlangan ta`lim metodlari, vositalari, o`quvchilarning aqliy faoliyati olib boriladigan yo`l (induksiya yoki deduksiya)ga ko`ra belgilanadi. Shularga ko`ra, darslar rang-barang bo`lib, bir biriga ikki tomchi suvdek o`xshagan ikkita darsni tashkil etish mumkin emas.
Didaktik adabiyotlarda yangi o`quv materialini o`rganish, idrok etish, mustahkamlash, takrorlash, uy ishini tekshirish va tashkil etish, bolalar bilimini boholash kabilar darsning qismlari sifatida qaraladi.
Yangi o`quv materialini o`rganish bosqichi. Darsning bu bosqichini ba`zi mutaxasislar ”yangi materalni izohlash”, ayrimlari esa “yangi bilim berish” iborasi bilan yuritishadi. Shu sababli, darsning bu bosqichini ”yangi o`quv materialini o`rganish” bosqichi deb atashni maqsadga muvofiq deb topdik.
Yangi o`quv materialini o`rganish bosqichi qator kichik tashkiliy qismlardan iborat. Ularni dars zvenolari deb belgiladik. Bu bosqich quyidagi zvenolardan iborat.
I. O`quvchilarni yangi o`quv materialini tushunishga tayyorlash. Buning uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi: a) darsning maqsadini bolalarga yetkazish. qanday dars bo`lishidan qat`i nazar mashg`ulotning maqsadini tushuntirish o`quvchilarning o`quv predmetlariga qiziqishlarini oshiradi, ularda o`rganish, izlanish havasini uyg`otadi; b) mustaqil ishlarni tashkil etish, bolalar oldiga savollar, muammolar qo`yish.
II. O`quv materialini idrok qilish. Maktab o`quvchilari bilimlarni o`qituvchi nutqi, darslik, ko`rgazma qurollardan idrok etishadi. Bolalar o`qituvchi bilan birga yangi bilimlarni tahlil etishadi, faktlarni o`zaro solishtirishadi yangi bilimlarni idrok etish jarayonida o`qituvchi nutqi, darslik, ko`rgazma qurol qanchalik uyg`unlashsa, bolalar yangi bilimlarni shunchalik puxta o`zlashtirishadi.
O`quv materiallarini idrok etish jarayonida ta`lim manbalarini o`zaro uyg`unlashtirishning quyidagi yo`llari mavjud.
A. Yangi o`quv materialini-bilimlarni og`zaki bayon etish metodlari-tushuntirish, tasvir, hikoya, maktab ma`ruzasi vositasida o`qitilganda, o`qituvchi nutqi yetakchi ta`lim manbaiga aylanadi, ko`rgazma qurol va darslik esa yordamchi vosita funksiyasini bajaradi. Bunda bilimlar tayyor holicha egallanadi. Bolalar bilimlarni o`qituvchi nutqidan idrok etishadi, idrok etilgan bilimlar ko`rgazma qurol vositasida yanada konkretlashtiriladi. So`ngra darslik materiallari ustida ishlashga o`tiladi.
B. O`quv materialini bayon etishda suhbat metodi tanlanganda ko`rgazma qurol, darslik asosiy manbaiga aylanadi. O`qituvchi nutqi, o`rtaga tashlangan savollar yordamchi vositaga aylanadi. Savollar o`rtaga tashlanganda o`quvchilar diqqati ko`rgazma qurol, darslikdagi faktlarga tortiladi. Bolalar faktlarni tahlil etib, quyilgan savolga javob topishadi.
V. O`quv materialini bayon etishda mustaqil ishlash metodi tanlanganda darslik asosiy ta`lim manbai bo`lib qoladi, o`qituvchining ko`rsatmalari yordamchi manba funksiyasini bajaradi.
G. O`quv materialini faol idrok etishni ta`minlashning samarador yo`li ta`lim manbalarining barchasini (ko`rgazma qurol, darslik, o`qituvchi nutqi) o`zaro uyg`unlashtirish. Bunda ko`rgazma qurol ham, darslik ham, o`qituvchi nutqi ham faol idrok etish vositasiga aylanadi: ko`rgazma qurolda berilgan faktlarni tahlil etish, ularni darslik materiallariga taqqoslash, o`qituvchi tushuntirishlarini tinglash yo`llari bilan bilimlar puxta o`rganiladi.
III. Yangi o`quv materialini mustahkamlash bosqichi. O`rganilgan o`quv materialini mustahkamlash uni idrok etish jarayonining tabiiy davomi bo`lgandagina o`zlashtirilgan bilimlar o`quvchilar xotirasida uzoq muddat saqlanadi. Mustahkamlash uchun misol va masalalar yechiladi, mashqlar bajariladi, faktlar tahlil etiladi, chiqarilgan xulosalar darslikdagi ta`rif, qoidalarga taqqoslanadi, bilimlar turli o`quv sharoitlariga tatbiq etiladi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin