O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə93/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

O`tganlarini takrorlash bosqichi. Takrorlash darsning yana bir bosqichi o`zaro bog`langan uch zvenodan iborat: 1) oldingi o`rganilgan bilimlarni ongli esga tushirish; 2) esga tushirilgan bilimlarni turli o`quv sharoitlariga tatbiq etish; 3) bilimlar doirasini kengaytirish. O`quv materialiga ikkinchi marta takroriy duch kelinganda bolalar ongida kumulyatsiya hodisasi yuz berib, ular shu mavzuning yangicha xususiyatlarini anglab olishadi.
Yuqoridagi bosqichlarga o`xshab, bilim va malakalarni tekshirish, darsni tashkil etish, uy vazifasini tekshirish, o`quvchilar bilimini baholash, darsni yakunlash ham dars bosqichlari hisoblanadi. Har bir dars yuqorida sanalgan bosqichlarning o`zaro kombinatsiyasi, turlicha bog`lanishidan tashkil topadi.
Dars va unga qo`yiladigan didaktik talablar
Dars haqida tushuncha
Darsning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Darsda o`rganiladigan bilimilar hozirgi zamon fani yutuqlarini o`zida aks ettirishi, ta`lim jarayoni maqsadi hamda bolalarning real o`qish imkoniyatlariga mos bo`lishi zarur. Bolalarning real o`qish imkoniyatlariga mos kelmaydigan nihoyatda jo`n yoki murakkab bilimlar o`quvchilarning fan asoslarini o`rganishga qiziqishlarini susaytiradi. Qanday usul, vositalar yordamida o`quvchilarning qiziqishlari tarbiyalanadi?
Dars ijodiy jarayon. Darslarda o`quvchilarning ijodiy faoliyati qancha taraqqiy etsa, fan sohasida qo`llaniladigan usullardan qancha ko`p foydalanilsa, darsning samaradorligi shuncha oshadi. Darsning samaradorligini qanday tushunasiz?
Dars – jamoa mehnati jarayoni. Darsni ijodiy tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, mashg`ulotlarni operativ o`tkazish, bolalarda jamoada ishlay olish ko`nikmalarini shakllantirishi, o`zaro yordam va bolalar o`rtasida hamkorlik o`rnatish yo`llari bilan mashg`ulotlar jamoa mehnati jarayoniga aylantiriladi.
Darsning ichki va tashqi belgilari. Dars ta`limning boshqa shakllaridan o`zining ichki va tashqi xususiyatlariga ko`ra farq qiladi. Muayyan yoshdagi va ma`lum tayyorgarlikka ega bo`lgan o`quvchilar guruhi, rejim, dars jadvali, mashg`ulotlarni ma`lum xonada o`tkazish kabilar darsning tashqi xususiyatlari, darsning maqsadi, logikasi, ta`lim mazmunini his qilish, qiziqish, anglash, tushunish uning ichki xususiyatlari sanaladi. Dars Ana shu ikki xil - tashqi va ichki xususiyatlarning o`zaro uyg`unlashuvi asosida tashkil etiladi.
Bir xil tayyorgarlikka ega, yoshlari teng o`quvchilarning doimiy jamoasi bilan ma`lum xona, rejim, jadval, ilmiy - pedagogik asoslangan dastur asosida o`tkaziladigan mashg`ulotga dars deyiladi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin