O`tganlarini takrorlash bosqichi. Takrorlash darsning yana bir bosqichi o`zaro bog`langan uch zvenodan iborat: 1)oldingi o`rganilgan bilimlarni ongli esga tushirish; 2)esga tushirilgan bilimlarni turli o`quv sharoitlariga tatbiq etish; 3)Bilimlar doirasini kengaytirish. O`quv materialiga ikkinchi marta takroriy duch kelinganda bolalar ongida kumulyatsiya hodisasi yuz berib, ular shu mavzuning yangicha xususiyatlarini anglab olishadi.
Yuqoridagi bosqichlarga o`xshab, bilim va malakalarni tekshirish, darsni tashkil etish, uy vazifasini tekshirish, o`quvchilar bilimini baholash, darsni yakunlash ham dars bosqichlari hisoblanadi. Har bir dars yuqorida sanalgan bosqichlarning o`zaro kombinatsiyasi, turlicha bog`lanishidan tashkil topadi.
Yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslari Yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslari ta`lim jarayonining eng ko`p qismini ishg`ol qiladi. Bu dars tipining asosiy vazifasi turli o`quv predmetlariga oid qonuniyatlarni, g`oyalarni, faktlarni o`rganish va ularni dastlabki mustahkamlashdir.
Bilimlarni o`zlashtirish keng tushunchadir. O`zlashtirishning uch xil darajasi mavjud: bilimlarni idrok etish, ma`nosiga tushunish, xotira saqlash darajasida o`zlashtirish, bilimlarni o`xshash sharoitlarga tatbiq eta olish darajasida o`zlashtirish, bilimlarni yangi sharoitlarga tatbiq eta olish darajasida o`zlashtirish. O`quvchilar yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslarida bilimlarni o`z so`zlari bilan aytib bera bilish, o`rganilgan bilimlarga doir fakt keltira olish, bugun o`rganilgan bilimlarni oldin egallagan bilimlardan ajrata bilish darajasida o`zlashtirmog`i lozim.
Bu dars tipida quyidagicha vazifalar hal etiladi: o`quv materialining asosiy g`oyasi, maqsadini anglash; Shu bilimlarning inson faoliyatidagi ahamiyatini faxmlash; yangi o`quv materialiga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish; ularning asosiy xussiyatlarini tushunish; o`rganilgan bilimlarni qayta esga olish yo`lini, uni amaliyotda qo`llash yo`llarini egallash.