O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə63/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Bogdan Navrochinskiy (1882-1974). D.Dyuining izdoshlaridan biri polyak didakti Bogdan Navrochinskiy edi. B.Navrochinskiy o`z didaktik tadqiqotlarida I.F.Gerbart va D.Dyuining ta`limini tashkil etish modellarini o`zaro chog`ishtirib darsni tashkil etishning ikki xil usulini ajratadi: darsni tashkil etishning gerbartcha usuli, darsni o`tkazishning dyuicha usuli.
B.Navrochinskiy I.F.Gerbart va uning izdoshlari faoliyatini qisman o`rganib, darsni tashkil etishning quyidagicha etaplarini ajratadi: mavzuni o`rganishda tayyorgarlik; faktik materiallar tahlili; o`rganilgan va endi o`rganiladigan haqiqatlar o`rtasida bog`lanishga kelish; bilimlarni taqqoslash.
B.Navrochinskiy, D.Dyui va uning izdoshlari faoliyatini o`rganib darsni tashkil etishning quyidagi shaklini aniqlaydi: amaliy va nazariy qiyinchiliklar bilan to`qnashish: muammoni shakllantirish uchun faktlarni idrok etish faktlararo aloqa asosida amaliy va nazariy farazni o`rtaga tashlash: eksperiment, kuzatish asosida qo`yilgan farazni isbotlash, qo`yilgan farazning to`g`riligini tekshirish.
B.Navrochinskiy an`anaviy va progressiv didaktik tizimlarni taqqoslab o`rganish natijasida darsni tashkil etishning quyidagicha yangi qolipini ishlab chiqdi: o`quvchilarning amaliy va nazariy qiyinchiliklar bilan to`qnashuvi: o`rganiladigan asosiy masalani aniqlash: qo`yilgan savolga javob topish va aytib berish chiqarilgan xulosa bo`yicha mashq qilish.
Shunday qilib, B.Navrochinskiy muammoli ta`limini dars jarayoniga moslashtirish, uni maktab sharoitiga muvofiqlashtirish, o`qitish jarayonini ilmiy izlanish jarayoniga yaqinlashtirish g`oyasi uchun kurashgan progressiv didaktdir.
Selesten Frene (1896-1966). Mashhur fransuz pedagogi S.Frene maktabni bolalarga mofiqlashtirish g`oyasini himoya qilgan didaktdir. U ta`limning bolalarning mustaqil faoliyati sifatida sharhladi va bolalarning o`z faoliyati, tajribasidan o`tgan faktlar asosida o`quv-tarbiya jarayonini tashkil qilardi. S.Frene maktabida o`rganiladigan bilimlarning mazmuni, ta`lim vositalari bolani o`rab olgan muhitga ko`ra belgilanadi. Maktabni bolalar faoliyat ko`rsatadigan muassasaga aylantirish maqsadida to`rtta laboratoriya, to`rtta ustaxona tashkil etilgan.
S.Frene maktabi qoshida tashkil etilgan laboratoriyalarda quyidagicha ishlar bajarilgan: ma`lumotnoma, lug`at, xaritalar ustida mustaqil ishlab, turli bilimlarni informatsiya shaklida to`plash laboratoriyasi; hayvonlarni parvarish qilish, o`simliklarni o`stirish labaratoriyasi. Bu laboratoriyada bolalar turli kuzatishlar olib borib, natijalarni yozib borishgan; o`lchash, bichish, chizish, turli mexanizmlar bilan ishlash laboratoriyasi; ximiya, fizika, biologiyadan tajribalar o`tkazish laboratoriyasi.
S.Frene tashkil etgan ustaxonalar ham bolalarning mustaqil faoliyatiga asoslangan bo`lib, ularda quyidagicha ishlar amalga oshirilgan: yigirish, to`qish, tikish dastgohlarida ishlash, turli taomlarni tayyorlashga oid ustaxona: yog`och, temirga ishlov berish ustaxonasi: badiiy faoliyatga oid ustaxona. Bu erda bolalar rasm chizish, musiqa, fotografiya, magnit lentalariga yozish ishlarini o`rganishgan: tipografiya, poligrafiyaga oid ustaxonada bolalar o`zlari uchun zarur kitob, risolalar, ko`rsatma qurollarini tayyorlashgan, shunday qilib, S.Frene tashkil etgan maktab laboratoriya, sinflar esa informatsiya markazlari shaklini olgan edi.
S.Frene ustaxonalar, laboratoriyalar tajribasini umumlashtirib, ta`limning quyidagicha modelini yaratadi: sinab ko`rish, xatolarni bartaraf etish bosqichi. Bu bosqichda bolalar o`rganilayotgan muammo, narsa-hodisalar bilan bevosita muloqot qilishgan, o`z faoliyatlaridagi to`g`ri xati-harakatlarini, faoliyat usullarini ajratib olishgan. Faoliyatni tartibga solish bosqichi. Bu bosqichda oldingi tajribalarda ajratilgan turli xati-harakatlar tartibga solingan. O`yin vositasida ishlash bosqichi. Bu bosqichda bolalar o`yin orqali hayotiy muammolarni yechgan, turli kasblarga oid faoliyat usullarini egallashgan.
S.Frene pedagogik sistemasida o`quv-tarbiya ishlari o`quv haftalari asosida rejalashtirilgan, haftalik rejalarini tuzish uchun bolalar o`z sinflarida haftaning ma`lum kunida to`planishgan. O`quvchilar o`quv dasturlarini mustaqil tahlil etib, o`zlarini qiziqtirgan muammolarni bir hafta uchun ajratib olishgan va hafta davomida o`zlari tanlagan muammolar ustida o`qituvchilar rahbarligida mustaqil ishlashgan. O`quv haftasi oxirida bolalar o`zlari bajargan va bajara olmagan ishlari to`g`risida hisobot berishgan. Shunday qilib, S.Frene tashkil etgan maktablarda o`quv daturlari rejalari, ta`lim vositalari va uning tashkiliy formalari bolalarning mustaqil faoliyati asosida belgilangan.
Pragmatizm falsafasiga asoslangan progressiv didaktik tizimlarning qator yutuqlari bilan birga kamchiliklari ham mavjud edi: ta`limni o`quvchilarning mustaqil faoliyati shaklida tashkil etish ko`p vaqtni olardi. Bolalar axborot tanqisligi tufayli o`sha davr fani,texnikasi, madaniyati, ishlab chiqarishning umumiy asoslari bilan to`liq tanisha olmasdi: ta`lim bolalar tajribasidan o`tgan faktlarni tahlil etish, xulosalar chiqarish yo`li bilan tashkil etilgani sababli nazariy bilimlar ikkinchi darajali hodisa sifatida qaralardi: ta`limda turli-tuman emotsiyalar, bolalarning qiziqishlariga ko`proq e`tibor berilardida, fan asoslarini tmizimli o`rgatishga yetarli vaqt ajratilmasdi.
Yuqoridagi kamchiliklardan xalos bo`lishning asosiy yo`li psixologiya, pedagogika yutuqlari asosida didaktik hodisalarni sharhlashdir. Umuman, ta`lim, xususan, muammoli ta`lim masalalarini o`rganishga, o`z didaktik tizimlarini asoslashga polyak didakti Vinsenti Okon, rus didakti Issak Yakovlevich Lerner, tatar pedagogi Mirza Ismagilovich Maxmutov zamonaviy fan, ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan yondashishdi. Bular to`g`risida keyingi faslda so`z yuritiladi.



Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin