O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


Maxmutov Mirza Ismagilovich (1927)



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə65/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Maxmutov Mirza Ismagilovich (1927). M.I.Maxmutovning muammoli ta`lim to`g`risidagi qarashlari uning ikkita kitobi “Muammoli ta`lim nazariyasi va amaliyoti” (Qozon, 1972), “Maktabda muammoli ta`limni tashkil etish” (Moskva, 1977)da umumlashtirilgan. “Biz ta`limning tipini aniqlashga,-deb yozgan edi M.I.Maxmutov, -o`qituvchi va o`quvchining o`zaro ta`siri prinsipi nuqtayi nazaridan yondashamiz”: o`qituvchining bilimlarni tayyor holda bayon qilishi yoki bolalarning mustaqil faoliyatini tashkil etish yo`li bilan bilimlarni o`zlashtirishga qarab ta`limning-dogmatik, ko`rgazmali bayon, muammoli tiplari ajratiladi.
Muammoli ta`lim zaminida bolalarning ijodiy faoliyati yotadi. Ijodiy faoliyat turlari asosida muammoli ta`limning uch ko`rinishi ajratiladi: nazariy ijodkorlik-o`quvchilarning o`zlari uchun yangi qoida, qonuniyat, teoremani izlashi, topishi va asoslashi. Muammoli ta`limning bu ko`rinishi nazariy xarakterdagi ijodiy topshiriqlarni yechish yo`li bilan amal qiladi; amaliy ijodkorlik-o`rganilgan bilimlarni yangi sharoitlarga tatbiq etish usulini egallash. Muammoli ta`limning bu ko`rinishi amaliy xarakterdagi ijodiy topshiriqlarni echish yo`li bilan amal qiladi; badiiy ijodkorlik-borliqni badiiy obrazlar vositasida aks ettirishdir. Muammoli ta`limning bu ko`rinishi insho yozish, ma`lum mavzularda erkin ijod etish, rasm chizish, musiqa asari yaratish shaklida amal qiladi.
M.I.Maxmutovning fikricha, muammoli ta`limni dars jarayoniga moslashtirish uchun bolalarda mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirmoq kerak. U mustaqil ishlash malakalari qatoriga quyidagilarni kiritadi: muammoni anglash; muammoni o`z so`zlari bilan aytib bera olish, uni qayta tuzish: muammoni hal qila olishga oid farazni qo`ya bilish; farazni isbotlash usulni amaliyotga tatbiq eta olish. M.I.Maxmutov ta`limda o`qituvchi va o`quvchining o`zaro ta`siri xususiyatlaridan kelib chiqib, muammoli ta`limning to`rt xil darajasini belgilaydi; bolalarning odatdagi faolligi darajasidagi muammolilik o`qituvchining tushuntirishi, tavsiyalari asosida qo`yilgan muammoni hal etish; chegaralangan faollik darajasidagi muammolilik nazariy bilimlarni o`qituvchi bayon etadi, o`rganilgan bilimni yangi sharoitga tatbiq etishga oid topshiriqni bolalar mustaqil bajarishadi; mustaqil faollik darajasidagi muammolilik bola darslik ustida mustaqil ishlab bilimlarni o`zlashtiradi; ijodiy faollik darajasidagi muammolilik-bu darajada muammoni bolalarning o`zlari mustaqil tanlashadi va bajarishadi.
M.I.Maxmutov, ta`limda bolalarning mustaqillik darajasi, muammoli holat xususiyatlari asosida ta`limning quyidagicha modelini kashf etadi: muammoli holatning paydo bo`lishi: bilishga oid qiyinchilikni sezish va muammoni qo`yish; muammoni bajarish usulini tanlashga oid faraz; qo`yilgan farazni isbotlash; muammoning bajarilishini tekshirish. M.I.Maxmutovning didaktik tizimida ta`limning tashkiliy shakllari, ta`lim metodlari, vositalari, ma`lumot mazmuni inkor etilmaydi. Aksincha, muammoli ta`lim ta`limning maqsadi, vositalari, mazmuni, usullari, tashkiliy shakllariga moslashtiriladi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin