O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə95/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Dars tipologiyasi. Darsning tashkiliy qurilishidagi asosiy kamchiliklaridan biri darslarning chegaralash uchun ishlatilgan atamalarda bo`lsa, ikkinchisi darslarning tipologiyasidir. Didaktik adabiyotlarda dars tiplari turlicha pirintsiplar asosida ajratilgan. Pedagogika darsligida “mashg`ulotning asosiy qismini (dars soatining ko`p qismini) ishg`ol qilgan” vaqtga qarab dars tiplarini ajratish o`lchov qilib olingan. Ayrim didaktlar dars tiplarini tasnif etishda o`qitish metodlarini ko`zga tutishgan. Vaqt taqsimoti, o`qitish metodi dars tiplarini ajratishning asosiy prinsipi bo`la olmaydi. 30 yoki 45 minutlik vaqtni taqsimlashda o`quv materialining hajmi, murakkabligi, sinf o`quvchilarining tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi. Bir metod vositasida o`rganilgan o`quv materialini ikkinchi bir metod yordamida o`rganish mumkin. Asosiy masala o`quv materiali mazmuniga muvofiq, uni o`zlashtirishni osonlashtiradigan ta`lim metodini tanlashdir.
S.V.Ivanov dars tiplarini ta`lim jarayonining xususiyatlari va uning tarkibiy qismlari-ta`lim bosqichlariga ko`ra ajratadi. Ta`lim jarayoni juda ko`p aktlar, zvenolardan, bosqichlardan iborat. Ana shunga ko`ra S.V.Ivanov tasnifida sakkiz xil dars tipi ajratilgan: kirish darsi; yangi bilimlarni (tushuncha, qonun-qoida, ta`rif) o`zlashtirish darsi; o`rganilgan bilimlarni qo`llash darsi; malaka hosil qilish darsi; mustahkamlash va takrorlash, umumlashtirish darsi; kontrol darsi; aralash darsi. Maktablar tajribasida yuqorida sinalgan darslarning hammasi ham qo`llanmaydi. O`rganilgan bilimlarni amaliyotda qo`llash o`tganlarni takrorlash murakkab ko`rinishidir. Binobarin uni alohida dars tipi sifatida talqin etishga ehtiyoj qolmaydi. Mustahkamlash, takrorlash, umumlashtirishni bir dars tipiga birlashtirish mantiqan to`g`ri emas. O`zlashtirish keng tushuncha bo`lib, u o`z ichiga o`quv materialini his etish, anglash, o`rganish, malaka hosil qilish, umumlashtirish, xotirada saqlash kabi qator ruhiy hodisalarni qamrab oladi. Shunday ekan, yangi bilimlarni o`zlashtirishni alohida dars sifatida ajratish nomakbuldir.
M.A.Danilov dars tiplarini ta`lim jarayoni maqsadiga ko`ra tasnif etib, beshta dars tipini ajratgan: ta`limda ko`zlangan barcha vazifalarni amalga oshirish darsi eki aralash dars. Bunday darsda mustaxkamlash, takrorlash, tekshirish, umumlashtirish, yangi bilimlarni o`rganish kabi ishlar amalga oshiriladi; yangi materialni idrok etish va dastlabki o`zlashtirish darsi bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, malaka va ko`nikmalar hosil qilish darsi; mustaqil ishlash darsi; bilim va malakalarni umulashtirish darsi. M.A.Danilov tipologiyasida dars tiplari, turlari to`liq ko`rsatilgan bo`lsada, u ziddiyatlardan ham xoli emas. Birinchi, bu tasnifda ikkinchi dars tipi “yangi o`quv materialini idrok etish va dastlabki o`zlashtirish”, deb atalgan. Dars tipi shu shaklda qilinsa o`quv materialini idrok etish ham, shuningdek, uchinchi, to`rtinchi, beshinchi dars tiplari ham o`zlashtirish tushunchasi doirasidan chetda qoladi. Ikkinchidan, mustaqil ish ko`nikma va malaka hosil qilish, bilimlarni turmushga tatbiq etishning bir usulidir. Binobarin, mustaqil ishlarni darslarning alohida tipi sifatida ajratishga ehtiyoj qolmaydi. Demak, M.A.Danilov tasnifi o`zaro boglangan darslar tizimini rejalashtirish, tashkil etish talablariga javob bera olmaydi.
Dars tiplarini ta`lim jarayoniga tatbiq etilayotgan o`quv holatlari asosida tasnif etish g`oyasi ham mavjud. A.A.Budarniy o`quv holatlari asosida ikki xil dars tiplarini ajratgan: sodda dars-ikki yoki bir necha bir xil o`quv holatlaridan iborat dars; murakkab dars-ikkidan ortiq har xil o`quv holatlaridan iborat dars. O`quv holatlari xarakteri asosida dars tiplarini ajratish yangicha qarash bo`lsa-da, ”Sodda dars” va “Murakkab dars” terminlari asosida o`quv-tarbiya jarayonini rejalashtirish hamda tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish mumkin emas. Dars tipi, I.V.Ivanovning yozishicha, u yoki bu o`quv soati uchun asossiz qabul qilingan yorliq emas, aksincha, o`rganilayotgan mavzu doirasida o`zida dialektik qo`llash va nazorat qilish bosqichlarining jonli orientiridir.
B.P.Esipov, I.T.Ogorodnikov darsning didaktik maqsadi, dars tipining mashg`ulotlar tizimidagi o`rnini hisobga olib, quyidagicha dars tipologiyasini ishlab chiqishgan: yangi bilim berish darsi; malaka va ko`nikmalarni shakllantirish darsi; umumlashtirish darsi; takrorlash va mustahkamlash darsi; kontrol dars; aralash dars. Hozirgi didaktik nazariya va pedagogik amaliyotda B.P.Esipov, I.T.Ogorodnikov tipologiyasi amaldagi qarash sanaladi. Ammo bu tipologiyada ham qator kamchiliklar bor: unda, avvalo, dars tiplari tartibsiz belgilangan; ikkinchi (“malaka va ko`nikmlarni shakllantirish”) va to`rtinchi (“takrorlash va mustahkamlash”) dars tiplarini bir biridan farqlash imkoniyati mavjud emas; o`quv materialini o`rgatish bilan uni mustahkamlash o`rtasida uzilish yuz bergan. CHunki hozirgi pedagogig amaliyotda o`quv materialini o`rgatish va mustahkamlash ketma-ket olib boriladi. Xo`sh shunday ekan dars tiplarini qaysi prinsip asosida ishlab chiqish, ularni ajratish mumkin.
Biz dars tipologiyasini ishlab chiqish va ularning tiplari, turlarini ajratishda ta`lim jarayonining yirik birliklariga tayanamiz. Ta`lim jarayonining shunday katta birligi uning davrlari (tsikllari) hisoblanadi. (ta`limning davrlari to`g`risida 5-bobga qarang). Ta`lim davr jarayoni (tsikl)lari asosida darsning quyidagicha tiplari ajratiladi: yangi o’quv materialini urganish va mustaxkamlash darsi; bilim va malakalarni umumlashtirish darsi; bilim va malakalarni tekshirish darsi; Dars tipologiyalarini o`zaro solishtirish va ularning maqbulini tanlashni talabalarning o`z ixtiyoriga topshirish maqsadida quyidagi jadvalni keltiramiz.


Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin