O’zbkiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innoatsiyalar vazirligi


Ikkinchi ingliz-afg'on urushi (1878-1881) va uning oqibatlari



Yüklə 50,33 Kb.
səhifə7/8
tarix22.06.2023
ölçüsü50,33 Kb.
#134017
1   2   3   4   5   6   7   8
ENGLIZ AFG’ON URUSHLARI VA XALQARO VAZIYAT 3 1 Mirzayeva 12

2.3 Ikkinchi ingliz-afg'on urushi (1878-1881) va uning oqibatlari
Ikkinchi Ingliz-afgʻon urushlari — Buyuk Britaniyaning Afgʻonistonga qarshi mustamlaka bosqinchilik urushlari (1832-42, 1878-80, 1919). Birinchi Ingiliz-afgʻon urishi (1838—42) — inglizlar armiyasining asosiy kuchlari Qandahor va Gʻaznini egallab, Koboʻlga chiqish maqsadida Boʻlan yoʻlagi orqali Janubiy Gʻarbiy Afgʻonistonga bostirib kirishi. Afgʻon qoʻshinlarini chalgʻitish maqsadida Peshovardan Xaybar dovoniga zarba berilgan. Afgʻonistonga bostirib kirgan inglizlar qoʻshi-nining umumiy soni 30 mingdan ortiq boʻlgan. Afgʻonlar qoʻshini 15 mingga yaqin jangchidan iborat boʻlib, qurol-aslaha jihatidan raqibidan ancha qoloq edi. 1839-yil ingliz qoʻshinlari Qandahor, Gʻazna va Kobulni egallashgan. Bunga javoban partizanlar urushi boshlangan. 1841-yil noyabrda Kobulda xalq qoʻzgʻolon koʻtargan. Inglizlar malayi Shujoʻ oʻldirilgan, Kobuldan chekinishga majbur boʻlgan ingliz armiyasi yakson qilingan. Garchi 1842 yil Angliya hukumati Afgʻonistonga jazo ekspeditsiyasi joʻnatgan boʻlsada, inglizlar oʻz magʻlubiyatlarini tan olishga majbur boʻlganlar va 1842-yil oxiriga kelib Afgʻonistonni tark etishgan21. Ikkinchi Ingiliz-afgʻon urishi (1878—80) — ingliz qoʻshinlarining (36 ming kishi) uch kolonna boʻlib Afgʻonistonga (Xaybar, Kurram va Boʻlan yoʻlagi orqali) bostirib kirishi bilan boshlangan. Qoʻshin soni va qurollanish jixatidan raqibidan ancha ortda boʻlgan afgʻon armiyasi chekinishga majbur boʻlgan. 1879-yil 8-yanvarda ingliz qoʻshinlari Qandahorni egallagan. Afgʻoniston amiri Yoqubxon Angliya bilan Gandamak bitimini imzolagan, bunga qarshi mamlakatda xalq qoʻzgʻoloni boshlangan (1879 y. sent.). Kobuldagi ingliz rezidenti Kavanyari 1879 y. 3 sentabrda oʻldirilgan. 1880-yil 27-iyulda Qandahor yaqinidagi Mayvand yonida boʻlgan jangda afgʻon qoʻshinlari inglizlar brigada-sini tamoman tor-mor etganlar. Kobuldagi inglizlarni qoʻzgʻolonchilarning afgʻon, tojik va oʻzbeklardan tashkil topgan deyarli 100 ming kishilik armiyasi qamal qilgan. Afgʻoniston xalqlarining bosqinchilarga qahramonona qarshilik koʻrsatishi Angliya hukuma-tini Afgʻonistonni bosib olish va parchalab tashlash rejasidan voz kechishga va amir Abdurahmon bilan kelishuv shartnomasi tuzishga majbur qildi. Unga koʻra, Afgʻoniston ichki siyosatda mustaqil boʻlib, tashqi siyosatda Angliya nazorati ostida qolgan. Ingliz qoʻshinlari mamlakatni tark etganlar. Uchinchi Ingiliz-afgʻon urishi (1919-yil may) — amir Omonullaxon Afgʻoniston musta-qilligini eʼlon qilishi bilan Angliya tomonidan boshlangan. 3-mayda urush xdrakatlari boshlangan. 6-mayda Angliya Afgʻonistonga urush eʼlon qilgan. Afgʻon muntazam qoʻshinlari (40 ming kishi) Xaybar, Vaziriston va Qandahor yoʻnalishlarida harakat qiluvchi 3 kolonnaga boʻlingan. Qoʻshin soni (deyarli 340 ming kishi) va texnikaviy ustunlik Angliya tomonida boʻlgan. Garchi Xaybar yoʻnalishida inglizlar mu-vaffaqiyatga erishgan boʻlsalarda, lekin ular Vaziristonda magʻlubiyatga uchraganlar, afgʻon qoʻshinlari 1919-yil 27-mayda Tol qalʼasini egallashgan. Vaziristonda chegara hududlarida yashovchi pushtunlarning inglizlarga qarshi yalpi qoʻzgʻoloni boshlangan. Mana shu holat, hamda Hindistondagi inkilobiy koʻtarilish (1918 y. boshlangan) Angliyani urushni davom ettirishdan voz kechishga majbur etdi. 1919-yil 8-avgustda Ravalpindi shahrida dastlabki (preliminar) sulh bitimi tuzilib, u 1921-yil22-noyabrda Kobulda ratifikatsiya qilingan. Bitimga koʻra, Angliya Afgʻonistonning toʻla mustaqilligini tan olgan.22
Xulosa
Afgʻoniston mustaqil davlat sifatida XVIII asrning birinchi yarmida shakllana boshlagan.Biroq XVIII asr oxiridan boshlab siyosiy jihatdan Angliyaning qaram davlatiga aylana boshlagan edi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, uzoq muddat Afgʻoniston Britaniyaning norasmiy rezidenti sifatida boʻlgan. XIX asrning 3chi choragida Afgʻoniston yaqin sharq, Angliya v dunyoning boʻlinishi bozorlariga ingiliz tovarlarini yetkazib berishning eng muhim kanaliga aylantirish imkoniyati Britaniya savdo va sanoat doiralarini ayniqsa qiziqtirardi.
Shunday qilib ingilizlar, Afgʻonistonga nisbatan siyosatining toʻliq muvaffaqiyatsizligini tan oldilar.
Birinchi Ingiliz-afgʻon urishida Buyuk Britaniyaning asosiy maqsadi Afgʻonistonni asta sekinlik bilan mustamlaka, sharqiy Hindiston kompaniyasi va general-gubernator nazorati ostidagi oddiy bir viloyatga aylantirish edi. Voqealar ssenariy boʻyicha ketyotudi lekin Kutilmaganda jarayonlar oʻzgarib ketdi. Chunki Buyuk Britaniya Afgʻonistonning maxsus xususiyatlarini hisobga olmagan edi , natijada bu ekspeditsiya kuchlarining harbiy magʻlubiyatiga olib keladi. Aynan Afgʻoniston hududida Buyuk Britaniya birinchi marta Rossiya va chor diplomatiyasining faol qarshiliklariga duch keldi.
Rossiya va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi ziddiyatlar juda kuchli edi oxir oqibat bu narsa Mustaqil Afgʻoniston davlati tiklanishiga va Buyuk Britaniya ekspansiyasining vaqtincha zaiflashishiga olib keldi
Afgʻoniston qoʻshinlari tomonidan tor-mor etilganidan keyin Buyuk Britaniya oʻzini uslub va siyosatini oʻzgartirdi.
Bir qator xududlarda Angliya mulklari afgʻon qabilalarining yashash joylariga yaqin edi, ingiliz mustamlaka maʼmuriyati Afgʻonistonga qarshi fitna va qoʻporuvchilik harakatlarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Rossiya va Angliya oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, Amudaryo Afgʻonistonning shimoliy chegarasi deb tan olindi. Shunga qaramay, bu mintaqada diplomatik o'yin davom etdi. Xulosa qiladigan boʻlsak, Afg'on hukmdorlari Rossiya bilan do'stlikni mustahkamlashga umid qilayotganliklari va inglizlar bosimidan norozi ekanliklarini faol ravishda ko'rsatdilar.
Xulosa qilib aytganda, ikkinchi Ingiliz-afgʻon urishida ham Afgʻoniston yetakchi roʻl oʻynadi. Ingilizlar bir qancha hududlarni bosib olishgan boʻlsa ham afgʻonlar boʻsh kelmadi. Afgʻoniston bir necha marta ingilizlarni tor-mor qilishdi. Afgʻonlarning qahramonona harakatlaridan keyn ingilizlar afgʻonlar bilan tinchlik shartnomasi tuzishga majbur boʻladilar. Natijada Afgʻoniston ichki siyosatda mustaqil boʻldi.Uchinchi ingiliz- afgʻon urishida Buyuk Britaniya harbiy hamda boshqa taraflama qanchalik kuchli boʻlishiga qaramay afgʻonlarning mohirona qarshiliklari qoʻzgʻalonlari hamda Hindistondagi inqilobiy koʻtarilish tufayli Angiliyani urushni davom ettirishdan voz kechishga majbur etdi.


Yüklə 50,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin